Mavzu: ota-onalarning huquq va majburiyatlari


-modda. Bolaning himoyaga bo’lgan xuquqi


Download 36.03 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi36.03 Kb.
#1629108
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OTA-ONALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

67-modda. Bolaning himoyaga bo’lgan xuquqi.
Bola o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish xuquqiga ega . Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o’rin bosuvchi shaxslar), ushbu Kodeksda nazarda tutilgan xolarda esa vasiylik va homiylik organi , prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan qonunga muvofiq to’la muomila layoqatiga ega, deb e’tirof etilsa u o’z huquq va majburiyatlarini , shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga xaqlidir. Bola ota-ona (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ) tomonidan qilinadigan suistemolliklardan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo’yisha o’z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud ota-onalik huquqlarini suistemol qilganda bola o’z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so’rab, vasiylik va homiylik organiga , 14 yoshga to’lgandan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish xuquqiga ega. Bolaning hayoti yoki sog’ligiga xavf tug’ilganligidan uning huquq va majburiy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo’lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashan turgan joydagi vasiylik va homiylik ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumatlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish yuzasidan zarur chiralar ko’rish shart. 
Ta’lim tarbiya berishda qonun bilan yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki ota-onalik huquqini suistemol qilgan ota-onalarning xatti -xarakatilari ustidan shikoyat qilib , o’z huquqini himoya qilish o’n to’rt yoshga to’lmagan voyaga yetmagan bolalarga ham berilsin. Bunday xolarda voyaga yetmagan bolalar o’z huquqlarini himoya qilishniso’rab vasiylik organlariga murojat qilishga xaqlidirlar.
68-modda. Bolaning o’z fikrini ifoda etish huquqi.
Oilada bolaning manfaatlariga taaluqli xar qayday masala xal qilinayotganda bola o’z fikrini ifoda qilishga, shuningdek xar qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokamaga davrida so’zlashga xaqlidir.
“Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konveniyasining 12-moddasida va 68-moddada bolaning o’z fikrini erkin ifoda etish huquqi nazarda tutiladi. Bunda bola oila a’zosi sifatida muayyan huquqlarga ega shaxs sifatida tan olinadi. Bolaning qaysi yoshdan boshlab firk bildirish huquqiga ega ekanligini mazkur moddada aniq belgilanmangan. Lekin Oila kodeksining bolalar huquqlari to’g’risidagi moddalarda bu masalaga e’tibor berilgan. “Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasida bola fikri uning yoshi va aqli- zakovatiga qarab baholanishiga e’tibor beriladi.
O’zbekiston Respublikasining xar bir fuqarosi o’zining hayot faoliyati, yurish turishiga va boshqa shaxsiy hislatlarga bog’liq masalalar davlat va jamoat tashkilotlarida muhokama qilinayotganda ishtirok etib, o’z fikrini ifoda etishga haqli. Voyaga yetmagan har bir bola ham teng huquqli fuqaro sifatida, o’zining shaxsiga, faoliyatiga va hayotiga bog’liq masalalar bo’yicha o’z fikrini ifoda etish huquqiga ega. 
Oilada voyaga yetmagan bolalarning holati, turmush tarzi, sog’lig’i tarbiyasi, o’qishiga doir masalarni hal qilishda, ota-onalar albatta bolalarining fikrini hisobga olishlari shart. Voyaga yetmagan bolalar o’z huquqlari va qonun bilan mustahkamlangan manfaatlariga taaluqli masalalarni oilaviy muhokama qilishda tenglik davlat va jamoat tashkilotlarida ko’rib chiqishda, shuningdek ma’muriy organalar va sud jarayonida muhokama qilish paytida o’zlari ishtirok etishni talab qilish bilan birga, o’z fikrlarini erkin ifoda etishga ham haqlidirlar.
Voyaga yetmagan bolalar fikrlarini ifoda etish huquqini o’zlarining qonuniy vakillari ota-onalari, farzandlikka olganlar, vasiylik va homiylik organlari yordamoda amalga oshirilishi mumkin. 
Voyaga yetmagan bolalarning o’z fikrlarini erkin ifoda etishda ularning qonuniy vakillaridan tashqari boshqa shaxslarning aralashishiga yo’l qo’yilmaydi. O’n yoshga to’lgan voyaga yetmagan bolalarning fikrlari, albatta, hisobga olinishi shart. Voyaga yetmagan bolalarning manfaatiga, ularning huquqini kamsitishga yoki huquq va manfaatlariga boshqa tarzd putur yetkazish bilan bog’liq bo’lgan har qanday xatti xarakatlarga yo’l qo’yilmaydi. Voyaga yetmagan bolalarning o’z ota-onalarining xatti-xarakatidan norozi bo’lib bergan shikoyatlarni ko’rishda, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 36.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling