Hazm sistemasining yuqori bo‘limi,og‘iz bo‘shlig‘i


Download 0.54 Mb.
bet1/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1117848
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3 mavzu Inomxo‘jayev 2

Hazm sistemasining yuqori bo‘limi ,og‘iz bo‘shlig‘i

Toshkent tibbiyot akademiyasi

1 –davolash 205 A talabasi

Inomxo‘jayev Ayyubxo‘ja

2023-yil 10-yanvar

Og‘iz bo‘shlig‘i

  • Ogʻiz boʻshligʻi — hazm yoʻlining boshlangʻich boʻlimi. Old va yon tomonlari lunj bilan, yuqoridan yumshoq va qattiq tanglay, pastdan Ogʻiz boʻshligʻi tubi — til osti muskullari bilan chegaralangan. Ogʻiz boʻshligʻi orqa tomondan toq teshik—tomoq orqali halqum boʻshligʻiga tutashadi. Tishlar va milklar Ogʻiz boʻshligʻini ogʻiz dahlizi (ogʻizga kiraverish) bilan asli Ogʻiz boʻshligʻiga ajratib turadi. Ogʻiz daxlizi ogʻiz teshigi orqali tashqi muhitga tutashadi. Ogʻiz yumilganda Ogʻiz boʻshligʻi torayadi va uni til toʻldirib turadi. Soʻlak bezlari Ogʻiz boʻshligʻi daxliziga ochiladi.[

Lablar

  • Lab — anatomik tuzilma; ogʻiz boʻshligʻining kirish qismini tashkil etadigan muskul-teri burmalari. Toshbaqa, qush va kloakali yirik sut emizuvchilarda jagʻdan tumshuq vujudga kelganligi tufayli Lab boʻlmaydi. Baliqlar labida taʼm bilish va tuygʻu retseptorlari koʻp boʻlib, Lab oʻljani ushlab olishga yordam beradi. Suvda va quruqlikda yashovchilarning koʻpida Lab nafas olishda ogʻiz boʻshligʻini ochib-yumishga xizmat qiladi. Sudralib yuruvchilar labi rostmana shakllangan va muguz qalqoncha bilan qoplangan. Sut emizuvchilarda Lab harakatchan boʻlib, bola emizishga moslashgan. Toʻgarakogʻizlilarda yuqori Lab soʻrgʻich vazifasini oʻtaydi.
  • Odamda Lab harakatchan boʻlib, ogʻiz boʻshligʻi bilan chegaralangan; u tashqaridan teri, ichkaridan mayda bezlarga boy shilliq parda bilan qoplangan, uning asosini ogʻizning aylana muskuli va mayda mimika muskullari tashkil etadi. Teri bilan shilliq parda tutashgan joy — qizil hoshiyada qon tomirlar koʻp. Labga uch shoxli nervdan sezuvchi tolalar keladi. Yuqori va pastki Labning oʻzaro bir-biri bilan birikib turishi ovqatni chaynashga imkon beradi; soʻzlashda talaffuzning toʻgʻri va ravon boʻlishini taʼminlaydi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling