Mavzu: ota-onalarning huquq va majburiyatlari


-modda. Bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi


Download 36.03 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi36.03 Kb.
#1629108
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OTA-ONALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

65-modda. Bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi.
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning g’amxo’rligidan foydalanish , ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo’lgan xolar bunday istasnodir.
Bola o’z ota-onasi tomondan tarbiyalanish, o’z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama komol topishi insoniy qadr-qimmatlari xurmat qilishi xuquqiga ega. Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari ko’rishish huquqiga ega. Bolaning ota-onasi bo’lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog’idan maxrum bo’lgan boshqa xollarda uning oilada tarbiyalanish xuquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi. Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) tomondan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to’la muomila layoqatiga ega deb e’tirof etilsa u o’z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir. Bolaning yashashi, komol topishi uchun oila birdan-bir makon tabiiy muhit hisoblanadi. Shuning uchun ham, Oila Kodeksning 2-moddasiga binoan, ota-ona zimmasiga oilada, ya’ni bola tug’ilgan va yashab turgan oilada uning faravon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida g’amxo’rlik qilish vazifasi yuklatiladi. Oilaning ichki hayotiga va bolalarning tarbiyasiga boshqalarning o’z boshimchalik bilan aralashishiga bola tarbiyasiga salbiy ta’sir o’tkazishga qonun bo’yisha yo’l qo’yilmaydi. Shu bilan qonun oila va bolaning huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan o’z funksiyasini bajaradi. Ammo bolani huquqi oilada kamsitilsa, bunday oilaga nisbatan qonun yo’li bilan zarur ta’sir o’tkazishga ota-onaning ota-onalik huquqini cheklashga, xattoki, umuman maxrum qilish chorasini qo’llashga ham to’g’ri keladi. Voyaga yetmagan bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi ularni jismoniy va ruhiy sog’lom qilib o’stirish bo’yicha ota-onalarning majburiyatlaridan kelib chiqadi. Voyaga yetmagan bolalarning o’z ota-onasi tomonidan shaxsan tarbiyalanishi, manfaatlarining ta’minlnishi, ota-ona bilan oilada birga yashashi, ularni har tomonlama komol topishiga, insoniy qadr-qimmatning xurmat qilishga, yaxshilik va muruvat tuyg’ulari asosida tarbiyalanishlarga imkon beradi. Voyaga yetmagan bolalarni huquqlarini kamsitish, ular bilan qo’pol muomolada bo’lish, ularga jismoniy azob berish va ularning manfaatlariga zid bo’lgan boshqa g’ayri qonuniy xatti- xarakatlar sodir qilish qonun bilan qoralanadi va tegishli. javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.
Voyaga yetmagan bolalarning o’z ota-onasiasi bilan birga bir oilada yashashi va tarbiyalanishi uchun, u avvola o’zining bilishi kerak. Bolalarning o’z ota-onasini bilishi “ Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasining 7-moddasida nazarda tutiladi. Voyaga yetmagan bolaning ota yoki onasi deganda, qonuniy nikohda turgan erkak va ayol yoki qonun bilan belgilangan tartibda otaligi yoki onaligi aniqlanib fuqorolik holati dalolatnomalarini yozish daftarida bolaning otasi va onasi sifatida qayd etilgan shaxslar tushuniladi. Xar bir bola oilada ota-onasi g’amxo’rligidan foydalanish huquqiga ega deganda, bolani oziq-ovqat, davolanish, kiyim-kechak, o’quv qo’llanmalari va uning yashashi va bilim olish uchun zarur bo’lgan boshqa narsalar bilan taminlashi nazarda tutiladi.
Ota-onaning ota-onalik huquqidan maxrum etilishi munosabati bilan yoki boshqa sabablarda ko’ra, ota-onasi tarbiyasidan maxrum bo’lgan voyaga yetmagan bo’lgan voyaga yetmagan bolalarning oilada tarbiyalanishi huquqini ta’minlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklanadi. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining 64-moddasi ikkinchi qismida “ Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onaning vasiyligidan maxrim bo’lgab bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi” deyilgan.
Vasiylik va xomiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan maxrum bo’lgan voyaga yetmagan bolalarni farandlikka berish, oilaga tarbiyaga berish yo’li bilan ularni tarbiyalanish huquqidan foydalanishini ta’minlaydilar.

Download 36.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling