Mavzu: ota-onalarning huquq va majburiyatlari


-modda. Bolaning ism, ota ismi va familiya olish huquqi


Download 36.03 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi36.03 Kb.
#1629108
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OTA-ONALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

69-modda. Bolaning ism, ota ismi va familiya olish huquqi.
Bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega. Bolag ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi- otasining ismiga ko’ra beriladi. Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo’lganda ota-onaning kelishuviga binoan,bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko’ra bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko’ra boboning ismi bo’yicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona o’rtasida bolaning ismi yoki familiyasi bo’yicha kelishuv bo’lmaganda , kelib chiqqan niza vasiylik va homiylik organi tomonidan xal etiladi. 
Bola tug’ilishi bilan ism olish huquqiga ega. Fuqorolik kodeksining 19-moddasiga muvofiq har bir fuqoro ismga ega bo’lish huquqiga ega. Shu bilan birga, u o’z ismini himoya qilih huquqiga ega ( Fuqorolik kodeksning 20-moddasi) bolaning ismiga ega bo’lish huquqi uning ota-onalari, ular bo’lmagan taqdirda ota-ona vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishda ikkinchisining roziligi bo’lganligi faraz qilinadi. Bolaning ismga, ota ismiga va familiga bo’lgan huquqi qonun bilan kafolatlanadi.
Agar bola o’zaro nikohda bo’lmagan shaxslardan tug’ilgan va otalik qonuniy tartibda belgilanmagan bo’lsa, otalik ixtiyoriy ravishda sud tomonidan belgilanadi( bolaning ota-onasi birgalikda yoki faqat otasining o’zi FXDYO organlariga ariza bilan murojat qilsa). O’zaro nikohda bo’lmagan ota-onadan tug’ilgan bola ota-onasi qonuniy nikohda bo’lgan bolalarniki kabi huquq va majburiyatlarga ega.
Qonun otalik- (onalik)ni da’vo qilishga ham yo’l qo’yadi, lekin bu faqat sudtartibda bo’lishi mumkin.O’zaro nikohda bo’lmagan bola tug’ilgan tartibda, bola ota-onasining birgalikdagi yoki otasining shaxsiy arizasiga ko’ra, otalik sud tartibida belgilanishi mumkin. Bola 18-yoshga to’lmagan (voyaga yetmagan) shaxsdir. U nafaqat shaxsiy , balkiy mulkiy huquqqa , o’z ota-onasidan ta’minot olish huquqiga egadir, ammo bola ota-onasining mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas va o’z navbatida , ota-ona bolaning mulkkiga egalik qilishiga xaqli emas. 
Ota-ona va bolalarning alohida- alohida mulki bo’lishi va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin. Ota-ona voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy vakili hisoblanadi, chunki ular o’z huquq va va majburiyatlarini mustaqil himoya qila olmaydilar. Ota-ona nafaqat teng huquqlidir, balki bolalarni moddiy jihatdan ta’minlash , jismonan, ruhan, va axloqan sog’lom qilish tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida bir xil majburiyatga ham egadirlar. Ota-onaning huquqi bolanng manfaatiga xizmat qilishi kerak. Bola o’z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. 
Agar nikohda turmagan shaxslardan tug’ilgan bolaning otasi kimligi qonunda belgilangan tartibda , aniqlanmagan bo’lsa va bola onaning familiyasida turgan bo’lsa, bola o’zizining otasini bilish huquqiga ega bo’lgani sababli, o’z otasi familiyasini olish huquqiga ega. Ota- ona o’rtasida bolaning ismi, ota ismi va familiyasi to’g’risidan kelishmovchilik bo’lib nizo chiqqan taqdirada , masala manfaatdor tarafning arizasiga binoan vasiylik va homiylik organi yoki ud tomonidan xal qilinadi.

Download 36.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling