Hikoyani o'qish metodikasi
Download 8.55 Kb.
|
HIKOYANI O\'QISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Dadam qurgan dengiz“
- „Jaloliddin Manguberdi"
HIKOYANI O'QISH METODIKASI Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo'lib, unda kishi hayotidagi m a’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko'pincha kishi hayotida bo'lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning m azm uni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir"14. Hikoya m azm unan boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o'quvchilarni qahram onlam ing xattiharakati, tashqi ko'rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko'proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog'lab olib boriladi. Boshlang'ich sinflarda hikoyani o'qishga bag'ishlangan izohli o'qish darslarida o'qilgan hikoya mazmunini ochish, lug'at ustida ishlash, o'qilgan m atnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. H ikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So'roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish ham da dalillar, m ulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xattiharakat o'rtasidagi bog'lanishlam i aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o'qish darsida o'quvchilar tushunm aydigan so'z va iboralar m a’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya m azm unini tushuna olmaydilar. Hikoyani o'qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o'quvchilar nutqini o'stirish markaziy o'rin egallaydi. Hikoya o'qib bo'lingach, o'quvchilar o'ylashi, o'z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O'qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahram onning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo'nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g'oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to'liq tushuntirishga berilib ketib, qahram onlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e ’tibordan chetda qolmasligi lozim. Ertak janriga xos m atnlar jozibadorligi bilan bolani o'ziga tortadi. Lekin hikoya janri ham hayotiyligi bilan o'ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. U nda inson hayoti, u bilan bog'liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O 'quvchilar qahram onlam ing xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. M asalan, 3-sinf „O 'qish kitobi“dagi „Dadam qurgan dengiz“ (Hakim N azir), ,,O lm a“ (M alik M urodov), „Ilmli mingyashar" (N urm at M aqsudiy), „Xazonchinak“ (O '. Hoshim ov), „ Q o ‘shterak“ (A. Irisov), „Mehnatkash qiz “ (Oybek) va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. U lar mavzu jihatdan xilmaxil bo'lib, qahram onlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Hikoya biror bir davr bilan bog'liq bo‘ladi. O 'quvchilar qahram onlam ing m a’naviyatiga bo'lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong'i tom onlari xususida muayyan tushunchaga ega bo'la boshlaydilar. U larda go'zallik va nafosatga m uhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg'usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda „Jaloliddin Manguberdi" hikoyasida Chingizxon va uning qo'shinlariga nisbatan nafrat uyg'otilsa, Jaloliddin M anguberdining xatti-harakati misolida ona-Vatanga m ehrmuhabbat uyg'otiladi, uning taqdiri orqali o'z ajdodlaridan faxrlanish tuyg'usi paydo bo'ladi. Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o'ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko'rishni taqozo etadi. Undagi har bir so'z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o'rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o'qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo'lishi lozim. Boshlang'ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahram onlarini o'rganish bo'yicha turli tahlillar m atn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o'quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. „Jaloliddin Manguberdi“ hikoyasi qahram onlarini, ularning xatti-harakatlarini o'rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja asosida amalga oshirish mumkin: 1. Chingizxonning hiyla ishlatgan o'rnini m atndan topish. Uning o'quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash. 2. Jaloliddin M anguberdining Eron va Afg'onistonda m o'g'ullarga qarshi kurashib, erishgan g'alabasi tasvirlangan o'rinni topib o'qish. 3. Lashkarboshilarning o'lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berganini aniqlash. Bu o'rinni m atndan topish. 4. Jaloliddin M anguberdining jasorati yana qaysi o'rinda ko'ringanini aniqlash. 5. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini aytish. Shundan so'ng o'quvchilar Jaloliddin M anguberdi haqida ongli fikr yuritadilar. Chingizxon bilan Jaloliddin M anguberdining xattiharakatlarini taqqoslab, farqlaydilar. Hikoya mazmunini o'zlashtirish bo'yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi: Download 8.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling