Hikmatli so’zlar 8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari 1


Download 26.05 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi26.05 Kb.
#1297162
Bog'liq
Hikmatli so\'zlar


Hikmatli so’zlar
8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari
1.Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga – ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlashga qaratilishi shart.Ijtimoiy adolat – bu siyosiy qarashlari, jinsi, millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlashdir.
Shavkat Mirziyoyev
2. Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda saranjom tutadi.
Amir Temur
3. Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev
4. Fozil davlat uning aholisi o‘zaro yordam berishiga, insonparvarlikka, insoniy mehr-oqibatga, uning eng oliy boylik ekanini payqab olishga, yaxshilashga asoslanish kerak.
Farobiy
5. Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini angladim.
Amir Temur
6. Agar hokimiyat atrofida adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi.
Abu Bakr Xorazmiy
7. Podshoh o‘zlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshohga ehtirom ko‘rsatishi zarur.
Abdulloh Muqni’
8. Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak
Shavkat Mirziyoyev
9. Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshi.
Ali ibn Abu Tolib
10. Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga – ijtimoiy adolat tamoilining ta’minlanishiga qaratilishi shart. Jamiyatda ijtimoiy adolat ta’minlanishini qaror topdirish borasidagi asosiy vazifamiz – bu adolatli qonunlar qabul qilishdan iborat.
Shavkat Mirziyoyev
11. Bizning maqsadimiz – xalq hokimiyatini so‘zda emas, amalda ta’minlashdan iborat. Bu – biz yashayotgan bugungi murakkab davrning asosiy talabidir.
Shavkat Mirziyoyev
12. Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o‘xshaydi. Bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindir.
Amir Temur
13. Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz qurgan binolarga boqing.
Amir Temur
14. Hukumat – so‘zlovchi qonun, qonun esa gung hukumatdir.
Sitseron Mark Tulliy
15. Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug‘iladi.
Monteskiyo
16. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev
17. Ozod bo‘lish uchun qonunlarning quliga aylanishga to‘g‘ri keladi.
Sitseron Mark Tulliy
18. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev
19. Jamiyatimizda “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan prinsipni qaror toptirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Shavkat Mirziyoyev
20. Qattiq jazo choralarini qo‘llab, jinoyat uchun o‘zaro javobgarlik tizimi joriy etilganida odamlar o‘zlarida qonun kuchini sinab ko‘rishga jur’at qila olishmaydi.
Shan Yan
21. Dono vazir shuldirki, o‘z o‘rniga qarab, goh qattiqqo‘llik, gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo‘llik ham qilmaydi, ko‘p muloyimlik bilan yumshab ham ketmaydi. Agar ko‘p muloyimlik qilsa, dunyo talab, tamagir odamlar uni yutib yuboradilar. Agar ortiqcha qattiqqo‘llik ishlatsa, undan qochadilar va unga murojaat qilmaydilar. Demak, dono vazir shuldirki, saltanat korxonasining ishlarini eng to‘g‘ri chorayu tadbirlar qo‘llab, yaxshi anglagan holda amalga oshirib, davlatni tartib-intizomga keltiradi.
Amir Temur
22. Inson tarbiyasining darajasi boshqaning huquqini hurmat qilish bilan belgilanadi.
Muhammad Kamol Pilav
23. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora kеskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, tеrrorizm va ekstrеmizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor bo‘lishni talab etmoqda. Shu borada O‘zbеkiston chеgaralarining xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonosiga hеch qanday balo-qazoni yaqin kеltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha diqqatimiz markazida bo‘ladi.
Shavkat Miziyoyev
24. Harbiy xizmat jarayonida har bir yosh askar bilan alohida ish olib borishimiz, ularni avvalo, Jalolliddin Mangubеrdi va Amir Tеmur kabi buyuk, jasur ajdodlarimizni munosib vorislari, ona Vatanni haqiqiy himoyachilari etib tarbiyalashimiz darkordir.
Shavkat Mirziyoyеv
25. “Chеrik” (qo‘shin, harbiy tuzilma) navkar olmakda uch qoidaga amal qildim:
birinchidan, yigitning kuch-quvvatiga;
• ikkinchidan, qilichning o‘ynata olishiga;
• uchinchidan, aql-zakovatiyu kamolotiga.
Shu uch fazilat jamuljam bo‘lsa, navkarlik xizmatiga oldim. Nеgaki, kuch-qudratli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azob-uqubatlarga chidamli bo‘ladi, qilich o‘ynata oladigan kishi raqibini mag‘lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotini bartaraf etmog‘i mumkin.
Amir Temur
26. Davlat organlarining kundalik faoliyatida inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy tamoyil so‘zsiz ta’minlanishi shart.
Shavkat Mirziyoyev
27. Oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir.
Majididdin Xavofiy

9-sinf Konstitutsiyaviy huquq asoslari

10-sinf davlat va huquq asoslari
Download 26.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling