“Himoyaga ruxsat etaman” O„quv va uslubiy ishlar bo„yicha prorektori


III BOB . PEDAGOGIK TADQIQOT JARAYONI USLUBIYATINING


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana25.02.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1229775
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
NAZAROVA kti

III BOB . PEDAGOGIK TADQIQOT JARAYONI USLUBIYATINING 
SAMARADORLIGI VA OLGAN NATIJALARNI TAHLILI 


44 
3.1. Tadqiqotda qo„llanilgan usullarning samaradorligi 
 
Hozirgi zamon pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri xalq xazinalarini 
insonparvar pedagogik tarbiya tizimida qo„llash va ulardan mohirona foydalanish, bu 
bebaho, xalqchil, ma‟naviy boyliklarni o„qituvchilarning har kungi ta‟lim tarbiyaviy 
ishlariga aylantirishdan iborat. SHunga ko„ra o„sib borayotgan avlodning tarbiya 
tizimida xalq pedagogikasi tajribalari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi 
vosita, asosiy kuch deb hisoblanadi. 
SHundan kelib chiqib, tadqiqotning maqsadini xalq milliy harakatli 
o„yinlaridan foydalanish orqali MTT yoshidagi bolalarning jismoniy sifatlarini 
oshirish yo„llarni aniqlash, rivojlantirish, milliy harakatli o„yinlarning rolini 
oshirishning 
samarador 
shakllarini 
topish, 
xalq 
o„yinlarining tarbiyaviy 
imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslash, aniqlash tashkil etadi. 
Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalar asosida amalga oshirildi: 
- jismoniy madaniyatning xalq an‟analari bilan bog„liqligini ko„rsatib berish, 
o„zbek xalq milliy harakatli o„yinlarini va respublika ijtimoiy hayotining turli 
tomonlari bilan bog„liqligini oydinlashtirish; 
- milliy harakatli o„yinlardan foydalanish orqali MTT bolalarining jismoniy 
tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish orqali ma‟lum xulosalar 
chiqarish; 
- jismoniy tarbiya mashg„ulotlarida o„zbek xalq milliy harakatli o„yinlaridan 
foydlanish orqali bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning samarador usullari
shakllari, yo„llarini aniqlash. 
Tadqiqotlar quyidagi uslub va test mashqlari yordamida o„tkazildi: 
Mavzu bo„yicha adabiyotlardan berilgan ma‟lumotlarni tahlil qilish; pedagogik 
tajriba, suhbat, pedagogiu kuzatuv va boshqalar; 
matematik statistika metodiorqali qayd etilgan tadqiqot uslublarini qo„llash 
tartibi bandlarda to„liq aks ettirildi; 


45 
testlar orqali MTT yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiya vositalari bolalarning 
jinsiga, yoshiga qarab jismoniy tayorgarligini hisobga olgan holda aniqlanib, 
bolalarda jismoniy tayyorgarlikni aniqlash uchun 3.1.1-jadvalda keltirilgan testlar 
qo„llanildi. 
Pedagogik tajribada tadqiqot o„tkazish tartibi 4 oy davomida ikki guruh ya‟ni, 
nazorat va tajriba guruhlari ishtirokida amalga oshirildi. 
Nazorat guruhida (NG) ishtirok etgan bolalar jismoniy tarbiya dasturi asosida 
o„tkazilgan mashg„ulotlarda shug„ullangan. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling