Hayvonlarning intelektual xatti harakat tiplariga nimalar kiradi


Download 14.36 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi14.36 Kb.
#1124432
Bog'liq
Hayvonlarning intelektual xatti


Hayvonlarning intelektual xatti – harakat tiplariga nimalar kiradi
Hayvonning xatti – harakati hamma vaqt u yoki bu extiyojni qondirishga bevosita yo’naltirilgan bo`ladi. Extiyoj hayvonni faollikka majbur qilish bilan birga, shu faollikning shaqlini ham belgilaydi. Masalan, ovqatlanish extiyoji /ochlik/ hayvonda ovqatlanish faolligini vujudga keltiradi – so’lak ajratishga, ovqat izlash yoki uni poylashga, yerdan kavlab olish yoki yutishga olib kelgadi.
Insonning xatti – harakati esa butunlay boshqacha tuzilishga egadir.
Agar xayvonlarning xatti – harakati atrofdagi narsalarning ta’siri bilan belgilansa, kishining faolligi esa eng yoshlik chog’idan boshlaboq insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshkariladi. Xatti – harakatning ana shu tipi aloxida xususiyatga ega bo`lib, psixologiyada u faoliyat degan tushuncha bilan ifodalanadi.
Inson faolligining o`ziga xos xususiyatlari nimada? Eng avvalo uning farq qiluvchi xususiyati shuki, ish – harakatning mazmuni butunlay extiyoj bilan belgilanmaydi. Extiyoj motiv sifatida ish xarakatga turtki beradiyu, ish – harakatning shakli va mazmuni esa ijtimoiy sharoit, talab va tajribalar bilan belgilanadi. Kishini ishlashga majbur qilayotgan motiv undagi ovqatga extiyoj bo`lishi mumkin. Lekin kishi, masalan, stanokni boshqarar ekan, ochligini qondirish uchun emas, unga topshirilgan detalni tayyorlash uchun ishlaydi. Uning ish harakatini mazmuni extiyojlar bilan emas, balki jamiyat undan talab qilayotgan bir mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Demak, faoliyatning birinchi farq qiluvchi belgisi uning kishi tomonidan anglanganligi va ma’lum maqsadga yunaltirilganligidir.
Ikkinchidan, faoliyat ong va iroda bilan bevosita bog’langan bo`ladi. Chunki ongsiz yoki irodaviy jarayonlarsiz xech qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin emas. Demak, faoliyat anglangan maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki /psixik/ va tashqi /jismoniy/ faolligidir.
Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish uchun avvalo kishi faolligining maqsadi qanchalik anglanganligini aniqlash zarurdir.
Faoliyat – bu borliqqa nisbatan faol munosabatning shaklidir, u orqali inson bilan borliq o`rtasida aloqa o’rnatiladi. Faoliyat orqali kishi tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta’sir qiladi. Ana shu xarakatlarda kishi o`zining ichki moxiyatini ochib, atrofdagi narsalarga nisbatan sub’ekt, odamlarga nisbatan shaxs rolini bajaradi. U narsalarning javob ta’sirini boshdan kechirish orqali esa kishilar narsalar, tabiat va jamiyatning xaqiqiy, ob’ektiv, ichki moxiyatini bilib oladi.
Xar bir oddiy ishni bajarishga qaratilgan va faoliyatning nisbatan tugallangan elementi ish – harakat deb aytiladi. Bu keltirilgan misolimiz predmetli ish – harakatlardir. Chunki u tashqi olamdagi u yoki bu predmetning holatini yoki xususiyatini o`zgartirishga qaratilgan bo`ladi.
Download 14.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling