Хба-73 академгуруҳи талабаси Тожибоева Зарифанинг аудит фанидан масалаларга ечимлари 1-masala


Download 16.47 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.47 Kb.
#223756
Bog'liq
Razakova Z.R


ХБА-73 академгуруҳи талабаси Тожибоева Зарифанинг аудит фанидан масалаларга ечимлари

1-masala.

Ushbu holatda auditorlik tashkiloti mijoz «FOTON» korxonasiga professional xizmat ko’rsatayotgan xisoblanadi va bu o’z navbatida audirlik firmasining mustaqillik prinsipiga o’z ta’sirini ko’rsatadi, bu esa kelgusidagi o’tkazilishi ko’zda tutilgan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish uchun ushbu auditorlik firmasi faoliyatiga ta’sir qiladi, ya’ni ushbu korxonada yuqoridagi auditorlik tashkiloti o’z auditorlik tekshiruvlarini qonuniy ravishda o’tkaza olmaydi.



2-masala.

Ushbu holatda auditorning mustaqilligi prinsipi buzilmaydi. Sababi shundaki qonunga ko’ra auditorning mustaqillik prinsipi quydagi hollarda buziladi:

-agar korxonada auditorning yaqin qarindoshlari obroli lavozimlardan birida faoliyat olib borsa;

-agar auditor ushbu firmaga professional xizmatlar ko’rsatayotgan bo’lsa;

- va h.k.l.

Ushbu vaziyatda auditor «AKFA» korxonasi bilan qonuniy ravishda ijara shartnomalari asosida faoliyatni qo’llaydigan bo’lsa, auditor hech qanday to’siqlarsiz oz faoliyatini qonun doirasida davom ettiraveradi.



3-masala.

Ushbu holatda agar soliq maslahatlari uning filliallari orqali amalga oshirilsa, hamda unga tegishli filliallar faoliyati alohidaligi aniq dalillansa yuqoridagi audtorlik firmasining "ODIL-AUDIT" firmasi bilan faoliyatiga ta’sir qilmaydi.



4-masala.

Auditorlik xizmatlarini reklama qilish halol, odob doirasidan chetga chiqmagan, mijozlarni aldash va adashtirish ehtimolidan uzoq bo’lishi lozim. Ushbu holatda faoliyat uchun to’lanadigan haqni qanchaligini ko’rsatib o’tish biroz ortiqcha chunki bu mijoz korxonalarni adshtirishi mumkin. Shu sababdan "ODIL-AUDIT" auditorlik firmasining auditori A.I.Ahmedov ushbu qismni olib tashlagani ma’qulroqdir deb oylayman.



5-masala.

Ushbu holatda auditorlik faoliyatining kasb etikasi me’yorlariga zid holat hisoblanadi. Auditorlik faoliyati to’grisidagi qonun bilan “agar auditorlardan birining yaqin qarindoshlari mijoz korxona «ODIL-AUDIT» da lavozimli joyda faoliyat olib borsa ushbu korxonada auditorlik tekshiruvini o’tkazilishi cheklangandir” deya keltirib o’tilgan.



6-masala.

Agarda «BUSTON»korxonasi rahbarlari tomonidan qimmatbaho sovg’alar auditorlik tekshiruvi yakunlangandan keyin xulosalar taqdim qilingandan so’ng berilgan bo’lsa auditorlar ushbu sovg’alarni olishlari mumkin.



7-masala.

1-ushbu vaziyatda auditor –“Auditorlik faoliyati to’grisidagi” Qonun, hamda “Auditorlik faoliyatida kasb etikasihamda axloqiy me’yorlar”dan foydalanishi mumkin.



2-auditor xato va kamchiliklarni ko’rib turib ko’rmaslikka olishga haqqi yo’q. Bunday holatda auditor mijoz «DAVR» korxonasiga xatolarni qanday tuzatish mumkinligini aytishi va tekshiruv yakunlangunga qadar ushbu xatolarni tuzatishi mumkinligini aytishi mumkin. Agar mijoz korxona ushbu xatolarni tuzatib, to’lanmagan soliqlarni tekshiruv yakuniga qadar to’lasa hamda mavjud xatolarni tuzarsa auditor o’z xulosasini o’zgartirishi mumkin, aks holda bunday ko’z yumish qonuniy tartibda xato hisoblanadi hamda javobgarlikka tortiladi. Yana bundan tashqari, agarda taxmin qilinayotgan xatolar va tafovutlar sezilarli darajada bo’lsa, mijoz-korxona rahbariyatining tuzatish kiritishga rozi bo’lmasligi auditor uchun salbiy auditorlik xulosasi tuzishga asos bo’lishi mumkin.

8-masala.

Ushbu holatda shartnoma talablarini mijoz tikuv-ishlab chiqarish korxona buzganligi sababli menga qarashli auditorlik firmasi ushbu mijoz korxona bilan shartnoma imzolamaganim ma’qul deb bilaman.
Download 16.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling