Hayrat ul- abror
Download 451.73 Kb. Pdf ko'rish
|
13 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ilm” guruhining javobi: “Sab’ai sayyor”ning VI bobida
- “Sabr” guruhining javobi: “Farhod va Shirin”
“Baholash va taqqoslash”shartida guruhlar “Xamsa”da so’z, qalam, yakqalam obrazlarining
poetik xususiyatlari”ni sharhlab berishadi: “Qanoat” guruhining javobi: “Hayrat ul- abror”da “So’z ta’rifidakim” bobidagi mazkur baytlar diqqatga sazovor: Bu ikki yafrog’in qachon zufunun, Bir-biriga qo’ysa, bo’lur ‘kofu nun”. Dahri muqayyad bila ozodasi, Barcha erur “kof” ila “nun” zodasi. Zodasidin zoda bo’lub beadad, Zodaga ham volid o’lub, ham valad. Vasf ne nav’ o’lg’ay anga el so’zi, Har ne so’z aytilsa, erur chun o’zi! Ushbu parchada bizni Navoiy so’z ramziy obrazi bilan ta’rif-tavsif usulida tanishtiradi:”ikki yaproq”, “dahri muqayyad”, “el so’zi” kabi yorqin , o’ziga xos obrazli ifodalar , “zoda”, “valid”, “so’z”, “ne” singari takrorlar yaratadiki, bular asarning estetik ta’sirchanligini bir maromda ta’minlagan, “Har ne so’z aytilsa, erur chun o’zi!” kabi fikrdagi mantiqiylikni kuchaytirgan. “Ilm” guruhining javobi: “Sab’ai sayyor”ning VI bobidaso’zni ilm- fan deb tanishtiradi: Bo’yla so’z fannida chiqorg’on ism, Qildi uslubini aning iki qism. Har kishi qilmoq istasa ma’lum, Birini mansur erur, biri manzum. Nasru nazmi angaki mudrakdur, Nazmining poyasi biyikrakdur. So’z ramziy obrazida adabiyotshunos sifatida Navoiy nasr, nazm, masnaviy, g’azal kabi tur va janrlarni ta’rif va tavsif etadi. “Nazmning poyasi biyikrakdur”tarzidagi xulosasini o’z ijodiy tajribasiga tayanib, “Nazm ichra o’zga holat bor” degan nazariy fikr bilan asoslaydi. “Sabr” guruhining javobi: “Farhod va Shirin”da “qalam” obrazi ham “so’z”obrazi kabi ta’rif va tavsif qilinadi.Ushbu baytlarda Navoiy faxriya san’atini qo’llab, butun turkiy xalqlar meniki bo’ldi, men Xitoydin Xurosongacha asarlarim – devonlarim, umuman, so’zlarim, qalamim bilan zabt etdim, deya iftixor qiladi: Agar bir qavm, gar yuz, yo’qsa mingdur, Muayyan turk ulusi xud meningdur. Olibmen taxti farmonimg’a oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson. Xuroson demakim, Sherozu Tabriz Ki, qilmishdur nayi kilkim shakarrez. Ko’ngul bermish so’zumga turk jon ham, Ne yolg’iz turk, balki turkmon ham. Ne mulk ichraki bir farmon yibordim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling