Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy tartibi Reja Hayvonot dunyosining ahamiyati


Download 3.99 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi3.99 Kb.
#1093365
Bog'liq
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huqu-fayllar.org


Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy tartibi

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy tartibi

Reja

1.Hayvonot dunyosining ahamiyati.

2.Hayvonot dunyosi qanday muhofaza qilinadi?

3.Hayvonot dunyosidan foydalanishning huquqiy tartiblari nimalardan iborat?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-modda. Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Hayvonot dunyosi

Hayvonot dunyosi - tabiat boyliklarining bir qismi bo’lib, jamiyatda, inson hayotida katta ekologik ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosining iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xomashyo hamda boshqa moddiy boyliklar olish manbai.

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish

respublikamizdagi mavjud hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2016-yil qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tog`risida"gi qonuni katta ahamiyatga ega.

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish komitasi, Ozbekiston Respublikasi Davlat O’rmon qo’mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

Zero, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish ham ushbu muammo bilan bog’liq ko’pgina

masalalarni hal etishga yordam beradi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni

muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi

Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi, hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning qonuniy huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari, unga amal qilishlari, hayvonot dunyosi davlat mulki -umummilliy boylik sifatida undan oqilona foydalanishlari va davlat tomonidan muhofaza qilish ishlariga bo`ladigan munosabati tushuniladi.

Hayvonot dunyosidan foydalanish

Umumiy Maxsus

Hayvonot dunyosidan foydalanish turlari:

ov qilish;

baliq ovlash;

yovvoyi hayvonlarni boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish;

hayvonot dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;

hayvonot dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun foydalanish;

yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish;

yovvoyi hayvonlardan ularning yashash faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish;

yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash;

hayvonot dunyosi obyektlaridan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanish;

yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish;

zoologiya kolleksiyalarini yaratish va to‘ldirib borish.

Qonunchilikda hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.

Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish yovvoyi hayvonlarni o‘z yashash muhitidan ajratib olgan yoki ajratib olmagan holda amalga oshiriladi.

E’tiboringiz uchun rahmat xojiyeva.N , Xusanova.M



http://fayllar.org
Download 3.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling