Hayrat-ul abror


Download 73.87 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi73.87 Kb.
#1032158
  1   2
Bog'liq
Хайрат ул -аброр


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 2-OLIY TA’LIM 403-GURUH TALABASI


ULUG’OVA MASTURANING ONA TILI VA BOLOLAR ADABIYOTI FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

O’QITUVCHI: H.NUSRATOVA



TOSHKENT-2022
ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT-UL ABROR” ASARI HAQIDA
“Hayrat ul-abror” dostonida toʻgʻrilik vasfi

Alisher Navoiy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” didaktik ruhning ustuvorligi, obrazlar rang-barangligi, oʻsha davr jamiyatidagi bir qator dolzarb muammolarning roʻy-rost ochib berilishi bilan “Xamsa”ning keyingi dostonlaridan ajralib turadi.Navoiy asarlariga qiziqish, kompozitsion jihatlari, obrazlar tizimi, gʻoyalarini oʻrganish, shoir mahorati va ilmiy faoliyatini tadqiq qilish, sheʼriy asarlarining mukammal nasriy matnini yaratish borasidagi izlanishlar turli davr adabiyotshunosligining dolzarb vazifasi hisoblangan. Shu jumladan, “Hayrat ul-abror” dostonini oʻrganish ham oʻtgan asrning boshlaridan bir qator adabiyotshunos olimlarning diqqat markazida turgan. Jumladan, Maqsud Shayxzoda va Oybekning “Hayrat ul-abror” dostoni, undagi dolzarb masalalar tadqiqiga bagʻishlangan ilmiy ishlari bugungi kun adabiyotshunosligining gʻoyat qimmatli materialidir. Ayniqsa, “Hayrat ul-abror”ning ilmiy-tanqidiy matni borasida adabiyotshunoslar S. Muttalibov va Porso Shamsiyevlarning ilmiy tadqiqotlari ahamiyatga molik. Bundan tashqari, Abduqodir Hayitmetov (dostonning nasriy bayoni matnini tayyorlagan), Najmiddin Komilov, Abdurashid Abdugʻofurov, Ibrohim Haqqulov va boshqa bir qator olimlar ijodida “Hayrat ul-abror” va unda insoniylik masalalarining tasvirlanishi, badiiy tasvir vositalari, obrazlar tizimi, muallifning timsol qoʻllashdagi mahorati, mohirlik bilan ochib berilgan.[1]
Hassos shoir mazkur asarida insonni har jihatdan mukammallashtirib boruvchi bir qator odamiylik fazilatlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtgan.
“Komil inson” tushunchasi borasida Navoiyning oʻz mezoni bor. Navoiy idealidagi komil inson – iymonli, xalqqa nafi tegadigan, xalq gʻami bilan yashaydigan, hunarli, kamtarin, vafoli, qanoatli, bir soʻz bilan aytganda, barcha insoniy xislatlarni oʻzida mujassamlashtirgan shaxs. Haqiqiy insonga xos boʻlgan fazilatlardan yana biri bu – rostlik, toʻgʻrilikdir. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida mazkur mavzu tadqiqiga alohida maqolat bagʻishlaydi; rostlik, toʻgʻrilik hamda yolgʻonchilik, egrilik masalalariga keng toʻxtaladi.
Shoir mazkur fikrlarini dostonning oʻn uchinchi maqolatida ham davom ettiradi. Jamiyatda shunday insonlar ham borki, bunday kishilarning fikri, xayollari buzuq. Nazari egri bunday kimsalarning koʻziga oddiy tosh – laʼl, sadafning siniqlari – inju, arqon – ilon va oddiy igna – nayza singari koʻrinadi:
Laʼl hisobida tutar xorani, Inju sonar borcha sadaf porani.
Ham koʻrinur igna sinoncha anga, Ham bilinur rishta yiloncha anga.
Ikkinchidan, 
Download 73.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling