1-mavzu: Oila huquqi tushunchasi. Oila huquqi manbalari. Reja


Download 27.55 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi27.55 Kb.
#1063326
Bog'liq
1- mavzu


1-mavzu: Oila huquqi tushunchasi. Oila huquqi manbalari.
Reja:
Kirish
1.Oila huquqi tushuncha va predmeti
2.Oila huquqi asoslari
3.Oila huquqi manbalari va prinsiplari.

1.Urug’chilik davrida ham,bugun ham oilaviy munosabatdagilarning asosiy maqsadi bir-birlariga yordam berish,tarbiyalash,g’amxo’rlik qilsh hysusiyatlari bilan bog’liq bo’lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlashadi. Ma’lumki, kishi oilada rivojlanadi,kamol topadi.Mustaqil Respublikamiz kelajagiga o’z hissasini qo’shadigan shaxs eng avvalo oilada tarbiyalanadi. Oila, nikohdailarning o’rtasida ahillik bo’lsagina,mustahkam bo’la oladi. Shuning uchun nikph nima, qanday tuziladi, jamiyatimizda uning o’rnini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.


Oila bu ota-ona,er-hotin,farzand va qarindosh-urug’lardan tuzilgan uyushma bo’lib,oila a’zolari o’rtasida mulkiy va shaxsiy huquq,majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir.
Oilaning davlatimizning kelajagidagi o’rniga keng baho berib,asosiy qonun Konstitutsiyaning “jamiyat va shaxs” bobida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligi,u davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan.
Oila munosabatlari “O’zbakiston Respublikasi oila kodeksi”bilan tartibga solinadi.Bu munosabatlarni nikoh,er-hotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasidagi munosabatlardir.
Oila qonunlarning asosiy vazifalari oilani mustahkamlashdan,oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat,ishonch va hurmat,hamjihatlik,bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ullik hissi asosida ko’rishdan,biron bir shaxsning oila masalalariga o’z boshimchalik bilan aralashishga yo’l qo’ymaslik,oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishni hamda bu huquqlarnig himoya qilishdan iboratdir.
Oila bu- jamiyatning bir bo’lagi,kichik bir vatan,insoniy muhabbat ifodasi,insonni dunyoga keltiradigan makon,ilk tarbiya o’chog’I yurt boyligi va tayanchi,mehr-muhabbat ramzi.bu barcha fuqorolardan o’z oilasini mustahkamlash, uning har bir a’zosini vatanparvar,davlatimiz uchun sidqidildan xizmat etuvchi,sodiq farzand qilib tarbiyalashni talab qiladi.
Oila-jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga keladigan ichtimoiy hodisa bo’lib, u muayyan ijtimoiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi.Respublika Prezident I.A.Karimov takidlaganidek:”Oila-bu jamiyatning asosi va boshlang’ich zarrachasidir.Oila farovonligi,bolalarni ma’naviy va jismoniy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash mamlakat boyligining va kuch-qudratining negizidir”.
2.Respublikamizda oilaning jamiyatdagi tutgan o’rni va ishtirokini yanada oshirish oilaning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy ma’naviy-axloqiy manfatlarini va farovonligini davlat tomonidan qo’llab-quvatlashni kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ma’lumki,1998-yil”Oila yili”deb e’lon qilindi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oila manfatlarini taminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar borasida davlat dastiri tasdiqlandi.Shunigdek 1998-yil 2-fevraldagi qarori bilan Respublika “oila” ilmiy-amaliy markaziy tashkil etildi.Mustaqil O’zbekistonimiz 1995-yil 6-martda “Onalikni muhofaza qilish to’g’risida”gi Konvebsiya qo’shildi.
Davlat tomonidan oilalarga kun sayin g’amxo’rlik qilsh unga har taraflama yordam berish insonparvar demokratik davlatning muhim vazifalaridan biriga aylangandir.Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentimizning farmonlari o’z asini topmoqda.Prezidentning 1990-yil 3-maydagi Farmoni “Ko’p bolali oilalarga nafaqa miqdorini ko’paytirish to’g’risida”deb nomlangan edi.
Yurtboshimiz I.A.Karimov bu borada:”eng muhim vazifa xalqchilik,adolatparvar jamiyatni vujudga keltirish.Bu jamiyatb poydevirini, ens avvalo,boy va badavlat, mehnat qadrini biladigan,ma’naviy sog’lom hamda madaniy saviyasi baland minglab milllionlab oilalar tashkil etildi” degan edi.
Oila huquqi boshqa huquq sohalaridan farq qiluvchi hususiyatlarga qaramay fuqorolik huquqi bilan chambarchast bog’liqligini sezish mumkin. Bu farqlar quyidagilardan iborat:
-Oilaviy munosabatlar fuqorolik huquqiga xos bo’lmagan yuridik faktlardan (nikoh, qarndoshlik, onalik, otalik, farzandlikga olish va boshqalardan vujudga keladi;)
-Oilaviy munosabatlar fuqorolik huquqidan farqli o’laroq, ko’proq shaxsiy-huquqiy mohiyatga ega.
-Oliaviy huquq subektlaring huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, yangi boshqalarga topshirib bo’lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat.
Olia huquqi predmeti-oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni tashkil etadi.
Nikoh,qarindoshlik,bolalarni oilaga tarbiyaga olish kabilardan yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlardan iborat bo’lib oila huquqi inson va fuqorolarning fuqorolik huquqining normalari bilan tartibga solinadi.
Oila huquqining manbalari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi:
-O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi (1998-yil 30-aprelda №607-1sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 1998-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiritilgan);
O’zbekiston Respublikasining fuqorolik kodeksi.
-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qa’bul qilingan oila huquqiga oid qonunlar;
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig oila huquqiga oid farmon va farmoyishlar qarorlar:
-O’zbekiston Respublikasi hukumatning normative huquqiy hujjatlari;
-Xalqaro huquq normalari kabilar hisoblanadi.
Oila- jamiyatning tabiiy va asosiy bo’g’inidir. Har bir oila, har bir fuqoro tinch-hotirjam va tokin-sochin yashasa, davlatimiz obod, boy bo’ladi, gullab yashaydi.
Davlatimizni harakatda bir oila deb tushunish mumkin. Bundan o’zaro hurmat va tartib-intizom bo’lmasa,oiling barcha a’zolaro o’z burchlarini ado etmas, bir-birida nisbatan mehr-oqibat ba ezgulik ko’rsatmasa, hotirjam va munosib tarizda yashash mumkin emas. Oila o’zinig ko’p arslik mustahkam va ma’naviy tayanchlarga ega bo’lib, turmush vijdon qonunlari asosida quriladi. Oilada kishilarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. Xalqimizning aksaryat qismi o’zining shaxsiy farovonligidan jo’ra oilasining omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa oily darajadagi qadriyat, inson qalbining gavharidir.
3.
Oilaviy munosabatlar aksariyat hollarda axloqiy no’rmalar bilan tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagina aniq ijtimoyi munosabatlarni nikoh va oila qonunchilik nuqtayiy nazardan tadbiq etishdir. Oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu hususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikohdan maqsad oila qurish bo’lib, u er-hotinning butun umri davomida birga yashashga mo’ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalarning tarbiyasi va taminotiga qaratilad. Oilaviy huquqiy munosabatlar ko’pincha muddatsiz bo’ladi. Er-hotinning huquq va majburiyatlari nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda butun umr davom etadi. Ayni paytda shunday oilaviy huquqiy munosabatlar ham mavjudkiy, ular ma’lum muddat bilan cheklanadi, biroq belgilangan davirgacha albbatda davom etadi. Masalan, ota-onalarning o’z bolalarini tarbiyalash majburiyatlari farzand 18 yoshga to’lgunga qadar davom etadi. Qonunchilik, oilaviy-huquqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarning mahsus turi deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi bilan huquqiy jihatdan tartibga solinadigan munosabatlar ikki turga bo’linadi:shaxsiy va mulkiy munosabatlar. Shaxsiy munosabatlar- qiz bilan nikohga kirayatgan familiya tanlash, turmush davrida esa kasb, mashg’ulot va turar-joy tanlash huquqlari, shuningdek, bolalarni farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalari yuzasida kelib chiqadigan munosabatlardan iborat. Bu sohada qonunlar oilaviy munosabatlarda er-hotinning huquqiy tengligi, bolalarni to’g’ri tarbiyalash, oilada to’g’ri sharoit yaratish kabilardan iborat. Mulkiy munosabatlar- er-hotinning shaxsiy va umumiy mulk huquqidan, aliment majburiyatlardan kelib chiqadigan, ota-onalari bilan bolalari shuningdek, boshqa qarindosh-urug’larning bir-biriga moddiy ta’minot berish majburiyatlaridan, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalaridan kelib chiqadigan mulkiy harakterga ega bo’lgan munosabatlardan iborat.
Oila huquqining vazifalari Oila kodeksining 1-moddasida belgilangan bo’lib bular quydagilardan iborat:
Oilani yanada mustahkamlash:
Ayol bilan erkakning ixtiyoriy nikohlanib tuzgan ittifoqiga moddiy manfaatlarni ko’zlashda holi bo’lgan, oila a’zolarining hammasi bir-biri bilan do’st, inoq bo’lib, bir-birini hurmatlashga asoslangan oilaviy munosabatlar kirish:
Oilada bolalar tarbiyasini ijtimoyi tarbiya bilan uzviy ravishda qo’shib olib brogan holda ularni Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik, ruhida tarbiyalash, ularni mehnatsevar va insonparvar qilib tayyorlash:
Ona-bola manfaatlarini butun choralar bilan muhofaza qilish hamda har bir bolaning baxtiyor yoshligini ta’minlash;
Oilaviy munosabatlarda o’tmishning zararli sartiklarini va urf -odatlarini tamomila yo’qotish;
Oila oldida masuliyat hissini tarbiyalash;
Biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’ymaslik;
Oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishni hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash.
Demak, Oila kodeksi vazifalarining har biri oilaviy munosabatlarning qonun bilan tartibga solish zarur ekanligini ifodalash bilan birga oilaviy munosabatda qatnashuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda ham ahamiyatga egadir. Oilaviy munosabatlarga oid axloqiy normalar huquq normalari bilan chambarchas bog’liqdir. Oila kodeksining asosiy vazifalaridan yana biri fuqorolarning oila oldidagi burchalarini his qilish ruxida tarbiyalash. Bunday vazifaning bajarlishi er-hotin, ota-onalar bilan bolalar, shuningdek, qarindosh-urug’lar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshi va to’g’ri amalga oshirilshda katta ro’l o’ynaydi.
Oila huquqining asosiy prinsplari quydagilardan iborat:
-ixtiyorlik va tenglik;
-yakka nikohlik;
-fuqaroviy oila;
-nikohdan ixtiyoriy ajralish;
-ayol bilan erkakning teng huquqligi.
Oila huquqi fani quydagi tizimdan iborat:
-oilaviy huquq. Uning pridmeti, prinsplari va tartibi;
-“nikoh va oila” tushunchasi;
-nikohdan o’tish va ajralish shartlari;
-amaldagi haqiqiy er-hotinlik munosabatlari;
-ota-onalar ham boshqa shaxslarning aliment huquqi va majburiyatlari;
-farzandlikka olish, vasiylik va xomiylik.
Oilada bolalar tarbiyasi borasida otan-bobolarimizdan, momolarimizdan qolgan, ming yillik xayot sinovlaridan o’tgan yaxshi udum va odatlar mavjud. Hozirgi vaqtda aholi o’rtasida kishilarni oilaviy hayotga, nikohdan o’tish tayyorlash borasida tegilshli tibbiy-tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Hayotni nikoh va oilasiz tasavvur qilish mushkul. shu bois jamiyatda oila obrosini, uning nufuzini mustahkamlash lozim. Oilaning iktisodiy, ijtimoiy, demografik, psixologik va boshqa muommolarni ko’rib chiqish davr talabidir.


O’qituvchi : I. Abdurazzaqov
Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling