Hayrat ul- abror
Download 451.73 Kb. Pdf ko'rish
|
13 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- “Hayrat ul- abror” dostoniga
Uzbek Scholar Journal Volume- 05, June, 2022 www.uzbekscholar.com 56 | P a g e “HAYRAT UL- ABROR” DOSTONIDA ALISHER NAVOIYNING SO’Z QUDRATI Qo’shnazarova Mehribon Urgench, Uzbekistan Otaboyev Akbar UrDU Aspiranti Annotatsiya Ushbu maqolada XV asrda yaratilgan Alisher Navoiyning “Xamsa” siga kiruvchi “Hayrat ul- abror” dostonidagi kishilarni kamolotga eltuvchi g’oyalar aks etgan maqolatlar tahlil qilindi. Maqolatlar sharhlarida “Hayrat ul-abror” dostoniga, ilmiy adabiyotlarga murojaat qilindi. Kalit so’zlar: Navoiy, iymon, islom, saxovat, qanoat, sabr, vafo, ilm, maqolat, so’z, qalam, adolat, ishq o’ti, rostlik, payg’ambarlar, riyokor shayxlar, shohlar. Kirish: Ma’naviy yetuklik va dunyoqarash komilligining muhim bir omili, shubhasiz, barkamol, betakror adabiy ijod asarlaridir. Ular yashashning ma’no- mohiyati, ezgulik va adolatning afzalliklari, ilm-u ma’rifat, mehr- muhabbatdan ma’rifiy saboqlar beribgina qolmay, ma’lum davrlardagi xalqimiz hayotining o’ziga xos tarixiy manzaralari ifodasi orqali ibratli g’oyalarga ham bizni hamnafas etadi. Xalqimiz haqiqiy olim yoki buyuk daho shoirlarni oftobga, shamga qiyos qiladi. Oftob hammaga baravar nur sochadi, sham esa o’zi yonib, erib, atrofdagilarga ziyo bag’ishlaydi. Alisher Navoiy ham ana shunday daholardan biridir. U o’zi uchun yashamadi, o’zini o’ylamadi, u insoniyat haqida qayg’urdi, odamlarga yaxshilik qilishni o’ziga shior qilib oldi. Odamiy ersang demagil odami, Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami,- degan Navoiy ,avvalo, o’zining o’lmas asarlari bilan xalqimiz qalbiga va yo’liga ziyo bag’ishladi, ongini va ruhini ilm bilan sug’ordi. Davlati va va mansabi bilan esa mamlakatni obod qildi, urush va janjallar yo’liga g’ov soldi, bechora odamlarga yordam berdi. Navoiy bobomizning qilgan amallari, bosgan izlari biz uchun hamisha o’rnak bo’lmog’i lozim. Ayniqsa, “Hayrat ul-abror” –didaktik dostonida ulug’langan insonni kamolotga, oliyjanoblikka eltuvchi g’oyalarga sodiq qolib, Vatanimizni yana-da gullab- yashnatishga, rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shishga o’zimizning munosib hissamizni qo’shaylik.Obod va ozod yurtimizning ertanggi kuni, suyangan tog’i, ishonchi sanalgan baxtiyor yoshlarni ma’naviy yetuk va barkamol avlod bo’lib millatimizni dunyoga tanitish yo’lida Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror’ dostoni bizga yo’l ko’rsatuvchi shamchiroq bo’ladi: Navoiy bog’ining bog’boni Navoiydir, Bog’bonlararo, bil, komroni Navoiydir. Navoiy mezbonmas, mehmon ham emas bog’da, Bog’ – O’zbekistondir, sultoni Navoiydir. Hazrati Mir Alisher Navoiy bobomizning “Hayrat ul- abror” dostoniga bag’ishlangan bir juftlik dars tahlilini havola qilaman. Download 451.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling