Mavzu: ota-onalarning huquq va majburiyatlari
Download 36.03 Kb.
|
OTA-ONALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
MAVZU:OTA-ONALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI REJA: 1.Ota-ona hamda voyaga yetmagan farzandning huquq va majburiyatlari 2.Bolaning oilada yashashi va tarbiyalanish huquqi 3.Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqi Voyaga yetmagan bolalarning oiladagi xuquqlariga bag’ishlangan qoidalar birinchi marta mazkur Oila Kodeksida nazarda tutilmoqda. Avvalgi nikoh va oila kodekida bevosita bolalar xuquqiga bag’ishlangan qoidalar yo’q edi, ularning xuquqlari ota-ona va bolalar o’rtasida vujudga keladigan xuquqiy munosabatlar orqali belgilanar hamda ular voyaga yetmagan bo’lganlari tufatli aksariyat xollarda mustaqil xuquqqa ega emasdirlar, bundaylar ota-ona qarmog’idagi obyektlar sifatida qabul qilinadilar. Voyaga yetmagan bolalarga bag’ishlangan mustaqil bobning kiritilishi Oila Kodeksiga o’tmishda bolalar xuquqni cheklashga qaratilgan qoidalarni bartaraf qilish qonunchilik tajribasida qo’lga kiritilgan ijobiy yutuq bo’ldi. Bu bilan BMT tomonidan 1989- yil 20-noyabrda qabul qilingan va O’zbekistan Respublikasi Oliy Kengashning 1992-yil 9-dekabrdagi qarori bilan radifikatsiya qilingan “ Bola xuquqlari to’g’risida”gi Konvensiyaga amal qilindi. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi Muqaddimasining 5- bandiga binoan, O’zbekistonda xalqaro xuquqning umumiy e’tirof etilgan qoidalari ustunligining tan olinishi va bu ustunlikning Bolalar xuquqlari Konvensiyasiga qo’shilishi Oila Kodeksi tomondan voyaga yetmagan bolalarni mustaqil shaxs sifatida muayyan xuquqlariga ega qilish, ularni ma’lum darajada amalga oshirish va himoya qila bilish uchun imkoniyat yaratdi. Bola tushunchasi “Bola xuquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasining 1-moddasida, O’zbekiston Respublikasi Fuqorolar Kodeksining 22, 27, 29-moddalarida, Oila kodekining 71-moddasida ifodalanadi. Umumiy qoidaga ko’ra, o’n sakkiz yoshga to’lmagan bolalar voyaga yetmagan deb hisoblanadi. Fuqorolar oilaviy munosabatdan kelib chiqadigan xuquqlarni o’z hoxishiga ko’ra tasaruf etadilar. Oila a’zolarini o’z huquqlarini amalga oshirishdagi hamda o’z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolarini va boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 18-moddasigam asosan , nikoh fuqorolik xolati dalolatnomalarini qayd etish o’rganlarida ro’yxatga olingan paytdan boshlab nihokni tuzganalar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o’rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. “ Er- xotin oilada teng xuquqlardan foydalanadilar va ikkala taraf , ya’ni er-xotin teng majburiyatlarga egadirlar” ( Oila kodeksi-19). Qonunga binoan faqat fuqorolik xolati faqat dalolatnomalarini yozish organida qayt etilgan nikohgina er-xotinlik xuquq va majburiyatlarining kelib chiqishiga asos bo’ladi. Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatiga kirishi ularning xuquqiy xolatini o’zgartirib yuboradi. Nikoh tufayli er-xotinlik o’rtasigadi munosabatlar axloqiy qoidalar bilan emas, balki xuquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Er-xotin qayd etilgan nikoh munosabati bilan vujudga keladigan xuquq va majburiyatlari ikki xil shaxsiy va mulkiy bo’ladi. Ota-ona va bolalarning o’zaro munosabatlari oilada alohida o’rin tutadi. Bular shaxsiy (nomulkiy) va mulkiy huquq va majburiyatlardir. Shaxsiy xuquqlar, er-xotinni nikoh tufayli yuzaga keladigan xuquqi kabi, nikohga o’tgunga qadar ham ularga tegishli bo’ladi. Masalan , familiya tanlash xuquqi, bolalar tarbiyasi va oila turmush masalalarini xal qilish, mashg’ulat turi, kabi va turar joy tanlash xuquqlari shular jumlasidandir. Bunday xollarda mehnat va fuqorolik xuquqi muomila layoqati elementi bo’lib , oila xuquqi sohasiga kirmaydi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab , shaxsiy xuquqlar er va xotindan har birining sub’yektiv oila xuquqini tashkil etib, faqat oilaviy xuquqiy munosabatda nomoyon bo’ladi. Demak, u faqat shu ma’noda oilaga oid qonun hijjatlari bilan himoya qilinadi. Er-xotinning xar biriga tegishIi bo’lgan shaxsiy xuquq va majburiyatlar faqat oila huquqi emas, balki xuquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solina. Fuqoroni shaxsi va qadr-qimmati O’zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodekining 20-moddasiga asosan, o’z ismi bilan yashash huquqiga e’tiroz bildirayotgan yoki ismidan qonunsiz foydalanayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayotgan shaxs manfaatlarini buzuvchidan bunday xarakatlarga chek o’qiyishi va raddiya berishini talab qilish mumkin. Agar manfaatlar qasddan buzilayotgan bo’lsa, jabrlangan shaxs qo’shimcha sur’atda zararni qoplashini talab qilishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganda jabrlanuvchi ma’naviy ziyonning qoplashini ham talab qilish xuquqiga ega. Ushbu modda asosan oila a’zolari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarga ham tegishlidir. Voyaga yetmagan bolalarning quyidagi huquqlari mavjud: oilada yashash va tarbiyalanish, ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish , o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, o’z fikrini ifoda etish , ism, ota ismi va familiya olish, ism va familiyasini o’zgartirish, oilada umumiy mulk , o’z hususiy mulkiga ega bo’lish va boshqalar. Download 36.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling