Hikmat sadolari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 479.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi479.6 Kb.
#1491138
1   2   3   4   5
Bog'liq
abdulla-oripovning-hikmat-sadolari-turkum-sherlarida-paygambar-obrazining-ifodalanishi (1)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 282 www.ares.uz 
Shoir davr va muhit koloritini berish uchun taqir, ochun, bo`yra so`zlaridan 
foydalanadi. 
Rasululloh dedi: - O`ylamang, also 
Fanodan men rohat kutayotirman. 
Bu dunyo daraxtning soyasi go`yo,
Men undan ot minib o`tayotirman.
Hadislarda o`tkinchi dunyo sinovlariga bardosh berganlarga ajr borligi keltiriladi. Bu 
yerda mana shunga ishora mavjud.
Payg`ambarimizning nihoyatda shavqatli zot bo`lganliklari to`g`risida Imom 
Buxoriydan keltirilgan hadislar bisyor. “Azroil” she`rida ana shu xislatlari namoyon 
bo`ladi.
Badaviy shaklida kelib Azroil 
Muhammadga dedi:- Joningni olgum 
Va lekin hurmatga ekansan noil, 
Tila, tilagingni do`st bo`lib qolgum. 
Nabiy oldiga keluvchi Jabroil notanish odam qiyofasida kelishi hadislarda keltirilgan. 
Azroil ham bir badaviy (arab qabilasi nomi) ko`rinishida nabiyni dorulbaqoga olib 
ketishga keladi va so`nggi istaklarini so`raydi.Muhammad (s.a.v) shunda ham 
o`zlarini emas, ummatlarini o`yladilar: 
Yolg`iz o`tinchim bu, qaytarma minba`d, 
Mayli, so`ng tepamda ko`ksingni kergil. 
Ummatim jonini oson ol faqat, 
Uning azobin ham o`zimga bergil. 
 
XULOSA
Shoir hadis va rivoyatlarga tayanib, payg`ambar siymosini aks ettirar ekan, 
kitobxonni qadamma qadam O`ziga-Yaratganga ergashtiradi. O`quvchisini ham 
shunchaki Rasululloh sifatlari, sunnatlari bilan tanishtiribgina qo`ymay, ularga amal 
qilishga chorlaydi, nabiyni yanada ko`ngillar tubiga joylashga urinadi. Muborak zot 
sifatlarini kitobxonga o`rnak qilib, o`z-o`zimizni nazorat qilishga, ayni damda qaysi 
yo`lda borayotganimizni o`ylab olishga undaydi.
Haq sevgay O`ziga yor bandalarni, 
Dilida iymoni bor bandalarni, 
Takabbur boshlarni pastroqqa egsa, 
Yuksakka ko`targay xor bandalarni 



Download 479.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling