“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

Kalit so'zlar: nominativ birliklar, diaxron shakllar, arxaik so'zlar, tarixiy so'zlar,leksik 
qatlam, istorizmlar va shu kabilar. 
 
Amir Temur davri tarixga markazlashgan davlat tuzish hamda uni harbiy va iqtisodiy 
rivojlangan yirik davlatga aylantirish davri bo’lib kirdi. Bu davr xalqaro maydonga chiqish, o'zaro 
manfaatli savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish davri sifatida mazkur aloqalar davlat 
tomonidan rag'batlantirilgan va himoya qilingan. Amir Temur hukmronligi fan, madaniyat va san’at 
gullab-yashnagan davr sifatida jahon tarixining shonli sahifalarini zabt etgan.[1;138-b.] 
"Temurnoma" asari Amir Temur faoliyatini aks ettirgan muhim adabiyotligi bilan e'tiborga 
molikdir. Ma’lumki, tildagi o`zgarishlar to`satdan bo`ladigan ‘portlash’ yo`li bilan emas, balki asta-
sekin eskining to`la borishi, mukammallashuvi yo`li bilan yuz beradi. Bunda, shubhasiz, ba’zi bir 
eski so`zlar va formalar arxaiklashib boradi va iste’moldan chiqadi. [2; 86-b] Lekin, umuman 
olganda til hodisalari vaqt va tarix sinovlariga juda bardoshli bo`ladi. O`zbek tilining leksikasini 
asosan zamonaviy qatlamga oid so`zlar tashkil etadi. Biroq, zamonaviy leksika (umumiste’moldagi 
faol leksika) to`g`risida emas, balki iste’molda kam bo`ladigan nofaol leksika ya’ni eski leksika 
haqida so`z yuritmoqchimiz. 
Eski qatlamga oid so`zlar asosiy farqli xususiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 
tarixiy so`zlar yoki istorizmlar
arxaik so`zlar yoki arxaizmlar.[3; 103-b]
Avvalo, istorizmlar va ularning “Temurnoma” asaridagi namunalari haqida fikr yuritamiz. 
Istorizmlar tarixga oid (hozirgi kunda yo`q) narsa-hodisalarni bildiruvchi so`zlardir.[3;103-
b] Ma’lum davrlarda bor bo`lgan ayrim narsa-hodisalar jamiyat taraqqiyotining keyingi 
bosqichlarida yo`q bo`lishi, o`tmish hodisasiga aylanishi mumkin. Shu bilan bog`liq holda bunday 
narsa-hodisalarning atamasi bo`lgan so`zlar ham tarixiylik kasb etadi, ya’ni tarixiy so`zga aylanadi. 
Misollar: sovut, omoch, qozi, charx, amir, bek, qul, cho`ri, hokim, baqqol, xon, vazir, kanizak 
kabi.Istorizmlar bildiradigan narsa-hodisalar tarixiyligi sababli ularning ko`pchiligi hozirgi davr 
kishisi uchun notanish bo`ladi. 
Shu fikrdan kelib chiqib aytish mumkinki, “Temurnoma” asari ham istorizmlar tahlili uchun 
muhim manba bo`la oladi. 
Aytish mumkinki, o`tmishni bilish va ibrat eta olishda shaxs va narsa-buyumning tarixiy 
nomi muhim ahamiyat kasb etadi: Amirni sovuti Dunboy yarog` qilichi zarbidan ushaldi. Andin 
keyin sulton Muzaffarxon amirlig` mansabig`a o`lturdi. Andin keyin Ubaydullaxon aning o`g`li 
saltanat taxtig`a o`ltirib, to`qqiz yildan so`ng o`z mulozimlari shahid qildilar. (“Temurnoma”dan 
39-40-betlar). El va ulus fuqarolar barchasi tinchlikda bo`ldilar. (“Temurnoma”dan 37-bet)Demak, 
“Temurnoma" asaridagi nominativ birliklarning diaxron shakllari istorizmlar sifatida o`tmish 
narsa-hodisalarining atamasidir. Bu istorizmlarning bugungi kunda til leksikasida sinonimlari 
mavjud emas. Asardagi ayrim so`zlar ifodalagan narsa hodisalar hozirgi hayotdan yo`qolganligi 
sababli bugungi kun leksikasida diaxron leksika, istorizm sifatida tadqiq etiladi.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling