Sana: 7 –“A” sinf Dars


Download 286.07 Kb.
bet1/4
Sana26.08.2020
Hajmi286.07 Kb.
#127715
  1   2   3   4
Bog'liq
@yosh ustozlar algebraik kasr 7 ochiq dars

Buxoro viloyati

G‘ijduvon tumani

56-o‘rta ta’lim maktabi



matematika fani o`qituvchisi

Qarshiyeva Dilbarning

bir soatlik ochiq dars



ishlanmasi



Sana:

7 –“A” sinf Dars : Algebra

Mavzu: Algebraik kasrlarni ko`paytirish va bo`lish (505-508-misollar)

Darsning maqsadlari:

a) ta’limiy maqsad: o`quvchilarga algebraik kasrlarni ko`paytirish va bo`lish haqida tushuncha berish. O'tilgan mavzuni amaliy mashqlar yechib mustahkamlash, o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini o'stirish (DTS talablari asosida);

b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarda matematika faniga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek fanlararo bog'lanishni o'quvchilar amaliyotida qo'llab ishonch hosil qilishga erishish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning matematik tasavvurini yanada mujassamlashtirish, ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish va umumiy dunyoqarashini o'zgartirish;

e) kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarni o`zlari sevgan kasb egalari bo`lishlariga qiziqtirish.

Erishiladigan kompetensiyalar: TK-3, TK-5, TK-6, FK-1, FK-2

Dars turi: yangi bilim beruvchi - yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodlari: guruh bilan ishlash, “Zanjir” usuli, “Savol-javob” usuli, “Kim chaqqon” usuli, “Emable” usuli, “O`z- o`zini baholash” usuli.

Dars jihozi: 7-sinf darsligi, masalalar to`plami (ALGEBRA 7), ko`rgazma, kompyuter, proyektor, monitor, elektron ko`rgazma, ball kartochkalari.

Yashil kartochka “3 “ ball

Sariq kartochka “2 “ ball

Qizil kartochka “1 “ ball

Dars shiori:
Omad kular kimki bo`lsa bilimdon,
Cho`qqilarga bo`y cho‘zadi har zamon!


Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:

T/r

Darsning boshqichlari

Vaqti

Qo`llaniladigan usullar

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa




2

O`tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

“ Zanjir” usuli“,

Savol-javob” usuli



3

Yangi mavzuni tushuntirish

10 daqiqa

“Savol-javob” usuli

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

“Kim chaqqon” usuli, “Emable” usuli

5

O`quvchilarni baholash

5 daqiqa




6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Dars tafsilotlari

  1. Tashkiliy qism: o`quvchilar bilan salomlashish.

O`qituvchi:- Darsimiz?

O`quvchilar: - Algebradir darsimiz,

Hisob – kitob ishimiz.

Yozsin – chizsin qo’limiz,

Hisob bilsin boshimiz.



  • Navbatchi axboroti (ingliz tilida)ni tinglash orqali davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.




  • Mart oyining muhim sanalari bilan tanishish (3-slayd).




  • Harakatlar strategiyasi – O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning asosi (4-slayd).

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan muhim ishlardan biri “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to`g`risida” gi farmoni bo`ldi (o`quvchilar bilan qisqacha savol-javob o`tkaziladi).

  1. “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to`g`risida” gi farmoni qachon qabul qilingan? (2017 yil, 7 fevral)

  2. Harakatlar strategiyasi nechanchi yillarni o`z ichiga oladi va nechta ustuvor yo`nalishdan iborat? (2017-2021 yillarni, 5 ta ustuvor yo`nalishdan iborat )

  3. Ta`lim va fan sohasini rivojlantirish strategiyaning nechanchi va qaysi yo`nalishida nazarda tutilgan? (4-yo`nalish, Ijtimoiy sohani rivojlantirish)

Bugungi darsda ishlatiladigan metodlar va baholash mezonlari bilan o`quvchilarni tanishtirish. Uy vazifasining to`g`ri bajarilganligi uchun “3 ball” beriladi (har bir to`g`ri yechilgan misol uchun “1 ball”), darsning qolgan bosqichlari uchun ishtiroklariga qarab baholanadilar. Mashqlarni doskada bajargan o`quvchilar og`zaki “Savol-javob”ga to`g`ri javob berishlari orqali qo`shimcha ball to`plash imkoniyatiga ega bo`ladilar.


O`quvchilar 4 guruhga bo`linadilar, guruh sardorlari tayinlanadi va guruhlarga nomlar beriladi. 1-guruh “Al-Xorazmiy”, 2-guruh “ Abu Rayhon Beruniy”, 3-guruh “Abu Ali ibn Sino”, 4-guruh “Al-Koshiy”. Shu bilan birga bugungi darsda o`quvchilar “Matematika saltanatining vorislari” nominatsiyasi va “Eng ilg`or o`quvchi “ tanlovi shartlari bo`yicha bellashadilar (5-slayd).

Mana sinf o`quvchilarini guruhlarga bo`lib oldik va ularga tabaqalashtirilgan topshiriqlar beriladi. Bundan ko`zlangan maqsad o`quvchilar o`rtasida do`stona, sog`lom raqobat muhitini shakllantirishdir.

Har bir guruhga quyidagi “Baholash jadvali” topshiriladi va guruh sardorlari olingan ballarni tushirib boradi, dars oxirida ham g`olib guruh, ham “Eng ilg`or o`quvchi“ aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruh sardorlari a’zolarilarini tanishtiradilar (guruhning nechanchi a’zosi ekanligi emblema orqali ko`rsatiladi, guruh sardorlari

1-a’zo hisoblanadi) va qisqacha o`z guruhlariga nom berilgan buyuk alloma haqida ma’lumot beradilar. “Baholash jadvali”ni to'ldirish o'quvchilarga tushuntiriladi.

“Baholash jadvali”

Sana :_____________ Sinf : _____________

,,_______________________ ” guruhi, guruh sardori : _______________________


T/r

Guruh a’zolarining familiyasi va ismi

Olgan ballari

Bahosi

1) 5-7-ball-gacha “3”

2) 8-10-ballgacha

“4”


3)11 va undan yuqori ball “5”

O`r-ni


Uy vazifasining bajarilganligi



“Zanjir “ usuli

“Kim chaqqon” usuli

“Emable” usuli

Qo`shimcha ball

Jami ball

Ja-miba- li









1




























2




























3




























4




























5




























6




























7































Guruh jami bali :







Guruh o’rni :




O`quvchilar darsning “Oltin” qoidalari bilan tanishtiriladi (7-slayd).

Darsning “ Oltin” qoidalari

1. Darsda faol ishtirok etish.

2. O`z fikrini to`liq va ravon ifodalash.

3. O`zgalar fikrini hurmat qilish.

4. Vaqtdan unumli foydalanish.

5. Tartibli va intizomli bo`lish.



II.O`tilgan mavzu: Algebraik kasrlarni qo`shish va ayirish mavzusiga doir misollar. Uy vazifasi: Masalalar to`plamidan 274(2), 275(2), 276(2) - misollar.

(har bir to`g`ri javob uchun 1 baldan, jami 3 ball)



Amallarni bajaring(274-276):

274. 2)

Download 286.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling