Himoyaga ruxsat berildi” Xalq ijodiyoti fakulteti dekani E. Sodiqov
1.2. Boshqaruv jarayonida rahbarlik faoliyati va mexanizmlari……………
Download 66 Kb.
|
namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- …………... 35
- Shavkat Mirziyoyev
- . Yaratuvchan xalqimiz
KIRISH Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo‘ladi.1 Shavkat Mirziyoyev Bugun о‘tayotgan har bir kunimiz olamshumul о‘zgarishlarga boy. Yangilanishlar, о‘zgarishlar va izchil islohotlarning amaliy samaralari tarixiy voqelik sifatida hayotimiz sahifalarida yorqin iz qoldirmoqda. Ayniqsa, keyingi olti yilda vaqt davomida barcha sohalarda rо‘yobga chiqarilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan о‘zgartirib yuborayapti. Milliy madaniyatimiz Uchinchi Renessans poydevori sifatida xalqimizning yengilmas yuksak ma’naviy olamini yanada yuksak darajaga ko‘tarish uchun xizmat qiladigan poydevor sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi Yangi O‘zbekiston yangicha dunyoqarash negizida rivojlanmoqda. Milliy madaniyatimizning poydevorini yaratgan – xalqimizdir. Barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi2. Yaratuvchan xalqimiz Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessansni davrini ham sobit qadamlar ila bunyod qilmoqda. “Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda”, – degan edi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan xayrli tashabbuslar, olib borilayotgan ezgu sayi-harakatlar natijasidir. Xususan, jamiyat taraqqiyotini ta’minlash yо‘lidagi bunday ilg‘or qadamlar madaniyat va san’at sohasida ham ulkan ma’naviy yuksalishlarga sabab bо‘lmoqda. Mamlakatimizda ma’naviy muhitni yuksaltirish, madaniyat va san’at sohasini yanada tarraqiy ettirish, sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish, ijod ahlining mehnatini rag‘batlantirish, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan 50 ga yaqin O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlar hamda Vazirlar Mahkamasining 100 dan ortiq qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Madaniyat va san’at jamiyat taraqqiyotining manbayi bo‘lib, qadimdan og‘izdan og‘izga o‘tib kelayotgan xalq og‘zaki ijodiyoti ananalarining bugungi kunga qadar yetib kelishda, san’at va madaniyatning kishilar dunyoqarashida, bizni o‘tmish bilan tanishtirishda, buyuk allomalarimiz qoldirgan boy merosimizning bugungi kunga qadar yetib kelib, rivojlanishida o‘rni beqiyos. Butun dunyoda islom madaniyati beshiklaridan hisoblangan yurtimiz jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi allomalarimizni butun jahon tanishi fikrimizning dalilidir. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling