Hayvonot olamining yashash tarzi, ko’payishi va tarqalishi turlari haqidagi bilimlarning o’zlashtirish va taxlil qilish


Sut emizuvchilarning tabiatda va inson hayotidagi roli


Download 1.98 Mb.
bet8/8
Sana17.06.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1540381
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GEOGRAFIYA O\'QITISH METODIKASI

Sut emizuvchilarning tabiatda va inson hayotidagi roli. Sut emizuvchilarning tabiatdagi roli beqiyos katta. Ularning yavvoyi turini ham, xonaakilashtirilgan zotlari ham tabiatga, uning taraqqiyotiga ma`lum darajada ta`sir etadi. Hasharotxo`rlar, kemiruvchilar, yirtqichlar tabiatda yashab o`simliklarni kemiradi, bargi, poya va ildizmevalariniyeydi. Bo`ri kabi yirtqichlar esa kasal hayvonlarni yeb tabiat mutanosibligini saqlashda ba`zi kasalliklarni tarqalmaslikda katta rol o`ynaydi. Ular o`simliklarni yeb, go;ngi bilan yerni boyitadi. Yerqazar, sichqonlar esa tuproqni kovlab, uning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishida aktiv ishtirok etadi.
Sut emizuvchilarning inson hayotidagi ahamiyati ham juda katta. Uni bir necha qismga bo`lish mumkin. Masalan, mo`ynachilik, yiqichilik va chorvachilik sohalarida yetkazadigan foydasi hammaga ma`lum. Bizda ovlanadigan asosiy hayvonlar: olmaxon, suvsar, ondatra, qunduz, tulki, quyon, shimol bug`isi, yovvoyi cho`chqa, kiyik, alqor va boshqalar juda katta ahamiyatga ega. Ular turli maqsadlarda qimmatbao mo`ynasigo`shti, terisi, yog`I, juni, shoxi uchun ovlanadi.
Chorvachilik sohasidaqo`lga kiritiyotgan yutuqlarimiz yanada cheksiz. Bular yilqichilik, qoramolchilik, qo`ychilik, cho`chqachilik, echkichilik kabilardan iborat. CHorva mollaridan olinadigan bebaho mahsulotlar: sut, go`sht, yog`, teri, jun va boshqalar halqimizning boyligi hisoblanadi. Inson hayotini, turmushini bularsiz tasavvur etib bo`lmaydi.

Hozirgi paytda jumhuriyatimizda chorva mollari zotini yanada yaxshilash, ko`paytirish, sermahsul zotlar yaratish uchun tinimsiz ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mamlakatimizda va jumxuryatimizda maxsus qoramolchilik, yilqichilik, maynachilik xo`jaliklari, yirik chorvachilik fabrikalari tashkil qilinmoqda.
Sut emizuvchilarning roli beqiyos ekan, navbatdagi muhim vazifa ularni muhofaza qilish, qo,riqlash, ba,zi yovvoyi turlarini iqlimlashtirishdan iborat bo`lmog`I lozim. Ko`pgina qimmatli hayvonlarni noto`g`ri ovlash va shafqatsizlarcha munosabatda bo`lish oqibatida ular butunlay yer yuzida yo`qolib ketdi. Masalan, Amerika bizonlari va Yevropa zubrlari deyarli butunlay yo`q bo`lib ketgan. Hozir ham ko`pgina qimmatli mushuksimonlar, karkidonlar, yirtqichlar, hatto odamsimon maymunlar ham kamayib ketgan.
Bizning vazifamiz ularning naqadar katta ahhamiyatga ega ekanligini aytib, yoshlarni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashimiz kerak.


Xulosa.
Tabiatda va odam hayotida hayvonlar katta ahamiyatga ega. Hayvonlar — barcha ekosistemalarda oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. Hayvonlar oʻsimliklar bilan oziqlanib, oʻzlashtirgan moddalarining yana tuproqqa qaytarilishiga, binobarin oʻsimliklarning oʻsishiga imkon beradi. Oʻsimlik va hayvonlar qoldigʻi bilan oziqlanadigan hayvonlar Yer yuzini organik qoldiqlardan tozalab, tabiiy sanitarlik vazifasini bajaradi. Yirtqich hayvonlar tabiatda zararkunanda hayvonlarning sonini cheklab turishga yordam beradi. Hayvonlar odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi; uy hayvonlari goʻsht, sut, jun, teri va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari olish maqsadida va transport vositasi sifatida boqiladi. Odam faoliyatining tabiatga taʼsiri tobora kuchayib borishi bir xil turlar sonining keskin qisqarib ketishiga olib keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra hozirgi davrda har kuni hayvonlarning bitta turi yoʻqolib bormoqda. Hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish maqsadida deyarli barcha mamlakatlarda qonunlar qabul qilingan; maxsus qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 184 hayvon turi kiritilgan.
Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling