Mavzu: ota-onalarning huquq va majburiyatlari


-modda. Bolaning ismi va familiyasini o’zgartirish


Download 36.03 Kb.
bet6/6
Sana20.06.2023
Hajmi36.03 Kb.
#1629108
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OTA-ONALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

70-modda. Bolaning ismi va familiyasini o’zgartirish.
Fuqorolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan bola o’n olti yoshga to’lguncha bola manfaatlarini e’tiborga olib, uning ismini o’zgartirishga, shuningdek unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga qarab o’zgartirishga haqlidir.
Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o’z familiyasini berishni xoxlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona(ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qildi. Otayoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo’lmaganda, ular ota-onalik huquqidan maxrum qilinganda, shuningdek ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzluksiz sabablarga ko’ra bo’yin tovlagan holarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.
Agar bola o’zaro nikohda bo’lmagan shaxslardan tug’ilgan va otalik qonuniytartibda belgilanmagan bo’lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, uning familiyasini onaning murojat qilgan davrdagi familiyasiga almashtirish uchun ruhsat berishga haqli. O’n beshga to’lgan bolaning ismi yoki familiyasini o’zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo’l qo’yiladi.
Bolani ismini o’zgartirish haqida ota-onaning xohish bildirishi vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal qilinadi. Agar ota-ona bitta familiyada bo’lmasalar, voyaga yetmagan bolaning familiyasini belgilash haqidagi masala vujudga kelishi mumkin. Bolaning ismini, familiyasini o’zgartirishga xohish bildirish uchun har xil xodisalar voqealar sabab bo’lishi mumkin, masalan, yaxshi niyatlar, ezgu istaklar bilan tarixda nom qoldirgan, shuxrat qozongan ulug’ ajdodlar va allomalarning ismini olish u yoki bu millatga xos bo’lgan ismga o’tish, ota bilan ona turli millat vakillaridan bo’lsa, ulardanbiriga tegishli ismga o’tish va boshqa yaxshi ismlar tanlash yo’li bilan ismni o’zgartirishga intilishlar yuz berishi mumkin. Bu qoida faqat 16 yoshga to’lmagan bolalar uchun taalluqlidir. Bola 16 yoshga to’lishi bilan bilan fuqaro, ya’ni shaxs sifatida uni guvohlanturuvchi asosiy hujjat- pasport olish bilan u o’z ismini va familiyasini o’zgartirish uchun mustaqil ravishda iltimos qilish huquqiga ega bo’ladi. Bolaning ismi yoki familiyasining o’zgarishi tegishli fuqorolik holati dalolatnomalarida qayd etiladi, unga yangi tug’ilish guvohnomasi berildi, pasportida belgilanadi, ya’ni passport beriladi. Bolaning otasi ismini o’zgartirishga faqat ota ismi o’zgargandagina yo’l qo’yiladi. 
Bolani vasiyllikka berilishi uning ismini va familiyasinio’zgartirish uchun asos bo’la olmaydi. Bunday o’zgartirishga bola farzadlikka olinganda yo’l qo’yilishi mumkin. Bolaning ota-onasi otalik-onalik huquqlaridan maxrum bo’lgan taqdirda ham, uning ismi, otasining ismi va familiyasi o’zgarmaydi.
Fuqaro o’z familiyasi va ismi bilan, shuningdek ota-onasi ismi bilan huquq va burchlaga ega bo’ladi va ularni amalga oshiradi. Xar bir fuqaro qonunda belgilanga tartibda o’z ismini o’zgartirishga xaqli. Fuqaroni o’z ismini o’zgartirishi, avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o’zgartirish uchun asos bo’lmaydi ( Fuqarolik kodeksining 19-moddasi).
Voyaga yetmagan bolaning familiyasini o’zgartirish masalasi er va xotin ajralib kergan, ular o’rtasida hikoh bekor qilingan hollarda ham vujudga keladi. Ota yoki ona o’zi bilan birga yashab turgan bolaga o’z familiyasini qoldirishni xohlagan taqdirda, vasillik va homiylik organiga murojaat qilib, bolaning familiyasi o’zgartirishni talab qilish huquqiga ega. 
Ayrim xollarda vasiylik va homiylik organi voyaga yetmagan bolaning familiyasini o’zgartirishga bola bilan birga yashab turmagan ota yoki onaning fikrini hisobga olmasligi mumkin. Ota-onalik huquqidan maxrum etilgan ota yoki onaning fikrini, shuningdek, muomila loyoqatiga ega emas deb topilgan, voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun aliment to’lashdan sababsiz bo’yin tovlagan, bolani tarbiyalashda ishtirok etish majburiyatini sababsiz bajarmagan hamda yahash va turish joyi noma’lum bo’lgan ota yoki onaning ham fikrini olish shart emas. 
Voyaga yetmagan bola 16 yoshga to’lgandan keyin o’z familiyasini, ismi va ota ismini mustaqil ravishda o’zgartirish huquqiga ega. Ota-onaning familiyasi o’zgargan taqdirda bolaning ham familiyasi ularning talabi bo’yicha o’zgartilishi mumkin. 16 yoshga to’lgan voyaga yetmagan bolaning ismi yoki familiyasini o’zgartirish uchun albatta, bolaning roziligi bo’lishi kerak. Buning uchun ushbu moddada hech qanday istisnoga yo’l qo’yilmaydi. Chunki 10 yoshdan boshlab bolada ma’lum darajada mustaqil fikrlash hislatlari, aql idroklar paydo bo’ladi, o’z ismi va familiyasini e’zozlash qobiliyatiga ega bo’ladi. 10 yoshga to’lmagan bolalarning ismini, familiyasini o’zgar tirish ularning fikrini bilish, balki shart emasdir. Lekin bunday hollarda ham ularda tushunmaslikning oldini olish maqsadida, dillarida dog’ qoldirmaslik niyatida ularning ham hoxishlarini hisobga olish kerak bo’ladi.
Download 36.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling