Uzbek Scholar Journal
Volume- 05, June, 2022
www.uzbekscholar.com
57 |
P a g e
Asosiy qism:
Dars o’qituvchi kirish so’zi bilan boshlanadi:
Ona zamin,
obod diyor, hur O’zbekiston! Avvalo, seni qutlaymiz. Qutlaymiz seni buyuk
allomalar yurti hur O’zbekiston! Muarrixi a’zam Narshaxiy, Muhaddisi
akbar hazrat imom Buxoriy,
donishmandlar shohi Ibn Sino, Hazrat sohibqiron piri komili, hazrati amir kulol, ulug’lar ulug’i hazrati
Naqshband, Sizlarga ta’zim! O, O’zbekiston shuhratini Mag’rib – u Mashriqqa taratgan yetti piri
mukarram, Sizlarga ta’zim!
Iloho omin, ajdodlar ruhi O’zbekistonga, uning buyuk kelajagini bunyod
etayotgan yangi nasllarga, yurtboshimiz va Ko’hna Xorazmga madadkor bo’lsin! Ollohu akbar.
Sahnaga Navoiy timsolidagi o’quvchi chiqadi( sham ko’targan farishtalar bilan ) she’r o’qiydi:
Men sening
farzanding Alisher Navoiy,
Asrlar qa’ridan ozod va obod,
Ona diyorim, seni qutlayman.
Ollohdan so’rayman, yomon ko’zlardan
Asrasin, Vatanim, O’zbekistonni,
Asrasin, istiqlol, istiqbolingni.
Assalomu alaykum, aziz xalqim! Zamonlar osha intilib, siz muxtaram avlodim
visolig’a vosil bo’lg’onimdin va sarbaland – u nurfshon
izdihoningizga musharraf
bo’lib turg’onimdin benihoya mamnun – u masrurmen. Ey, qudratli, erkin,
muxtor ulusin!
O’qituvchi dars rejasi va shartlari bilan tanishtiradi:
1. “Hayrat ul- abror” dostonining yaratilish tarixi,tuzilishi haqida.
2. Odamiy
ersang demagil odami,
Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami.
3. “Xamsa”da so’z, qalam, yakqalam obrazlarining poetik xususiyatlari.
4. Kitobing kirmagan o’zbek elida bir xonadon yo’qdir,
Rubobiy kuylaring yod bilmagan bir jonajon yo’qdir.
Dars quyidagi shartlar asosida olib boriladi:
1. “Fikrlar hujumi”
2. “Sahnada hikoyatning yechimini top”
3. “Baholash va taqqoslash”
Do'stlaringiz bilan baham: