Hayvonot olamining yashash tarzi, ko’payishi va tarqalishi turlari haqidagi bilimlarning o’zlashtirish va taxlil qilish
Download 1.98 Mb.
|
GEOGRAFIYA O\'QITISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
Hayvonot olamining yashash tarzi, ko’payishi va tarqalishi turlari haqidagi bilimlarning o’zlashtirish va taxlil qilish Reja:
Sodda hayvonlar tipi vakillarining tuzilishi va hayoti. Umurtqasiz hayvonlar vakillarining xilma-xilligi. Umurtqali hayvonlar vakillarining xilma-xilligi va yashash muhitiga moslanishi. Hayvonot olamining tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Hayvonot olamini muhofaza qilish. Tayanch so`z va iboralar: hayvonot olami, to`qima, organ, bir hujayrali, ko`p hujayrali, parazit hayvonlar, amyoba, evgelina, infuzoriya, leshmaniya Kirish. Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib, geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyada qatnashadi. Hayvonlar o'simliklar tomnidan quyosh nuri ta'sirida hosil qilgan organik moddalar va bir-birlari bilan oziqlanib, biologik hamda tabiatda moddalarning almashinuvida ishtirok etadi. Yirik mavjudotlarning bir-biri bo'lgan ozuqa aloqasi – bu energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tkazuvchi mexanizmdir. Yer sharida yashil o'simliklar quyosh energiyasining faqat 1% nigina o'zlashtirib, yiliga 150-200 mlrd. t organik modda hosil qiladi. O'simliklar quyoshdan olayotgan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50%ini o'simliklar nafas olish jarayonida, qolgan energiyani o'zlashtirib, organik modda sifatida organizmda to'playdi. Bu to'plangan organik modda o'txo'r va bir-biri bilan ovqatlanuvchi hayvonlarga o'tadi. O'txo'r va etxo'r hayvonlar (konsumentlar)da energiya balansi qo'yidagicha bo'ladi: yutilgan ozuqa energiyasi to'la o'zlashtirilmaydi, uning bir qismi tashqi mhitga najas sifatida chiqariladi, so'ngra uni boshqa organizm o'zlashtiradi. Hayvonlar organizm o'zlashtirib olgan ozuqa va zapas energiyaning asosiy qismini organizmning ish faoliyatini normal saqlashga, oz qismini esa nafas olishi uchun sarflaydi. Natijada konsumentlarning o'lishi va chirishi tufayli organik qoldiqlar vujudga keladi, ularni saprofitlar (bakteriyalar, zamburug'lar, nematodalar) parchalab, anorganik moddalarga aylantiradi. Ba'zi hayvonlar, chunonchi yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o'simlik hosildorligini oshiradi yoki ba'zi foydali hasharotlar o'simliklarni zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, boyqush bir yilda 1000 ta sichqonni yo'q qilib, 0,5 t donni saqlab qolsa, chumolilar o'rmonlarni kasallikdan saqlaydi. Bir xujayrali dengiz hayvonlarining qoldiqlaridan cho'kindi jinslar (bo'r, ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga keladi. Inson uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat resurslaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar insoniyatni go'shtga, yog'ga, moyga, sutga, tuxumga, baliq maxsulotlariga va boshqalarga bo'lgan talablarini ta'minlaydi. Ma'lumotlarga ko'ra Yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln. t oqsil moddasiga boy bo'lgan oziq-ovqat xom ashyosi olmoqdalar yoki dunyo bo'yicha taqsimlanayotgan moyning 40% i hayvonlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ko'p mamlakatlarda, jumladan Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlariningko'p qismini dengiz hayvvonlaridan foydalanib etishtirilmoqda. Hozir dunyo bo'yicha oziq-ovqat uchun yiliga 70-80 mln. t dengiz hayvonlari va baliqlar tutilmoqda. Akademik V.G. Bogarevnnig ma'lumotiga ko'ra Dunyo okeanlarida hayvonlar biosmassasi 1 mlrd. tonnani tashkil etadi. Bu juda katta oziq-ovqat manbai bo'lib, bir ga dengizdan olinadigan baliq miqdori bir ga yaylovdan etishtiriladigan go'shtdan 2 marta ortiqdir. Bularnig hammasi hayvonlarning oziq-ovqat etishtirishdagi roli juda katta ekanligidan darak beradi. Yer yuzida hayvonot olami ham o`simliklar singari tarqalgan. Ularning shimoliy muz qutblaridan tortib janubiy kengliklargacha, shuningdek, cho`l, dasht, tog` zonalarida ham uchratish mumkin. Hayvonot olami juda ham xilma-xildir. Hozirgi paytda yer yuzida 1500 mingdan ortiq hayvon turlari ma`lum. Hayvonlarning xilma-xillig, tuzilishi, xulq-atvori, ko`payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiatda va inson hayotidagi rolini o`rganadigan fan zoologiya deb ataladi. Hayvonlar bilan o’simliklar murrakkab tuzilishga ega bolib ularning umumiy oxshashlik tomonlari xam bor. Masalan: ularning xar ikkalasi xam xujayralardan tuzilgan ikkalasi xam oziqlanadi osadi rivojlanadi kopgina xayotiy jarayonlari xam juda oxshash ketadi. Bularning xammasi hayvonlar bilan osimliklar birbiriga qarindosh ekanligini, ular bir negizdan tarqalganligini ko`rsatadi. Lekin shu bilan birga ular o`rtasida katta farqlar xam bor. Masalan: hayvonlar - geterotrof, o`simliklar esa avtotrof organizmlardir. Xayvonlar yuradi, xarakat qiladi, noqulay sharoitdan qulay sharoitga o`tadi. O`simliklar esa bir xil sharoitda ekiladimi o`sha er sharoitga moslashsa o`sadi, moslasha olmasa nobud bo`ladi. Shuning uchun xam hayvonlar soni o`simliklarga nisbatan 3 barobar ortiqdir. Sodda hayvonlar tipi. Mazkur tipning vakillari eng sodda tuzilishga ega bo`lgan bir hujayrali hayvonlardan iborat. Ularni sodda hayvonlar deyilishiga sabab ham tanasining bitta hujayradan tashkil topganligidandir. Eng sodda hayvonlarning ko`pchiligi mikroskop ostida ko`rinadigan juda mayda organizmlardir. Ularning kattaligi 50-100 mm dan 1-2 mm gacha bo`ladi. Sodda hayvonlar yer yuzida keng tarqalgan. Ular hamma yerda: chuchuk va sho`r suvda, ham tuproqlarda, hovuz, ariq, ko`lmak suvlarda, dengiz va okeanlarda, ba`zi vakillarini hatto hayvon va odam organiznida ham uchratish mumkin. Bir hujayrali yoki sodda hayvonlarning tanasi tashkil etadigan xujayralarni ko`p xujayralardan farqi shundaki, U bitta xujayradan iborat bo`lsa xamki murakkab tuzilishga ega bo`lib, murakabligi xujayra ayrim qisimlarining deferinsiallanganligi ularning har xil funksiyalari bajarishga layoqatlanganligidandir. Xujayraning ba`zi qismlari xarakatlantirish vazifasini bajarsa, ba`zilari ovqat qabul qilish yoki ovqat hazm qilishga, boshqalari esa ortiqcha suvni va dissimilyasiya mahsulotlarini hujayradan chiqarib yuborishga moslashgan. Hujayraning ixtisoslashgan bu qismlari organella yoki organoidlar deb ataladi. Buni uning tipik vakili bo`lgan infuzoriya hujayrasida ko`rish mumkin. Hujayra tarkibida bir yoki bir nechta yadro, protoplazma, vakuollar bo`ladi. Jinssiz ko`payganda infizoriya hujasrasidagi yadro ikkiga bo`linadi. Undan ikkita yangi organizm hosil bo`ladi. Eng sodda hayvonlar jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Lekin ularda jinsiy ko`payishga nisbatan jinssiz ko`ayish ko`p uchraydi. Buning yana bir isboti shuki ko`p xujayrali xayvonning xujayrali diferensialangan bo`lib muayyan vazifani bajarishga moslashgan. Ular ma`lum bir tomonga har xil darajada ixtisoslashgan. Bitta xujayradan tashkil topgan sodda xayvonlarning hujayrasi esa ana shularning xammasini bir xujayra ichida joylashtirib, barcha xayotiy vazifalarni bajaradi va mustaqil yashashga qodir bo`ladi. Sodda xayvonlar olami nixoyatda katta va xilma-xildir. Hozirgi vaaqtda ularning turi 15000 tadan ortadi. Bulardan tashqari tabiatda ularning xili aniqlanmagan, ayni paytda parazitlik qilib yashaydigan juda ko`p turlari ham bor .Sodda hayvonlarga amyoba, infuzoriya-tufelka, evglena, volvoks va boshqalar kiradi. Amyoba iflos suvli havzalar tagida yashovchi, kattaligi 0,2-0,5 mm keladigan mayda organizmdir. «Amyoba» o`zgaruvchi degan manoni bildirib, u hamisha o`z shaklini o`zgartirib turadi. Amyobaning hujayrasida yadro, protoplazma va ovqat hazm qilish vakuolasi bor. Tana tuzilishi sodda, yolg`on oyoqlar chiqarib bir joydan ikkinchi joyga harakat qiladi.Bu vaqtda ular oziqni o`rab olib, ovqat hazm qilish vakuoli hosil bo`ladi ba uning vositasida oziqlanadi. Amyoba butun tanasining yuzasi bilan nafas olib, suvda erigan kislorod protoplazmaga sizib o`tadi. Umurtqasiz hayvonlar tipi vakillarining tuzilishi. Kovakichlilar tipi. Kovakichlilar tuban darajada tuzilgan ko`p hujayralilarning eng xarakterli tiplaridan biridir. Kovakichlilarning o`ziga xos belgilari quyidagilar: Kovakichlilar radial-nursimon simmetriyali tuzilishga ega. Masalan, uning vakili gidra tanasidan tik o`q o`tkazilsa, uning paypasligichlari bu o`q atrofida xuddi har tomonga taralgan yorug`lik nuri singari joylashadi. Buni nursiomn simmetriya dub ataladi. Kovakichlilar tipi vakillarining tanasi ikki qavatli tuzilishga ega. Kovakichlilarning tipik vakili - gidra. Gidra chuchuk suvlarda yashaydi. Uning tanasi ikki qavatdan: tashqi ektoderma, ichki entodermadan iborat. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling