Hazm sistemasining yuqori bo‘limi,og‘iz bo‘shlig‘i


Download 0.54 Mb.
bet5/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1117848
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 mavzu Inomxo‘jayev 2

Til

  • Odam tili — shilliq parda bilan qoplangan muskuldan iborat. Ovqatni chaynash, yutish va gagshrishda qatnashadi. Til 3 qism: tor qismi — til uchi, birmuncha keng va qalinroq qismi — til negizi (ildizi), bu 2 qism oʻrtasi — til tanasiga boʻlinadi. Tilning ogʻiz boʻshligʻi bilan halqumga tomon qismi oʻrtasida koʻr teshik, undan til uchiga tomon yoʻnalgan til yuzasini ikkiga ajratib turuvchi oʻrta egat bor. Tilning pastki yuzasi shilliq qavati ancha nozik boʻlib, unda 2 ta simmetrik burmalar, ustki yuzasi, yaʼni orqasida har xil soʻrgʻichlar bor. Soʻrgʻichlar koʻr teshikdan 2 yonga yoʻnalgan chegaralovchi chiziqdan oldinda va Tilning yon tomonlarida joylashgan. Jumladan, ipsimon soʻrgʻichlar Til oldingi uchining 2 qismida boʻlib, ovqatni kabul qilish, chaynash, halqumga yoʻnaltirishga xizmat qiladi. Ipsimon soʻrgʻichlar orasida konik soʻrgʻichlar, har ikkala soʻrgʻichda, asosan, ogʻriqni, issiqsovuqni sezuvchi retseptorlar bor. Til uchi va yonlarida zamburugʻsimon soʻrgʻichlar, koʻr teshikning ikki yonida, chegaralovchi chiziqning old tomonida tarnovsimon soʻrgʻichlar, Til Chekkalarida bir-biriga yondosh bargsimon soʻrgʻichlar mavjud. Bu soʻrgʻichlar taʼm bilish vazifasini bajaradi. Til shilliq pardasi qavatida til murtagini hosil qiladigan koʻplab limfoid follikulalar, shilliq parda osti va muskullar orasida mayda (shilliqli, serozli va aralash) soʻlak bezlari joylashgan.
  • T.ning asosiy qismini chin va skelet muskullari tashkil etadi. Chin muskullar uzunasiga, koʻndalang va vertikal yoʻnalishda. Tilni suyaklarga biriktiradigan skelet muskullari esa juft engaktil, engaktil osti va bigizsimon oʻsiq muskullaridan iborat boʻlib, Tilning oson harakat qilishiga yordam beradi. Til arteriyasi shoxchalari Tilni qon bilan taʼminlaydi. Tilni til nervi, tilhalqum nervi hamda til osti nervi innervatsiya qiladi. Engak osti, qisman jagʻ osti va chuqur boʻyin limfa tugunlari Tilning regionar limfa tugunlaridir.

Shilliq parda 1.1 ko‘p qavatli muguzlanuvchi epiteliy 1.2Xususiy plastinka 1.3Ipsimon so‘rg‘ich 1.3.1Ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy 1.3.2birlamchi biriktir uvchi so‘rg‘ich 1.3.3Ikkilamchi biriktir uvchi so‘rg‘ich 1.4Zamburug‘simon so‘rg‘ich 1.4.1 ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy 1.4.2Birlamchi biriktiruv chi so‘rg‘ich 1.4.2 ikkilamchi biriktiruv chi so‘rg‘ich 2 Ko‘ndalang mushak tolasi 3 endometiy 4 yog‘ to‘qimasi 5 qon tomiri

E‘tiboringiz uchun rahmat


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling