Hayotning hujayrasiz shakillari
Download 27.8 Kb.
|
677 Hayotning hujay
Hayotning hujayrasiz shakillari. 1892- yilda rus olimi D.I. Ivanovskiy tamaki o`simligida uchray digan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo'zg'atuvchisining o'ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Ushbu kasallik qo`zg`atuvchi vi- ruslar bakteriali filtrdan o'ta olish xususiyatiga ega. Natijada sog`- lom tamaki o'simligini filtrdan o`tgan suyuqlik bilan zararlash mumkin. Oradan bir necha yil o'tgach F.Leffler va P.Froshlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligini qo`zg`atuvchilar ham bakteriali filtrdan o'tib ketar ekan, degan xulosaga keldilar. Nihoyat, 1917- yil kanadalik bakteriolog F. de Errel bakteriyalarni zararlovchi bakteriofag-virusni kashf etdi. Shunday qilib, o`simlik, hayvon va mikroorga nizmlarda viruslar kashf etildi. Ushbu kashfiyotlar hayot- ning hujayrasiz shakllari ya'ni, yangi fan sohasi – virusologiyani (viruslarni o'rganuvchi) ochib berdi. Viruslar inson hayotiga katta xavf soladi. Ular bir necha yuqumli kasalliklar (gripp, quturish, sariq kasalligi, ensefalit, qizilcha va boshgalar) ning qo'zg'atuvchilari hisoblanadi. Viruslar faqat hujayra- larda yashaydi. Ular hujayra ichi parazitlaridir. Viruslar hujayradan tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi, ko'payish xususiyatiga ham ega emas. Hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNK va RNK kabi nuklein kislotalar bo’lib, viruslarda ularning faqat biri uchrashi mumkin. Shunga ko'ra viruslar DNK yoki RNK saqlovchi guruhlarga ajratiladi. Hujayra oralig'i muhitidagi suyuqlikdan hostile bo’lgan pinotsitoz vakuolalar orqali tasodifan hujayra ichiga virus kirishi mumkin. Ammo odatda hujayraga virusning kirishidan avval hujayra sirtidagi oqsil-retseptor bilan bog`lanish sodir bo`ladi. Ushbu bog`lanish virus yuzasida maxsus oqsillar orqali amalga oshiriladi. Ular hujayra sirtidagi malum retseptorni “tanib olish” xususiyatiga ega. Virus bilan bog`langan hujayraning sitoplazmaga birlashib, vakuolaga aylanadi. Sitoplazmatik tashkil topgan vakuola qobig'i boshqa vakuola yoki yadro bilan qo’shiladi. Ana shunday yo’l bilan virus hujayraning barcha qismiga tarqalishi mumkin. Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini keltirib chiqaradi. Sariq kasalligi qo’zg’atuvchi A va B viruslar faqat jigar hujayralariga kirishi mumkin va ularda ko’paya oladi. Virusning zarrachalarining to'planishi ularning hujayradan chiqib ketishiga olib keladi. Ushbu jarayon ba'zi bir viruslarda «portlash» tarzida ro`y beradi. Natijada hujayra nobut bo’ladi. Boshqa turdagi viruslar kurtaklanishga o`xshash yo`1 bilan ajraladi. Bunda organiz- mning hujavralari hayotchanligini uzoq vaqtgacha saqlab qoladi. Bakteriya virusi - bakteriofaglarning hujayraga kirishi biroz boshqacharoq. Bakteriyalarning qalin hujayra qobig`i hayvon hujayra- laridek oqsil-retseptorli va unga birikkan virus bilan birgalikda sitop-lazmaga kirib borishiga imkon bermaydi. Shuning uchun bakteriofag hujayrasiga ichi kovak tayoqcha yordamida uning boshchasida joy- lashgan DN K (yoki RNK) itarib kiritiladi. Bakteriofagning genomi sitoplazmaga tushadi, kapsid esa tashqarida qoladi. Bakteriya hujayrasi sitoplazmasida bakteriofagning genomi reduplikatsiyasi boshlanadi hamda oqsil sintezlanib uning kapsidi shakilanadi. Oradan ma'lum vaqt o'tgandan song bakteriya hujayrasi nobud bo`ladi. Yetilgan fag zarrachalari esa tochnariga chiqadi. Viruslarning kelib chiqishi. Viruslar avtonom genetik tuzilmalar bo`lib, hujayradan tashqarida rivojlana olmaydi. Taxminlarga ko'ra viruslar va bakteriofaglar hayotning hujayraviy shakilari bilan birgalikda rivojlangan hiyayraning maxsus irsiy elementlari hisoblanadi. Download 27.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling