Himoyaga ruxsat etaman” Hududiy markaz direktori


II BOB MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA INTERAKTIV TA’LIM-TARBIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING METODLARI, SHAKLI VA VOSITALARI


Download 78.19 Kb.
bet11/18
Sana26.01.2023
Hajmi78.19 Kb.
#1126595
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
2 мавзу

II BOB MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA INTERAKTIV TA’LIM-TARBIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING METODLARI, SHAKLI VA VOSITALARI


2.1 Interaktiv usullar vositasida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish omillari
Hozirgi davrda ta’lim-tarbiya sohasida eng muhim vazifalar eskirgan tamoyillar va bir qolipdagi tarbiyalash metodlaridan voz kechib, zamon talablariga javob beradigan yangi yo‘nalishlarni izlashni taqozo etmoqda.
Tarbiyalashning eng samarali yo‘li - mashg‘ulotlarda tarbiyalanuvchilarning haqiqatni bilishga, fikrlashga, erkin muloqotga, hamkorlikka intilishidir.Mashgulotlarda bu ruh bo‘lmasa, bunday mashg‘ulotlar jonsiz, zerikarli va samarasiz bo‘ladi.
Zamonaviy ta’lim-tarbiyani tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan bilimlarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash tarbiyachidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuvni talab etadi.
Ta’lim - tarbiya jarayonida tarbiyachi tarbiyalanuvchi shaxsiga mos metodlarni qo‘llay olmasa, tarbiyalanuvchi shaxsini o‘zgartirish uchun sharoit yaratilmasa, uning tarbiyasida chekinish yuz beradi. Buning oldini olish uchun tarbiyachi interaktiv metodlardan keng foydalanishi lozim.
Interaktiv metod - ta‘lim jarayonida tarbiyalanuvchilar hamda tarbiyachi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali tarbiyalanuvchilarning bilimlarini o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interaktiv metodlarni qo‘llash mashg'ulot samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interaktiv ta‘limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, tarbiyalanuvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, gurux jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta‘lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta‘lim-tarbiya metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interaktiv ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha gurux tarbiyachilari mashg‘ulotlari jarayonida interaktiv usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interaktiv usullarni qo‘llash natijasida tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Tahlil darajasidagi tafakkurda tarbiyalanuvchi yaxlitning qismlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi hatolarni ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma‘lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe‘llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, tahmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash.
Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda tarbiyalanuvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma‘lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe‘llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish,rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinatsiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash.
Baholash darajasidagi tafakkurda tarbiyalanuvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma‘lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe‘llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma‘qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. Interaktiv usullar ko‘p turli bo‘lib ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, tarbiyachidan mashg‘ulot oldidan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi.
Shu mashg‘ulotlarni tashkil qilishda interaktiv mashg'ulotning asosiy xususiyatlarini uning ana‘anaviy dasrga nisbatan ayrim farqlarini ko‘rib chiqish orqali yaqqolroq idrok etish mumkin. Shu maqsadda quyidagi jadvalni keltiramiz.

Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi. Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg‘ulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.


Interaktiv mashg‘ulotning ushbu jadvalda ko‘rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi hulosalarga kelish mumkin:
1.Mashg'ulot rejadagi mashg'ulotlarni o'tishda qaysi mavzular bo‘yicha interaktiv mashg'ulotlarni tashkil qilish, maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq erishishni ta‘minlaydigan interaktiv yoki an‘anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.
2. Interaktiv mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun tarbiyalanuvchilar yangi mashg‘ulotdan oldin uning mavzusi bo‘yicha asaosiy tushunchalarni va dastlabki ma‘lumotlarni bilishlari zarur.
3. Interaktiv mashg‘ulotda tarbiyalanuvchilarning mustaqil ishlari uchun an‘anaviy mashg‘ulotga nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.
Shularga o‘xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta‘siri to‘g‘risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy o‘zining mashhur “Mahbub ul-qulub” asari muqaddimasida shunday yozgan edi: “umid ulkim, o‘qig‘uvchilar diqqat va e‘tibor ko‘zi bila nazar solg‘aylar va har qaysi o‘z fahmu idroklariga ko‘ra bag‘ra olg‘aylar......”. Bunda shu asarni har kim turlicha, ya‘ni o‘z fahmu idroki darajasidagina tushunishi, o‘zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo‘llay bilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib bundan biz interaktiv ta‘lim usullarining an‘anaviy usullardan asosiy farqlari to‘g‘risida yuqori aytgan xulosalarimizni yana qisqa qilib, tarbiyalanuvchilarning fahmu idroklarini o‘stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin.
Bunda ta‘kidlash lozimki, interaktiv ta‘lim usullari O‘zbekistonda qadim zamonlardan beri ta‘lim-tarbiya jarayonida tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo‘llab kelingan.
Bu usullar tarbiyalanuvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste‘dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qilgan.
Hozir interaktiv mashg‘ulotlarni olib borishda ma‘lumki, asosan interaktiv usullar qo‘llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma‘lum darajada interaktiv texnologiyaga o‘sib o‘tishi maqsadga muvofiq.
Interaktiv mashg‘ulot turlari ko‘p bo‘lib, ularni mashg'ulot mavzusining xususiyatlari hamda ko‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko‘riladi. Interaktiv mashg‘ulotda ishtirok etish uchun tarbiyalanuvchilarning tayyorliklariga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorgarlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat.
Metodlarni to‘g‘ri tanlash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta‘minlaydi.
Interaktiv metodlar konstruktivizm nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bu metodlardan amalda foydalanish konstruktivizmning quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:
-tarbiyalanuvchi o‘zi o‘rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o‘rgata olmaydi;
-tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga bilimlarni “kashf qilishga” yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi;
-bilim borliqan ko‘chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi.
Konstruktivizm nazariyasi nima?
Bu nazariyani amerikalik pedagog Djon Dyui (1859-1952) ishlab chiqqan. Jan Piaje shu yo‘nalishda ishlar olib borgan.
So‘nggi 30 yil davomida konstruktivizm pedagogikada nazariy hamda amaliy yo‘nalish sifatida ommalashdi. Unga ko‘ra ta‘lim-tarbiya tarbiyalanuvchining fikrlash faoliyati yordamida bilim yaratiladigan jarayon hisoblanadi. Hech kim hech kimni hech narsaga o‘rgata olmaydi, tarbiyalanuvchi o‘zi o‘rganishi kerak.
Konstruktivizm bola tomonidan yangi bilimlarni o‘rganish bo‘yicha o‘z tajribasi, bilimlari bilan tashqi, no‘ma‘lum reallik orasidagi bilish ziddiyatini yengib o‘tish jarayonini ifodalaydi.
Tarbiyachi mashg'ulot maqsadlarini belgilashda tasniflang, asoslab bering, tekshirib ko‘ring, umumlashtiring, tahlil qiling, bashorat qiling, baholang, modelini yasab ko‘ring va shu kabi faoliyat atamalaridan foydalanadi. Ta‘lim-tarbiya maqsadlarini hamda o‘quv muammolari va vazifalarini shunday belgilash tarbiyalanuvchilarning mashg'ulot materiali bo‘yicha chuqurroq fikrlashi, ularni mazmunli bahs-munozaraga jalb qilish, o‘z nuqtai-nazarini, mulohazalarini va taxminlarini aytish motivlarini shakllantiradi.
Interaktiv mashg‘ulotning asosiy usullari: interaktiv seminar, trening, aqliy hujum, ishchanlik o‘yini, rolli o‘yin, muhokama, bahs, munozara, tanqidiy fikrlash, skarabey, bumerang, zigzag yoki arra, press, intervyu, zanjir, sinkveyn, pinbord, insert, suratli diktant, chigilyozdi, muzyorarlar, fidbek va boshqalar.
Quyida interfaol usullar asosida o‘tilgan mashg'ulot namunasini keltiramiz:
Mashg'ulotning texnologik xaritasi.
Mashg'ulot – ta‘lim-tarbiya jarayonining eng nozik nuqtasi, poydevori va mahsulidir. Shunday ekan, mashg'ulotdan kim qanday natija olmoqda? Bu savolga, albatta, izlanuvchan, tajribali, ijodkor tarbiyachi ijobiy ko‘rsatikichlari bilan javob breshishi umkin.
Ta‘lim-tarbiya sohasidagi o‘zgarishlar tufayli mashg'ulotning shakli va mazmuni, ta‘sirchanligi, samadorligi, baholash mezonlari ham o‘zrgardi. Shulardan biri – mashg'ulotlarda interfaol usullarni qo‘llanishidir. Bugungi kun tarbiyachisi avvalo, mashg'ulotning texnologik xaritasini to‘g‘ri tuza olish kerak. Interfaol usullarni qaysi bosqichda qanday qo‘llash mashg'ulotning bayonini yozish vaqtidan boshlanadi.
1 – chaqiruv bosqichi.
2 – anglash bosqichi.
3 – fikrlash bosqichi.
Bu bosqichlar interaktiv usullarni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida qo‘llash hamda mashg'ulot samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Download 78.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling