Hayrat ul- abror
Download 451.73 Kb. Pdf ko'rish
|
13 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzbek Scholar Journal Volume- 05, June, 2022 www.uzbekscholar.com 58 | P a g e
Uy topshirig’i (A.Navoiy hayoti va ijodi, “Xamsa” haqidagi ma’lumotlar) 10 savolli test orqali
mustahkamlanadi. O’quvchilar “Iymon”, “Saxiy” nomlari ostida ikki guruhga ajratiladi. Guruhlar “Fikrlar hujumi” sharti asosida “Hayrat ul- abror” dostonining yaratilish tarixi,tuzilishi haqidagi jadvalni to’ldiradilar: “Hayrat ul- abror”: 1.”Hayrat ul –abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) dostonining hajmi qancha ? (3988 bayt, 64 bob, 20 maqolat ) 2. “Hayrat ul- abror” aruzning qaysi bahrida yozilgan ? (sari’) 3.”Hayrat ul- abror” dostoni qanday an’anaviy muqaddima bilan boshlanadi ? (hamd, na’t) 4.”Hayrat ul- abror”ning muqaddimasida Navoiy dunyo haqidagi qarashlarini tasvirlagan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham kim ?(Alloh) 5.Hayrat ul- abror” ning muqaddimasidan keyingi ikki bobida Navoiy qaysi ustozlarini madh qiladi ? (N.Ganjaviy, X.Dehlaviy, A.Jomiy) Uzbek Scholar Journal Volume- 05, June, 2022 www.uzbekscholar.com 58 | P a g e 6.”Hayrat ul- abror”ning ustozlar madhiga bag’ishlangan bobidan keyingi ikki bob nima haqida ? (So’z ta’rifida, so’zning ma’nosi, uning joni haqida) 7.“Hayrat ul- abror”ning so’z ta’rifidan keyingi qismida kimga bag’ishlov beriladi ? (H.Boyqaroga, ulug’ pirlari B.Naqshband, Xoja Ubaydullohga) 8.”Hayrat ul- abror”dagi 1- maqolat nima haqida ? (Iymon) 9.”Hayrat ul- abror”dagi 2- maqolat nima haqida ? (Islom) 10.”Hayrat ul- abror”dagi 3- maqolat nima haqida ? (Shohlar) 11.”Hayrat ul- abror”dagi 4- maqolat nima haqida ? (Riyokor shayxlar) 12.”Hayrat ul- abror”dagi 5- maqolat nima haqida ? (Saxovat, karam) 13.”Hayrat ul-abror”dagi 6- maqolat nima haqida ? (Adablilik) 14.’Hayrat ul- abror”dagi 7- maqolat nima haqida ? (Qanoat) 15.”Hayrat ul- abror”dagi 8- maqolat nima haqida ? (Vafo) 16.”Hayrat ul- abror”dagi 9- maqolat nima haqida ? (Ishq o’ti) 17.”Hayrat ul- abror”ning 10- maqolati nima haqida ? (Rostlik) 18.Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki, nishoni anga iymon erur. Berilgan parcha “Hayrat ul- abror”ning nechanchi maqolatidan olingan ? (1) 19.Odamiy ersang, demagil odami, Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami. Bu parcha “Hayrat ul- abror”ning nechanchi maqolatida berilgan ?( 13) 20.Karam so’zining ma’nosi nima ? mehr-muhabbat ko’rsatish, saxiylik, ehson qilish 21.”Yoyar anga supraki, ul och emas, Berur anga to’nki, yalang’och emas” .Bu parcha “Hayrat ul-abror” dostonining qaysi bobidan olingan ? (Karam) 22.Olmog’idin g’ayri ziyon bud yo’q, Turfa bukim bermog’idin sud yo’q.Bu bayt “Hayrat ul- abror” dostonining nechanchi maqolatidan olingan ? (5) 23.Oni dog’i dema saxiykim, kishi, To tilamay bermak emasdur ishi.Bu bayt “Hayrat ul- abror”ning qaysi bobidan olingan? (Karam) 24.Navoiy “Hayrat ul –abror”ning nechanchi maqolatida vatani Xuroson va Hirotni ulkan mehr bilan suyadi, ularni baland pardalarda vasf etadi ? (19) 25.Ajdodlarimiz uzoq davr mobaynida mubolag’aga she’rning ziynati sifatida qaraganlar va unga qanday baho berganlar ? (“Ahsanahu akzabahu”),yani (“Eng yaxshi she’r – eng yolg’on she’r”) 26.Ziynat aro ravzayi rizvondur ul, Ravzani qo’y, mulki Xurosondur ul.Bu parcha “Hayrat ul –abror”dostonining qaysi bobidan olingan ? (19) 27.Olloh-olloh, ne Hiri, bu Hiri, Bir- biridin turfa oning har biri. Misru Samarqand ne monand anga, Zimnida yuz Misru Samarqand anga. Bu parcha ‘Hayrat ul- abror”ning qaysi bobidan olingan ? (19) 28.N.Ganjaviyning “Maxzan ul- asror” dostoniga necha nazira yozilgan ? (42) 29.N.Ganjaviyning “Maxzan ul- asror” dostoniga yozilgan naziralardan nechtasi chig’atoy tilida ?(2) 30.”Hayrat ul- abror” dostonining asosini nima tashkil etadi ? (Maqolatlar) 31.”Hayrat ul- abror”ning kompozitsiya silsilasi (zanjiri) bor. Ular qaysilar ?(Dostonning umumiy kompozitsiyasi, maqolatlarning kompozitsiyasi,hikoya va masallar kompozitsiyasi) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling