Hikayeler Ve Hikmetler- abdulla Qahhar


Bu gap dodxoga tegib ketdi


Download 188.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/117
Sana09.01.2022
Hajmi188.49 Kb.
#264140
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   117
Bog'liq
1543-Hikayeler Ve Hikmetler-Abdulla Qahhar-Ozbek-Latin-62s

Bu gap dodxoga tegib ketdi. 

- Nima kerak? 

Unsin indamadi. Dodhoning savoli javobsiz qolishi mumkin emas edi. Shuning 

uchun bittasi gunoh qilsa hammasi baravar kaltak yeydigan kundoshlar Unsinni 

turtkilashdi. 

- Javob bersang-chi! 

- Tildan qoldingmi?! 

Yonida o’tirgan kundoshi tirsagi bilan biqiniga ikki-uch turtgandan keyin Unsin 

boshini ko’tarib, balo-qazoday tikilib turgan dodxoga bir ko’z tashladi-yu, yana 

boshini egib, lekin dadil javob berdi: 

- Javob bersangiz... Ganjiravonga ketsam... Bitta go’rga bitta pichoq emas, o’nta 

go’rga o’nta pichoq sanchib kelaman...- dedi. 

Uning maqsadini kundoshlar darrov fahmlashdi. Lekin dodxo bunday gapni sira 

kutmagani uchun yanglish tushundi. 

- Tag’in nima qilasan Ganjiravonda, borib kelganingga ikki oy ham bo’lgani yo’q-

ku! 


Download 188.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling