Hayrat ul- abror
Download 451.73 Kb. Pdf ko'rish
|
13 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Uzbek Scholar Journal
Volume- 05, June, 2022 www.uzbekscholar.com 61 | P a g e Aning zabtig’a bir devon yibordim. “Oliyjanob” guruhining javobi: “Saddi Iskandariy”ning Iskandar ishlarining tafsili bobidan: Quyoshdek sipehr uzra tortib alam, Yurib oldi olam yuzin yakqalam. Navoiy alam- yakqalam shaklida qofiya yaratib, so’z o’yini hosil qiladi. Ya’ni “alam” so’zining birinchi ma’nosi azob-u uqubatlar bo’lsa, ikkinchi ma’nosi davlat ramzlaridan biri bayroqdir. Guruhlar ishi xulosalanib, g’olib guruh o’quvchilari taqdirlanadi.Navoiyning so’z mulkini zabt etishdagi mahoratini Husayn Boyqaro shunday ta’riflaydi: Erur so’z mulkining kishvaristoni, Qayu kishvariston, xisravnishoni. Dema, xisravnishonkim, qahramoni, Erur gar chin desang sohibqironi. Ma’lumki, Alisher Navoiy asarlarida har bir so’z muayyan poetik vazifani bajarib keladi. So’z, qalam,yakqalam kabi badiiy timsol darajasiga ko’tarilgan so’zlar buning yorqin namunasidir. Xulosa: Navoiy ijodi o’zidan keyingi adiblar uchun san’atkorlik dorulfununi vazifasini o’taydiki, uning ijodiy ustaxonasida ta’lim olish, yetuk so’z ustasi bo’lib yetishuvda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.Navoiy asarlari o’z muxlislarini so’zning ming bir jilosi borligini, ularni o’z o’rnida ishlata bilish so’z qudratining odamni ma’nan o’ldirish yoki o’likka jon berish darajasiga ko’tarish mumkin ekanligiga ishontiradi. Navoiy asarlari iymon, vijdon, insof, diyonat, vafodorlik, poklik, do’stlik, haqiqiy muhabbat kabi insonlarni kamolotga eltuvchi oliyjanob fazilatlarni tarbiyalashda muhim omil sanaladi; ularning ma’naviy-axloqiy kamolotiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostoni G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti 1989 2. A. Hayitmetov “Navoiyxonlik suhbatlari” Toshkent ”O’qituvchi” 1993 3. A.Navoiy “Hikmatlar” “Sharq” nashriyoti –matbaa Toshkent-2006 4. B.Akram “Fasohat mulkining sohibqironi” Toshkent “O’zbekiston” 1991 5. M.Solayeva “Navoiy va Xorazm shoirlari” Urganch -1993 6. “Navoiy davri tabobati” Ibn Sino nomidagi nashriyot 7. B.To’xliyev “Adabiyot” (Majmua) II kitob Cho’lpon nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2007. Download 451.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling