«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani


II BOB.  NAMANGAN VILOYATIDA TADBIRKORLIK MUXITINI


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana09.06.2020
Hajmi0.73 Mb.
#116431
1   2   3   4
Bog'liq
namangan viloyati tadbirkorlik muhitining shakllanishi va rivojlanishini hududiy xususiyatlari


II BOB.  NAMANGAN VILOYATIDA TADBIRKORLIK MUXITINI 

RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA O‟ZIGA XOS 

XUSUSIYATLARI  

2.1. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni 

rivojlantirish sharoiti 

Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish har bir 

hududning  ichki  imkoniyatlariga  bevosita  bog‘liqdir.  Xususan  bunda  

hududlarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari asosiy omillardan sanaladi. 

Mazkur  shart-sharoitlar  va  imkoniyatlar  mintaqalarda  turli  tadbirkorlik  faoliyatini 

shakllanishiga  sabab  bo‘ladi.  Zero,    Namangan  viloyatining  tabiiy  geografik 

imkoniyatlari,    aholi  joylashuvining  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  xo‘jalik 

ixtisoslashuvining tarixiy geografik asoslari hamda aholi urf odatlari va mentaliteti 

mazkur  tadbirkorlik  sohasining  rivojlanishiga  o‘z  ta‘sirini  ko‘rsatgan.  SHunga 

ko‘ra,  aholi  punktlarida  azaliy  hunarmandchilik  va  savdo  bilan  shug‘ullanish 

o‘ziga  xos  xususiyatga  ega.  Tabiiy  geografik  imkoniyatlariga  baho  beriladigan 

bo‘lsa, viloyat yer usti tuzilishiga ko‘ra tekislik, adir, adirorti tekisliklari, tog‘oldi 

etaklari  va  tog‘li  hududlardan  iborat.  Rel‘ef  tuzilishiga  ko‘ra  xilma-xillik 

viloyatning  tabiiy  va  iqtisodiy  resurslari  salohiyati,  ulardan  foydalanishda  turli 

xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Viloyatning asosiy suv resurslari manbai daryolar, 

soylar,  suv  omborlari,  kanallar  va  yer  osti  suvlari  hisoblanib,  ular  tadbirkorlik 

faoliyatini  amalga  oshirishda  ahamiyatga  egadir.  Bundan  tashqari,  viloyat  hududi 

yerlarini  sug‘orishda  keng  foydalaniladigan  mahalliy  suv  omborlari  ham  mavjud. 

Ularga Kosonsoy (160,0 mln. m

3

), Qorasuv (6,5 mln. m



3

), CHortoq (19,0 mln. m

3

), 


Ko‘ksereksoy (5,4 mln. m

3

), Varzik (10,0 mln. m



3

), Eskier (18,0 mln m

3

),  Beshtol 



(0,5 mln. m

3

), Yertikan (12,4 mln. m



3

), Kengko‘l (2,4 mln. m

3

), Zarkent (12,5 mln. 



m

3

), Qizsoy (0,7  mln.  m



3

) kabi suv omborlari kiradi. Namangan viloyati bo‘yicha 

282780  ga  sug‘orish  maydoni  bo‘lib,  shu  maydonga  asosan  18  ta  sug‘orish 

manbalari suv yetkazib beradi. Bunda kanallarning ham ahamiyati katta, jumladan, 

SHimoliy Farg‘ona, Katta Namangan, CHap qirg‘oq, Katta Farg‘ona, Oxunboboev 

nomli kanallar viloyat tumanlari yerlarini sug‘orishda asosiy suv manbalari bo‘lib 

xizmat  qiladi.  Bu  vaziyat  mintaqada  tadbirkorliknip  muhim  shakllaridan  bo‘lgan 


38 

 

dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlanishiga asos bo‘ladi. 



Umuman olganda, viloyat hududida Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, shuningdek 

23  ta  kanal  va  soylar,  16  ta  yirik  suv  va  sel  suvlarini  yig‘ish  omborlari  mavjud 

bo‘lib, ularda yiliga o‘rtacha 6,7 mlrd m

3

 suv yig‘iladi. SHundan 3,3  mlrd m



3

 suv 


qishloq xo‘jaligiga, 13,6  mln m

3

  sanoat  sanoat  ishlab  chiqarishga,  18  mln  m



3

  suv 


ichimlik ehtiyoji uchun ishlatiladi. 

Viloyat hududi o‘ziga xos geologik tuzilishiga va paleogeografik tarixga ega 

bo‘lib,  hududda  turli  tabiiy  ma‘danlar  uchraydi.  Viloyat  hududida  uchraydigan 

tabiiy  ma‘danlarni  quyi-dagicha  tasniflash  mumkin:  1)  yoqilg‘i–  energetika  

boyliklari,  2)  rudali  foydali  qazilmalar, 3) qurilish materiallari, 4) gidro-mineral 

boyliklar. 

Mingbuloq  va  Namangan  tumanlarida  olib  borilgan  geologik  tadqiqotlar 

natijasida 1992 yil 2 martda yirik neft zahirasi topildi va Namangan viloyatida neft 

koni  mavjudligi  tasdiqlandi.  Bu  konning  ochilishi  respub-likamiz  mustaqilligini 

mustahkamlashga,  xalqimizning  farovon  hayot  kechirishida  muhim  omil  bo‘lishi 

tabiiy.  Dastlab,  1965  yildan  boshlab  Chortoq  tumani  hududida  neft  qudug‘idan 

qora oltin qazib olish boshlandi. 1973 yilda Kosonsoy tumaniga qarashli Tergachi 

qishlog‘idan neft quvurlar orqali Chortoqqa yuborildi. Viloyatda yiliga 15-20 ming 

tonna  atrofida  neft  qazib  olindi.  Ishlab  chiqarishga  keng  joriy  qilingan  hamda 

respublika miqyosda zahirasi bo‘yicha alohida o‘ringa ega bo‘lmasada, viloyat tog‘ 

yonba-g‘irlarida  joylashgan  hududlarda  tabiiy  gaz  va  qisman  ko‘mir  qazilmasi 

mavjud. 

Namangan  viloyati  hududidan  qadim  zamonlardan  boshlab  oltin  qazib 

olinganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Sanoat ahamiyatiga molik oltin birikmalari 

Qurama  tog‘ining  janubiy-sharqida,  Chodaksoy  havzasida  paleozoy  erasiga 

mansub effuziv-otqindi jinslarda keng tarqalgan. Bundan tashqari Varzikda neogen 

davriga xos qum, toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan mis konlari topilgan. Ayni paytda, 

ushbu  mis  konlarini  foydalanishga  tadbiq  qilish  respublikamizning  boshqa 

hududlaridagi xuddi shunday konlarga nisbatan bir muncha ko‘proq mablag‘ talab 

qiladi.  


39 

 

SHu  bois  bu  konlar  hozirgi  paytda  foydalanishga  tadbiq  qilinmagan. 



Qurilish  materiallari,  viloyat  hududida  keng  tarqalgan,  ular  soz  tuproq,  qum, 

shag‘al,  ohaktosh  kabilarga  boy.  G‘isht  va  boshqa  qurilish  materiallari  sifatida 

foydalanib  kelayotgan  soz  tuproq  (lyoss)lar  viloyatning  tog‘li  va  tog‘oldi 

hududlarida uchrasa daryo vodiylarida qum va shag‘allar keng tarqalgan. Tog‘ va 

tog‘oldi hududlarida ohaktoshlarning ko‘plab zahiralari joylash-gan. Viloyatda 30 

dan  ortiq  qurilish  hom  ashyosi  konlari  mavjud  bo‘lib,  ularni  qayta  ishlash 

natijasida  hosil  bo‘lgan  mahsulotlardan  qurilish  materiallari  sifatida  xalq 

xo‘jaligida  foydalanib  kelinmoqda.  Mazkur  konlardan  18  tasi  g‘ishtbop  lyoss,  2 

tasi  g‘ishtbop  gil,  2  tasi  granit  bezaktosh,  2  tasi  ohaktosh  va  6  tasi  qum-shag‘al 

kar‘erlaridir.  Ushbu  konlar  To‘raqo‘rg‘on,  Chust,  Kosonsoy,  Chortoq, 

Yangiqo‘rg‘on,  Namangan,  Uchqo‘rg‘on  tumanlarida  ochilgan.  Mazkur 

hududlarda qurirlish sohasiga ixtisoslashgan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish 

imkoniyatlar mavjud.  

Viloyat  hududi  shifobaxsh  xususiyata  ega  bo‘lgan  mineral  buloqlarga 

boyligi  bilan  ajralib  turadi.  Chortoq,  Shaxand,  Kosonsoy,  Uchqo‘rg‘on  mineral 

suvlari  tarkibida  oltingugurt,  vodorod,  yod,  radiy  hamda  minerallashgan  ishqorli 

termominerallar  mavjudligi  sanatoriy-kurortlar  tizimining  yuzaga  kelishiga  sabab 

bo‘lgan.  

Viloyat  mehnat  taqsimotida,  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  yetishtirishda, 

yer resurslaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.  

Mustaqillik  yillarida  Namangan  viloyaida  mamlakatimizda  bo‘lgani  kabi 

qishloq  xo‘jaligida  chuqur  islohotlarni  amalga  oshirish  davri  boshlandi. 

Iqtisodiyotning  yetakchi  sohalaridan  biri  bo‘lgan  qishloq  xo‘jaligida  bozor 

munosabatlarini shakllantirish,  mulkchilikning  nodavlat shakllariga o‘tish,  mulkni 

davlat tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  dehqon  va  fermer  xo‘jaliklarini 

tashkillash  hamda  ularning  samarali  faoliyat  ko‘rsatishini  ta‘minlash  strategik 

vazifa sifatida qaraldi. 

Iqtisodiy  islohotlar  davomida  Namangan  viloyati  qishloq  xo‘jaligi  ishlab 

chiqarishida  islohotlarni  chuqurlashtirish  dasturining  bajarilishini  ta‘minlash, 


40 

 

mulkdorlar  sinfini  shakllantirish,  qishloqda  fermerchilik  harakatini  kengaytirish 



ya‘ni jamoa  va shirkat xo‘jaliklari o‘rnida dehqon  va  fermer  xo‘jaliklarini tashkil 

etish,  ko‘p  ukladli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  asosida  qishloq  xo‘jaligida  yangi 

agrar munosabatlarni qaror toptirish ustuvor vazifa bo‘lib qoldi. 

Qishloqlarda  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish  agrar  siyosatning  ustuvor 

yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Amalga oshirilayotgan tadbirlar qishloq xo‘jaligida xo‘jalik 

yuritish  mexanizmini  asta-sekin  takomillashtirib  borishga,  xo‘jaliklarning 

moliyaviy-iqtisodiy  holatini  mustahkamlashga,  qishloq  aholisi  turmush  darajasini 

yaxshilashga  hamda  qishloq  joylarida  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  qayta 

ishlashga  asoslangan  xorijiy  investitsiya  negizidagi  sanoat  korxonalarini 

rivojlantirishga  turtki  berdi.  Natijada,  mamlakatimizda  bo‘layotgani  kabi 

Namangan viloyatida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish sur‘atlaridagi 

pasayish jarayonlariga barham berildi. 

Mamlakat mehnat taqsimotida Namangan viloyati, eng avvalo, dehqonchilik 

(paxta,  pilla,  meva,  uzum  yetishtirish),  yengil  va  oziq-ovqat  sanoatiga 

ixtisoslashgan. U respublika yalpi hududiy mahsulotining 4,2, sanoat mahsulotining 

2,7, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 7,9, chakana savdo hajmining 6,1 foizini beradi 

(Soliev,  2014).  Viloyat  yalpi  hududiy  mahsulotining  10,8  foizini  sanoat,  36,8 

foizini  qishloq  xo‘jaligi  beradi.  Bu  yerda  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari 

mavjud,  ularning  rivojlanganlik  holati,  ixtisoslashuvi  va  muammolari  viloyatning 

geografik  o‘rni,  tabiiy  sharoiti  va  resurslari,  demografik  vaziyati  va  mehnat 

salohiyati, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ta‘sirida shakllangan  

Mintaqaning  yer  maydoni,  uning  agroiqlimiy  resurslari,  soylar  va  qator 

irrigatsiya infratuzilmasi ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga xizmat 

qiladi.  Xususan,  viloyat  hududi,  uning  qator  adirlarini  quyoshga  ro‘para  turganligi 

ham  ijobiy  ahamiyatga  ega.  Bu  yerda  Shimoliy  Farg‘ona  kanali,  Katta  Andijon, 

Katta  Namangan  va  Katta  Farg‘ona  kanallari  asosiy  sug‘orish  manbalari 

hisoblanadi.  


41 

 

Bugungi  kunda  qulay  agroiqlimiy  sharoit  va  omillar  ta‘sirida  mintaqa 



qishloq  xo‘jaligida  o‘ziga  hos  tarmoqlar  va  hududlar  ishlab  chiqarishi  vujudga 

keldi.  


Viloyatda 235   ming  gektar  sug‘oriladigan  yerlar bo‘lib,  qishloq xo‘jaligida 

foydalaniladigan yerlarning 60,9 foiziga teng. Pichanzorlar va yaylovlar ulushi o‘rtacha 

39,1  %  bo‘lgan  holda,  uning  kattaroq  ko‘rsatkichlari  Pop  va  Kosonsoy  tumanlarida 

qayd etiladi. Ekin yerlari 196,2 ming ga ni, ko‘p yillik daraxtzorlar 36,1 ming ga ni, 

bo‘z  yerlar  3,4  ming  ga  ni,  987  gektarni  esa  meliorativ  qurilish  holatidagi  yerlar 

tashkil etadi. 

Yalpi  mahsulot  ishlab  chiqarishda  qishloq  xo‘jaligining  ulushi  36,8  foizga 

teng  bo‘lib,  mingaqada  asosan  obikor  dehqonchalik  rivojlangan.    Paxtachilik, 

donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan. 

Aholining umumiy soni, shahar va qishloq aholisi, uning hududlar bo‘yicha 

taqsimlanishi,  zichligi  va  shuningdek  demografik  jarayonlardagi  o‘zgarishlar 

ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  qaysi  bosqichlarda  qanday  rivojlanganligi, 

bugungi  holati  va  iqtisodiy  salohiyatini  belgilab  beruvchi  va  tadbirkorlikni 

rivojlantiruvchi omillar tizimida muhim o‘rin tutadi.  

Viloyatda 2017 yil holatiga  ko‘ra 955,9 ming kishi yoki ularning 35.4 foizi 

qishloq  joylarida,  1743,1  ming  kishi  yoki  64,6  foizi  shahar  va  shaharchalarda 

joylarida istiqomat qiladi. Aholining tabiiy o‘sishi 46 602 kishini tashkil etdi . 

Viloyatda aholi sonining ortishi bilan uning tarkibida kichik shaharchalar va 

qishloq aholisi salmog‘ining yuqoriligi bois bunday joylardagi mehnatga layohatli 

aholi  o‘rtasida  ishsizlar  soni  ortib  bormoqda.  Bunga  bevosita  aholi  tabiiy 

o‘sishining  yuqoriligi,  tarixiy-milliy  an‘analarning  kuchliligi,  ko‘p  bolalilik 

yo‘nalishi  saqlanib  qolganligi,  o‘rtacha  umr  ko‘rish  darajasini  sezilarli 

o‘zgarganligi  va  qishloqlarda  aholining  milliy  tarkibi  ko‘pligi  kabi  omillar  ta‘sir 

ko‘rsatgan. 

Hisob-kitoblarga  ko‘ra,  2017  holatiga  viloyatda  mehnat  resurslari  soni 

o‘tgan  yilga  nisbatan  101,0  foizga  ko‘payib,  1549,3  ming  kishini  yoki  umumiy 

aholini 57,4 foizini tashkil qildi.   


42 

 

Ma‘lumotlarga    ko‘ra,  2017  yilda  iqtisodiyotda  band  bo‘lgan  aholi  soni 



1022,0 ming kishini tashkil qilgan va 2016 yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan.  

2017  yilda  bandlikka  ko‘maklashuvchi  markazlariga  murojaat  qilgan 

fuqarolardan  26849  nafari  ishga  joylashtirilgan.  Ushbu  ko‘rsatkich,  Namangan 

(4355  kishi)  shahrida,  Norin  (2426  kishi),  Uchqo‘rg‘on  (2366  kishi)  va  CHust 

(2250  kishi)  tumanlarida  yuqori  daraja  qayd  etilgan.  2017  yilda  bandlikka 

ko‘maklashuvchi  markazlarida  ro‘yxatga  olingan  fuqarolardan  3768  nafari  ishsiz 

deb  e‘tirof  etilgan.  2017  yilda  viloyatda  iqtisodiy  faol  aholi  soni  10081.8  ming 

kishini  tashkil  etgan  bo‘lib,  mintaqa  aholisining  40.3  foiziga  teng  bo‘lgan. 

Mehnatda  bandlarning  84,7  foizi  nodavlat  sektr  tarmog‘larida  faoliyat  yuritgan    

(1-rasm).  



1-rasm 

Namangan biloyati mehnat resurslarining bandlik tarkibi  

 

2016 



2017 

 

 



 

   


nodavlat 

davlat 


 

Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 

 

Ish  o‘rinlari yaratilishining hududiy tarkibida, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘g‘on 



tumanlari  ham  alohida  ajralib  turibdi.  Mazkur  tumanlarda  kichik  korxonalar  va 

xususiy  firmalarni  tashkil  etish  va  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo‘lmagan 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  hisobiga  katta  ish  o‘rinlari  yaratilgan.  SHuningdek, 


43 

 

aholi  sonining  o‘sishi  mehnat  resurslari  sonini  o‘sishiga  proportsional  ravishda 



ta‘sir ko‘rsatadi. Bu esa qishloq joylarida mehnatda  

bandlik  darajasiga  salbiy 

ta‘sir ko‘rsatadi. 

Viloyat  shaharlari  asosan  sanoat  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  natijasida 

shakllanganligi  (Namangan,  Kosonsoy,  Uchqo‘rg‘on,  CHust,  To‘rag‘o‘rg‘on 

shaharlari)  bilan  va  sanoat  tugunlarini  asosan  shu  hududlarda  to‘planib  qolganligi 

hamda  qishloq  mehnat  resurslarining  shahar  tomon  mayatniksimon  harakati  bilan 

xarakterlanadi. 

Qishloqlarda  ishsizlikning  yuqoriligiga  asosiy  sabablar  quyidagilardir: 

mehnat  haqqining  pastligi,  shtatlarning  qisqartirilishi,  malaka  darajasining  ish 

joylari  talabiga  to‘g‘ri  kelmasligi  va  zarar  ko‘rib  ishlovchi  korxonalarning 

tugatilishi.  SHuningdek,  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishidan  ortiqcha  ishchi 

kuchining  sekinlik  bilan  ozod  etilishi,  qayta  ishlash  sanoati,  xizmat  ko‘rsatish  va 

shaxsiy  mehnat  faoliyati  kabi  jabhalarda  yangi  ish  joylarini  tashkil  etishda 

sarmoyalarning  yetishmasligi,  yangi  yerlar  o‘zlashtirish  miqyosiningyuqori 

emasligi,  mehnat  va  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  samarali  uslublari  tadbiq 

etilishiga  e‘tibor  berilmasligi  va  turli  mulkchilikni  yo‘lga  qo‘yishdagi 

rasmiyatchilik  singari  to‘g‘anoqlar  ishsizlar  sonini  ortib  borishiga  sabab 

bo‘lmoqda. Jumaladan qishloq  xo‘jaligi ishlab chiqarishining  mavsumiy  xarakteri 

nafaqat viloyatda, balki Respublikada ham qishloqlarda ortiqcha mehnat resurslari 

hosil bo‘lishiga olib kelmoqda. 

Mintaqada  asosan  obikor  dehqonchalik  rivojlangan  bo‘lib,  paxtachilik, 

donchilik,  sabzavotchilik,  bog‘dorchilik  va  polizchilik  tarmoqlari  shakllangan. 

Yalpi  mahsulot  ishlab  chiqarishda  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining    ulushi  2017 

yilda 30.9 % ga teng.  

Mustaqillik  yillarida  qishloq  xo‘jaligi  ekin  maydonlari  tarkibida  g‘alla 

maydonlarining  kengaytirish  xisobiga  tarkibiy  o‘zgarishlar  yuzaga  keldi. 

Istiqlolning dastlabki yillarida mintaqa 390 ming tonna paxta, 104 ming tonna don 

yetishtirilgan  bo‘lsa, 

2017  yilga  kelib  bu  ko‘rsatkich  paxtachilikda  183  ming, 

donchilikda esa 433  ming tonnaga teng  bo‘ldi.  Mazkur davrda paxta  maydonlari 


44 

 

125,4 ming gektardan  87,5 ming gektarga qisqartirilib, donli ekinlar maydoni 23,1 



mingdan  95,3  ming  gektarga  ko‘paydi

.  Xuddi  shuningdek  qishloq  xo‘jaligini 

boshqa tarmoqlarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. 

Ma‘lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyatda sabzavotchilik maydoni va 

yetishtirilgan  mahsulot  hajmi  ushbu  davrlarda  ortgan.  Polizchilik  maydonlari  esa 

mustaqillik  yillarida    qisqartirilgan.  Xuddi  shuningdek  chorvachilik  soxasida  ham 

sezilarli  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Ayni  chog‘da,  viloyat  qishloq  xo‘jaligida 

chorvachilik  ikkinchi  soha  hisoblanib,  qo‘ychilik  va  echkichilik,  qoramolchilik 

hamda  parrandachilik  asosiy  tarmoqlar  hisoblanadi.  Biroq,  mazkur  tarmoqlar 

mahsulot  ishlab  chiqarishidi  aholi  xo‘jaliklarining  ulushi  yuqori  bo‘lib, 

ixtisosolashgan soha hisoblanmaydi. Hozirda hududda go‘sht, sut, tuxum, pilla, jun 

mahsulotlari yetishtiriladi. 1990 yilda 20,4 ming tonna go‘sht, 75,0 ming tonna sut, 

3,4 ming tonna jun, 3,3 ming tonna  pilla yetishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu 

ko‘rsatkichlar  go‘sht  tayyorlashda  132.2  ming,  sutda    666.8  ming,  pillada  7,1 

ming,  junda 1.9  ming tonnaga  teng bo‘ldi. SHundan  go‘shtning 2,3  foizi, sutning 

2.5  foizi,  tuxumning  33.7  foizi,  junning  2.7  foizi  fermer  xo‘jaliklariga  to‘g‘ri 

keladi.  Dexqon  xo‘jaliklari  ulushida  go‘sht  97,0  foiz,    sut  97.2,  tuxum  43.1,  jun 

92.7  foiz  ko‘rsatgichga  ega.  Qishloq  xo‘jaligi  korxonalari  ulushi  esa  juda  oz 

miqdorni tashkil etadi. 

Etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini  xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil 

qilinganda don mahsulotlarini yetishtirishda jamiga nisbatan fermer xo‘jaliklarning 

ulushi  78,8  foizni,  dehqon  xo‘jaliklarining  ulushi  20,4  foizni,  qishlo  q  xo‘jalik 

korxonalarining  ulushi  0,8  foizni,  kartoshka  mahsuloti  yetishtirishda  fermer 

xo‘jaliklarning  ulushi  22,2  foizni,  dehqon  xo‘jaliklarining  ulushi  77,7  foizni, 

qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ulushi  0,1  foizni,  sabzavot  mahsulotlari 

yetishtirishda  fermer  xo‘jaliklarning  ulushi  20,2  foizni,  dehqon  xo‘jaliklarining 

ulushi  79,7  foizni,  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ulushi  0,2  foizni,  poliz 

mahsulotlari  yetishtirishda  fermer  xo‘jaliklarning  ulushi  26,6  foizni,  dehqon 

xo‘jaliklarining  ulushi  73,1  foizni,  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ulushi  0,3 

foizni, meva va rezavorlar yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 36,1 foizni, 



45 

 

dehqon xo‘jaliklarining ulushi 61,5 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 



2,4  foizni,  uzum  yetishtirishda  fermer  xo‘jaliklarning  ulushi  40,2  foizni,  dehqon 

xo‘jaliklarining  ulushi  58,7  foizni,  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ulushi  1,0 

foizni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. 

Chorvachilik  tarmog‘ida  qo‘y  va  echkichilik  son  jihatidan  ustun  turadi. 

Mazkur  soha  hatto  Namangan  shahri  uchun  ham  xarakterlidir.  Ayni  chog‘da 

CHust,  Pop,  Yangiqo‘rg‘on,  Kosonsoy,  To‘raqo‘rg‘on  tumanlari  ham  yuqori 

ko‘rsatkichlarga  ega.    Qoramolchilik  bo‘yicha  Namangan  shahri,  CHust, 

Yangiqo‘rg‘on, Pop, Uchqo‘rg‘on tumanlarining ulushi yuqori darajada. 

Mustaqillik  yillarida,  Namangan  viloyati  sanoatining  to‘qimachilik,  paxta 

tozalash,  poyabzal,  mebel‘  ishlab  chiqarish,  oziq-ovqat    hamda  qishloq  xo‘jalik 

mahsulotlarini  qayta  ishlash  tarmoqlari,  mashinasozlik  va  metallni  qayta  ishlash, 

qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida,  bundan  tashqari  mulkchilik 

shakllarining  o‘zgarishi  va  korxonalar  tashkil  etish  shakllarida  xam    tarkibiy 

o‘zgarishlar  kuzatilmoqda.  Sanoatda  xorijiy  investitsiya  asosida  qo‘shma 

korxonalar  yuzaga  keldi  va  bugungi  kunda 

kich


ik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  

sub‘ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Viloyat sanoat korxonalarida xilma-xil sanoat va halq iste‘moli mahsulotlari 

ishlab  chiqarilmoqda.  Iqtisodiy  islohotlarni  izchil  amalga  oshirilishi  natijasida 

ishlab 

chiqarilayotgan 



mahsulotlarning 

sifati 


yaxshilanib, 

ularning 

raqobatbardoshligi ortdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lami kengaydi.  

Viloyatda 2017 yilda korxonalar soni 19952 mingtani tashkil etgan. Faoliyat 

ko‘rsatayotgan  korxonalar  va  tashkilotlarning  asosiy  ulushi  Namangan  shahrida 

(40,7 foiz), Chust (7,8 foiz), Namangan tumani (7,1 foiz)va To‘raqorg‘on (5,9 foiz) 

tumanlarida joylashgan. 

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, viloyatda iqtisodiy geografik jarayonlar 

jadal rivojlanmoqda. Ushbu xolat viloyat iqtisodiy geografik vaziyatida jiddiy sifat 

o‘zgarishlarini  amalga  oshirish  uchun  tadbirkorlik  faoliyatini  yetarli  darajada 

rivojlanishini ta‘minlaydi. Bu o‘z navbatida quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi:  

birinchidan,  keyingi  yillarda  respublikada  amalga  oshirilib  kelinayotgan 


46 

 

milliy  investitsiyalarni  rivojlantirish,  iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  iqtisodiyot 



tarmoqlarini  modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning Namangan viloyatida 

kutilgan amaliy natijalarni berayotganligi;  



ikkinchidan,  aholining,  xususan,  kichik  biznes  egalarining  bank,  moliya-

investitsion  kompaniyalar  xizmatlariga  bo‘lgan  ishonchining  ortganligi,  o‘z 

mablag‘larini iqtisodiyotga yo‘naltirishga moyillikning o‘sishi;  

uchinchidan,  mintaqa  tadbirkorlik  bozorida  raqobatbardoshlik  muhitining 

yaxshilanishi,  davlat  nazorat  tizimining  sezilarli  darajada  pasayishi,  kichik  biznes 

uchun  yangi  innovatsion  loyihalar,  zamonaviy  minitexnologiyalar  bozorlarining 

rivojlanishi  kichik  biznes  tomonidan  asosiy  kapitalga  investitsiyalar  jalb  qilinish 

hajmining oshishi. 

to‟rtinchidan, eng muhimi, mamlakat xukumati tomonidan qilinib, bugungi 

kunda  muvafaqqiyatli  olib  borilayotgan  Namangan  viloyati  iqtisodiyotini,  shu 

jumladan,  real  sektor  tarmoqlarini,  kichik  biznes  sektorini  hamda  shaharsozlikni 

rivojlantirishga  qaratilgan  mintaqaviy  dasturlarning  izchil  ijrosi  o‘z  samarasini 

berishi va x.k. 

2.2. 

Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish 

xususiyatlari

 

Tadbirkorlik  sub‘ektlarini  respublika  milliy  iqtisodiyotini  barqaror 

rivojlanishini  ta‘minlashdagi  ahamiyati  o‘ta  muhim  xisoblanadi.  SHu  sababli, 

bugungi  kunda  hukumatimiz  tomonidan  iqtisodiyotning  ushbu  sohasiga  katta 

e‘tibor  berilib,  ko‘plab  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilmoqda.  Xususan,  mamlakat 

mintaqalarda    tadbirkorlik  munosabatlarini  samarali  rivojlantirish  va  hududiy 

tashkil  qilish,  ularning  mintaqalar  iqtisodiyotidagi  ahamiyatini  oshirish  borasida 

ko‘plab me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi.  

2017  yilda  Namangan  viloyatida  2,5  mingdan  ortiq  yangi  tadbirkorlik 

korxona va tashkilotlari tashkil etilib, bu 2016 yilga nisbatan 1,2 foizga ko‘paygan. 

Shuningdek  faoliyati tugatilgan korxona  va tashkilotlaring soni o‘tgan yilning shu 

davriga  nisbatan 1,4  foizga ko‘paygan  hamda  ularning soni  1758  mingtani tashkil 

этган.    


47 

 

Buning  natijasida  2017  yil  faoliyat  ko‘r  satayotgan  korxona  va  tashkilotlar 



soni 1,1 foiz ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 19952 mingtani tashkil etgan. 

Fao  liyat  ko‘rsatayotg  a  n  korxonalar  va  tashkilotlarning  asosiy  ulushi 

Namangan  shahrida  (40,7  foiz),  Chust  (7,8  foiz),  Namangan  tumani  (7,1  foiz)va 

To‘raqorg‘on (5,9 foiz) tumanlari xissasiga to‘g‘ri keladi (2-rasm).  

2-rasm

 

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar 



ulushi (sonda

)  (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) 

 

 



 

Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 

8

 

 

Iqtisodiy  faoliyat  turlari  boyicha  jami  fao  liyat  ko‘rsatayotgan  korxona  va 



tashkilot  laming    24,3  foiz  savdoda,  19,5  foiz  sanoatda,  7,3  foiz  qurulishda,  7,3 

foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 4,0 foiz yashash va ovqatlanish bo‘yicha 

xizmatlarda,  3,5  foiz  tashish  va  saqlash,  1,5  foiz  axborot  va  aloqa,  2,2  foiz 

sog‘liqni  saqlash  va  ijtimoiy  xizmatlar  ko‘rsatish  va  30,4  foiz  boshqa  faoliyat 

turlari hissasiga to‘gri keladi. 

Mintaqalar  iqtisodiy  geografik  vaziyatini  shakllanishi  va  tadbirkorlik 

muxtini  rivojlanishida  xorijiy  investitsiya  ishtirokidagi  korxonalar  faoliyati  va 

                                                        

8

 

http://www.namstat.uz



 

48 

 

ularning hududiy tashkil etilishi ham muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi.  



2017  yilda    Namangan  viloyatida  jami  103  ta  Xorijiy  kapital  ishtirokidagi 

faoliyat  ko‘rsatayotgan  korxonalar  mavjud  bo‘lib,  ulardan  71  tasi  qo‘shma 

korxonalar toifasiga mansub xisoblanadi. 

Xorijiy  kapital  ishtirokidagi  korxonalarning  asosiy  qismi  Namangan  shahri 

va Uychi, Namangan, Pop, Chust, Kosonsoy, Chortoq tumanlari hissalariga to‘g‘ri 

keladi.  Eng  kam  xorijiy  investitsiya    ishtirokida  tashkil  etilgan  korxonalar  esa 

Mingbuloq,  Norin,  Uchqo‘rg‘on  va  Yangiq‘org‘on  tumanlari  hissalariga  tog‘ri 

keladi 


(2-jadval).

  Bu  esa  mazkur  hududlarda  xorijiy  hamkorlar  bilan  ishlashni, 

investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada 

rivojlantirishni talab etadi. 

2-jadval

 

Namangan viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning 



hududlar bo‟yicha taqsimlanishi 

 

№ 

Hududlar 

Soni 

Ulushi 

Namangan sh 



45 

43,8 


Mingbuloq t 

1,0 


Kosonsoy t 

5,8 


Namangan t 

6,8 


Norin t 


2,9 


Pop t 


6,8 


To‘raqo‘rg‘on t 

5,8 


Uychi t 


8,7 


Uchqo‘g‘on t 

2,9 


10 

Chortoq t 

5,8 


11 

Chust t 


6,8 


12 

Yangiqo‘rg‘on t 

2,9 


 

Jami  


103 

100 


 

Jadaval Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari asosida tuzilgan 

 

Viloyatida 2017 yilning o‘zida 17 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar 



49 

 

tashkil etilgan bo‘lib, shulardan asosiy qismi Namangan shahri (7 ta), Kosonsoy  (2 



ta),    Pop  (3  ta),  To‘raqo‘rg‘on  (2  ta)  tumanlarida  tashkil  etilgan.  SHuningdek, 

Uychi,  Uchqo‘rg‘on  hamda  Yangiqo‘rg‘on  tumanlarida  ham  bittadan  shunday 

korxonalar tashkil etilgan.  

Viloyatdagi  xorijiy  investitsiya  ishtirokidagi  korxonalar  toifasiga  mansub 

korxonalarning  asosiy  qismi  sanoa  tarmoqlarida  faoliyat  yuritadi.  Faoliyat 

yuritayotgan  xorijiy  kapital  ishtirokidagi  korxonalarni  iqtisodiy  faoliyat  turlari 

kesimida  taxlil  qilinadigan  bo‘lsa  eng  ko‘p  korxonalar  sanoat  tarmog‘ida  tashkil 

etilgan (3-rasm )  

(3-rasm).   

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiyot tarmoqlaridagi 

ulushi (foizda) 

 

 



 

Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 

9

 

 

Ko‘rinib  turibdiki  faoliyat  yuritayotgan  xorijiy  kapital  ishtirokidagi 



korxonalarning  asosiy  qismi  Sanoat  va  savdo  faoliyat  turiga  to‘gri  keladi. 

Shuningdek  eng  kam  ulushi  esa  sog'liqni  saqlash  va  ijtimoiy  xiz  matlar  hamda 

axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘gri keladi. 

                                                        

9

 

http://www.namstat.uz



 

50 

 

Tadbirkorlik  muxitida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  xorijiy  sarmoya  ishtirokidagi 



korxonalarning  tarkibida  hamkor  davlatlarning  geografiyasi  ham  mazkur  mintaqa 

ixtisoslashuviga  katta  ta‘sir  ko‘rsatadi.  O‘rganishlar  shuni  ko‘rsatadik,  viloyatida 

faoliyat  ko‘rsatayotgan  xorijiy  kapital  ishtirokidagi  103  ta  korxonalarning    69,9 

foizi  (72  ta)  uzoq  xorijiy  davlatlar  hissasiga,  30,1  foizi  (31  ta)  esa  Mustaqil 

Davlatlar  Hamdo‘stligi  (MDH)    davlatlari  hissasiga  to‘g'ri  keladi.  Jumladan, 

viloyatda  MDX  davlatlari  ishtirokidagi  korxonalar  sonida  Rossiya  Federatsiyasi 

ishtirokidagilar  mutloq  ustunlikka  ega  bo‘lib,  ularning  soni  23  tani  tashkil  etadi. 

Ushbu korxonalar Namangan shaxrida 10 tani, Pop va Chustda 3 tadan, Chortoqda 

2 tani, To‘raqorg‘on, Norin, Yangiqo‘rg‘on,  Kosonsoy  va Namangan tumaniarida 

1 tadanni tashkil etadi. 

Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalarning 23 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 

12  tasi  Turkiya  Respublikasi,  8  tasi  Janubiy  Koreya  Respublikasi,  5  tasi  Buyuk 

Britaniya  qolganlari  esa  Shimoliy  Irlandiya  Birlashgan  Qirolligi  va  boshqa 

davlatlar hissasiga to‘g‘ri 

(4-rasm) 

(4 rasm) 



Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalar soni to‟g‟risida ma‟lumot 

 

 

Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 



51 

 

 



Mintaqalar 

iqtisodiyotini 

erkinlashtirish, 

iqtisodiy 

munosabatlarda 

demokratik  tamoyillarning  ustunligini  ta‘minlash,  erkin  iqtisodiy  xo‘jalik 

faoliyatini  qaror  toptirish  va  kafolatlash  tizimining  barpo  etilishi  bilan  bog‘liq 

ustuvor  vazifalarni  amalga  oshirishda  tadbirkorlik  faoliyatini  asosiy  shakllaridan 

bo‘lgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlikning o‘rni katta sanaladi.   

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishni  har  tomonlama 

qo‗llab–quvvatlash  va  rag‗batlantirish,  ularni  erkin  faoliyat  yuritishi  uchun  qulay 

sharoit  va  muhit  yaratish  borasida  amalga  oshirilayotgan  tadbirlar  natijasida 

Namangan  viloyatida  kichik  biznes  sub‘ektlarining  soni  16928  tani  tashkil  qildi. 

SHundan,  dexqon va fermer xo‗jaliklarini xisobga olmaganda 2017 yilda 2353 ta 

kichik biznes sub‘ektlarini tashkil etildi  (2016  yilning shu davriga  nisbatan  119,9 

foizga  ko‗pdir).  Tashkil  etilayotgan  tadbirkorlik  sub‘ektlarining  ixtisoslashuv 

darajasi  viloyat  huduiy  mehnat  taqsimotiga  jiddiy  ta‘sir  ko‘rsatadi.  SHu  jihatdan, 

assoiy  kichik  biznes  sub‘ektlari  sanoat  tarmog‗ida  (34,4  foizi),  savdo  sohasida 

(26,0 foiz), qishloq, o‗rmon va baliqchilik xo‗jaligida (12,7 foiz) va qurilishda (5,6 

foiz) tashkil etilgan (-rasm).  

(5-rasm) 

Yangi tashkil etilgan kichik biznes sub‟ektlarining iqtisodiy faoliyat 

 turlari bo„yicha taqsimlanishi 

 

Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 


52 

 

 

Ustuvor  vazifaning  muvafaqqiyatli  ijrosi  o‘z  navbatida  yalpi  hududiy 

mahsulot  ishlab  chiqarishda  muhim  o‘rinni  egallaydigan,  fuqarolarning  muhim 

daromad  manbai  va  mulkdorlar  sinfini  shakllantirishning  asosi  bo‘lgan  kichik 

biznes  sektorining  mavqeini  yanada  oshirish  hamda  tadbirkorlikni  jadal 

rivojlantirishni  taqozo  etadi.  2017  yil  viloyat  yalpi  hududiy  mahsulotning  70,6 

foizi (2016 yilda 71,0 foiz) kichik biznes sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan. 

Ma‘lumotlarga  ko‘ra  mazkur  yilda  kichik  tadbirkorlik  (biznes)  sub‘ektlari 

tomonidan  863,4  ming  nafar  kishining  bandligi  ta‘minlangan  bo‘lib,  jami 

iqtisodiyotda  band  bo‗lganlarning  83,4  foiziga  to‘g‘ri  kelgan.  Bu  sohada    band 

bo‗lganlarning  601,1  ming  nafari  yakka  tartibdagi  tadbirkorlik  faoliyatida,  137,5 

ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‗g‗ri keladi. 

6-rasm 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi 

 ulushi (foizda) 

 

 

Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 

 

Kichik    biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni    rivojlantirishga  har  tomonlama 



berilayotgan e‘tibor, sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan bir qator farmon va 

qarorlarning  ijrosini  ta‘minlash  natijasida  viloyatda  tadbirkorlik  bo‘yicha    qulay 



53 

 

ishbilarmonlik  muhiti  yaratilmoqda.  Buning  natijasida  iqtisodiyotdagi  kichik 



biznes  sub‘ektlarining  o‘rni  va  ulushi  yildan-yilga  ortib  bormoqda.  Viloyatda  

kichik biznesning rivojlanishi viloyat iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga to‘liq monand 

keladi. Ya‘ni, viloyatda qishloq xo‘jaligi  tarmog‘ida kichik biznesning ustunligini 

ham  ta‘minlab  bergan.  Tarmoqda  kichik  biznesning  yuqori  mavqeni  egallashi 

shubhasiz  tez  sur‘atlarda  rivojlanib  borayotgan  fermer  va  dehqon  xo‘jaliklari 

hisobiga  ro‘y  bergan.  Ayni  shu  jihatdan  ham  eng  barqaror  rivojlanish 

ko‘rsatkichlariga  ega  bo‘lgan  kichik  biznes  sub‘ektlari  ham  aynan  shu  tarmoq 

hissasiga to‘g‘ri keladi (3-jadval). 

3-jadval 

Kichik tadbirkorlik sub‟ektlari mahsuloti umumiy hajmidagi xususiy 

tadbirkorlikning ulushi 

№ 

Sohalar 

Kichik 

tadbirkorlik 

sub‟ektlari 

maxsulot i/ch 

hajmi 

(mlrd. so’m)

 

Ulushi 

foizda 

Qishloq, o‘rmon va baliq 



xo‘jaligi 

4844,2 


99,3 

Sanoat  



2669,4 

68,4 


Qurilish  

1458,9 

93,9 


CHakana savdo 

5905,8 

91,2 


Yuk tashish 



(mln. tn)

 

19,7 



94.8 

Jadaval Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari asosida tuzilgan 

 

Jadval  ma‘lumotlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  qishloq,  o‗rmon  va  baliq 



xo‗jaliklari  tomonidan  4844,2  mlrd.  so‗mlik  maxsulot  ishlab  chiqarilgan  bo‘lib, 

2016  yilga  nisbatan  o‗sish  sur‘ati  101,2  foizga  (qishloq,  o‗rmon  va  baliq 

xo‗jaliklari  yalpi  mahsulotining  99,3  foizi)  oshgan.  Sanoat  mahsuloti  ishlab 

chiqarish  hajmi  esa    2669,4  mlrd.  so‗mni  tashkil  etgan  holda  (jami  sanoat  ishlab 

chiqarishining  68,4  foizi)  2016yilga  nisbatan  105,5  foizga  o‗sganligini  ko‘rish 

mumkin.  

Bugungi  bunyodkorlik  va  yangilanish  davrida  qurilish  sohasining 

ko‘rsatkichlari  ham  mintaqalar  ishtimoiy  iqtisodiy  taraqqiyotinig  asosiy 

ko‘rsatkichlaridan sanaladi. Bu  borada  viloyatda 2017  yilda 1458,9  mlrd. so‗mlik 


54 

 

qurilish  ishlari  (qurilish  ishlari  umumiy  hajmining  93,9  foizi)  amalga  oshirilgan 



bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 106,6 foizga ko‗payganligi kuzatiladi.  

Bozor  munosabatlari  sharoitida  oilaning  iqtisodiy  funktsiyalariga  uy 

xo‘jaligi,  iste‘molchi,  ishlab  chiqaruvchi,  ishchi  kuchi  va  investor  sifatiga  qarash 

mumkin.  Oilaning  mazkur  jamiyatdagi  funktsiyalari  ijtimoiy  va  iqtisodiy 

jarayonlarda  qator  muammolarni  hal  qilishga  hamda  malakat  ishlab  chiqarish 

jarayonlarining jadallashuviga xizmat qiladi. 

2012  yil  26-apreldagi  O‘RQ-327  sonli  qarori  bilan  ―Oilaviy  tadbirkorlik 

to‘g‘risida‖gi  Qonuni  qabul  qilingan  bo‘lib,  ushbu  qonun  normalari  bilan 

mamlakatimizda  bozor  munosabatlariga  bosqichma-bosqich   o‘tish  jarayonida 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining kam tahminlangan, 

lekin  iqtisodiy  faol  qatlamini  bu  sohaga  keng  jalb  etish,  ularda  tadbirkorlik 

ko‘nikmalarini  shakllantirish,  ayniqsa,  oilaviy  tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash 

orqali yoshlar va ayollar, umuman mehnat bilan band bo‘lmagan aholi qatlami o‘z 

ishini  yo‘lga  qo‘yishi  uchun  qulay  shart-sharoit  yaratilgan.  Oilaviy  tadbirkorlik 

sohasida,  ayniqsa,  qishloq  joylarda  barqaror  yangi  ish  joylarini  tashkil  etish 

hisobiga, hozirgi vaqtda norasmiy sektorda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 

ishchi  kuchlarini  shu  jumladan  mehnat  shartnomasini  rasmiylashtirmasdan 

tadbirkorlarga  yordam  berayotgan  oila  a‘zolarini  rasmiy  bandlik  sohasiga 

bosqichma-bosqich jalb etilishini ta‘minlaydi. 

Oilaviy tadbirkorlik – kichik tadbirkorlikni tashkil etishning shakllaridan biri 

bo‘lib,  unda  bir  oila  a‘zolari  va  ularning  qarindoshlari  o‘zlariga  tegishli  bo‘lgan 

korxonaning  mulkdori  va  ishchisi  hisoblanadi.  SHuningdek,  oilaviy  tadbirkorlik 

oila  a‘zolari  tomonidan  tavakkal  qilib  va  o‘z  mulkiy  javobgarligi  ostida  daromad 

(foyda) olish maqsadida amalga oshiriladi va o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga 

asoslanadi.  Oilaviy  tadbirkorlik  yuridik  shaxs  tashkil  etgan  yoki  tashkil  etmagan 

holda  amalga  oshirilib  yuridik  shaxs  tashkil  etgan  holda  amalga  oshiriladigan 

oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxona xisoblanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlikni  yuritishning  bugungi  xolati, 

mamlakat  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarida  kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni  yuqoriligini 


55 

 

ko‘rsatadi. Oilaviy tadbirkorlik  mamlakat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy va  ma‘naviy 



ahamiyatga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Mazkur  xolat,  mamlakatda  bu  soxaga  katta 

e‘tibor qaratilayotganligi bilan birga faoliyatning bunday shakli o‘zbek xalqi uchun 

an‘anaviyligidan  dalolat  beradi.  Qolaversa,  o‘zbek  xalqi  oiladagi  ma‘naviy  va 

moddiy  manfaatdorlik  uyg‘unligi,  oila  a‘zolarining  birday  ma‘sulligi,  oilada  turli 

kasb  va  hunarlarning  avloddan  avlodga   o‘tishi  kabi  azaliy  urf  odatlarga  ega.  Bu 

xolat  oiladagi  ijtimoiy  munosabatlarning  yanada  yaxshilanishiga  olib  kelishi 

natijasida  jamiyat  taraqqiyotining  barqarorligini  hamda  iqtisodiy  rivojlanish 

asosini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bugungi kundda putr yetgan yuqoridagi o‘zbek 

oilasiga  mansub  an‘analar  va  fazilatlarni  ya‘ni,  milliy  xunarmandchilik,  savdo  va 

xizmat  ko‘rsatish  sohasidagi  azaliy  urf  odatlar  va  meroslarni  saqlab  qolishda 

oilaviy  tadbirkorlikni  hissasi  katta  hisoblanadi.  Aytish  joizki,  oilaviy  tadbirkorlik 

uchun qulay muhit yaratishdan kam ta‘minlangan oilalar, vaqtincha ishsiz kishilar, 

ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari bevosita manfaatdor bo‘ladi.  Yangi ish 

o‘rinlari  yaratilishi  va  aholi  uchun  barqaror  daromad  manbalari  muhim  ahamiyat 

kasb etadi.   

Namangan  viloyatida  faoliyat  ko'rsatayotgan  oilaviy  korxonalarning 

Iqtisodiy  faoliyat  turlari  kesimida  qaralganda  oilaviy  korxonalarning  76,6  foizi 

yoki 127 tasi sanoat, 60,9 foizi yoki 37 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 26,1 

foizi yoki 29 tasi savdo, 12,5 foizi yoki 27 tasi qishloq , o'rmon va baliq xo'jaligi, 

-

1.6 fo iz i yoki 3 tasi axborot va aloqa, 2 tasi qurilish, yoki 3 tasi tashish va saqlash 

hamda 12,5 foizi yoki 18 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to'g'ri kelmoqda (7-

rasm). 


2017  yilda  98  ta  yaangi  tashkil  etilgan  oilaviy  korxonalarning  iqtisodiy 

faoliyat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, 58 ta sanoatda, yashash va ovqatlanish 

xizmat-  larida  12  ta,  savdoda  va  qishloq  va  o‘rmon  va  baliq  xo‘jaligida  10  tadan, 

boshqa turlarda 8 ta oilaviy korxonalar tashkil etilgan. Ko‘rinib turibdiki viloyatda 

oilaviy korxonalar asosan sanoat  tarmoqlarida  tashkil etilagan.  Bu  mintaqa  sanoat 

ixtisoslashuvini hamda sanoat koperatsiyasini rivojlanishini keltirib chiqaradi. 



56 

 

7-rasm 



Faoliyat ko‟rsatayotgan oilaviy korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari 

bo‟yicha ulushi, foizda 

 

Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 

 

Tadbirkorlik 



faoliyatini 

rivojdanishi 

hamda 

tadbirkorlik 



muxiti 

imkoniyatlarini  o‘rganish  natijasida  quyidagi  xulosalarni  chiqarish  mumkin:  



birinchidan,  mintaqada  tadbirkorlikni  rivojlanishi  viloyat  iqtisodiy  salohiyatini 

yanada  oshirishda  muhim  omil  hisoblanadi;  ikkinchidan,  tadbirkorlikni 

rivojlanishi  demokratik  bozor  islohotlarini  yanada  chuqurlashtirish  va  mulkdorlik 

hissini oshishiga yordam beradi;  uchinchidan, bu sohani rivojlantirish milliy urf-

odatlarimizning  saqlanishi  va  rivojlanishiga  xizmat  qiladi;  to‟rtinchidan

tadbirkorlik  mintaqa  aholisining  qadimiy  a‘analari  va  milliy  hunarmandchiligini 

dunyoga  tarqalishiga  hizmat  qiladi  va  turizm  rivojlanishi  imkoniyatini  beradi; 

beshinchidan,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  viloyatda  aholi  bandligini 

ta‘minlash  va  farovonligini  yuksaltirishga  katta  turtki  beradi;  oltinchidan, 

mahallalarda  oilaviy  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  yo‘lga  qo‘yishga 


57 

 

ko‘maklashish  va  rivojlantirish  turli  jinoyatchilikni  kamayishiga  sabab  bo‘lishi 



mumkin va h.k. 

2.3. Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlari 

Tadbirkorlik  faoliyati  va  muxitini  rivojantirishdagi  mavjud  muammolarni 

yechimini  topish  istiqbollashtirilayotgan  ishlar  ijrosini    ta‘minlash,  ushbu  sohada 

tadbirkorlik  faolligini  oshirishning  yo‘nalishlarini  aniqlash  va  ular  bo‘yicha  chora 

tadbirlarni belgilashni talab etadi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  2015  yil  26 

noyabr kuni  xalq deputatlari Namangan  viloyati  Kengashining  navbatdan tashqari 

sessiyasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasi  iqtisodiyotimizning  hal 

qiluvchi  tarmoqlaridan  biriga  aylanib  borayotgani,  uning  Namangan  viloyatida 

izchil rivojlanayotganini alohida e‘tirof etib, hozirgi kunda yalpi hududiy mahsulot 

tarkibida bu sohaning ulushi 80 foizni tashkil etganligini, ish bilan band aholining 

82  foizdan ziyodi  ushbu sektorda  mehnat  qilayotganligini  ta‘kidladilar.  SHu bilan 

birga,  bu  sohada  ayrim  muammolar  borligi  ham  qayd  etilib,  ―…  viloyatda 

ro‘yxatga  olingan  14  ming  765  ta  kichik  biznes  sub‘ektining  2  mingdan  ortig‘i 

faoliyat  ko‘rsatmayapti.  Kichik  biznes  sub‘ektlari  o‘z  ishini  tashkil  etishi  uchun 

ularga 


binolar, 

yer 


uchastkalari 

ajratish, 

muhandislik-kommunikatsiya 

tarmoqlariga  ulanish  masalalarida  hali-beri to‘siq  va  g‘ovlar  uchrab  turibdi‖

10

 deb 


e‘tirof etdi.  

Qo‘yilayotgan  talab  va  extiyojlardan  kelib  chiqib,  tadbirkorlik  faolligini 

oshirish uchun quyidagi umumiy sharoitlar ta‘minlashi zarur: 

- milliy  iqtisodiyotda  makroiqtisodiy  muvozanatni  ta‘minlash  negizida  uni 

barqaror rivojlanishini ta‘minlash; 

- iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllanishi ta‘miinlash; 

- Tadbirkorlikni davlat tomonidan qullab –  quvvatlash tizimini amalga oshrish 

orqali, uning mexanizmlarini  takomillashtirish asosida rivojlantirib borish; 

                                                        

10

 



Karimov  I.A.  2015yil  26  noyabr  kuni  xalq  deputatlari  Namangan  viloyati  Kengashining  navbatdan  tashqari 

sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr.   

 


58 

 

- Tadbirkorlik  muxitini  shakllantirishga  xizmat  ko‘rsatuvchi  infrtuzulmalarni 



samarali harakat qilishini ta‘minlash. 

Shuningdek Namangan viloyatia tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda 

ishlab chiqarish samaradorligini  oshirishning asosiy  yo‘nalishlariga quyidagilarni 

ko‘rsatish mumkin: 

- Tadbirkorlik  muxitini  shakllantirishning  huquqiy-meyoriy  va  tashkiliy 

asoslarini  iqtisodiyotda  turli  omillar  ta‘sirida  ruy  berayotgan  o‘zgarishlarga 

mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish; 

- davlat  tomonidan  tadbirkorlikni  qo‘llab  quvvatlash  mexanizmlarini 

samaradorligini  oshirish,  bu  borada  xorijiy  mamlakatlar  tajribasidagi  yangi 

mexanizmlarni  mavjud  sharoitlarga  moslashtirgan  holda  amaliyotga 

qo‘llash; 

- Tadbirkorlik  faoliyatini  innovatsiya  negizida  rivojlanishini  ta‘minlash 

borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish; 

- Tadbirkorlik  faoliyati  sust  bo‘lgan  tumanlarda  soxani  moliyaviy  jihatdan 

ta‘minlashning  mavjud  mexanizmlarini  samaradorligini  oshirish  va 

moliyalashtirishtirishning  yangi  manbalarini  harakatga  keltirish  negizida 

qulay investitsiya muhitini yaratish; 

- Tadbirkorlik  sub‘ektlari  uchun  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  mexanizmlarini 

takomillashtirish va imtiyozlar joriy etish; 

- Viloyatdagi  ta‘lim  muassaslarida  tadbirkorlik  saohasi  uchun  malakali 

raqaobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish; 

- Tadbirkorlik sohasida kooperatsiyani chuqurlashtirish va tumanlar doirasida 

klasterlarni shakllantirish. 

Tadbirkorlik  yo‘nalishlarda  olib  boriladigan  chora  tadbirlarni  ishlab 

chiqishda  kichik  biznesni  rivojlantirish  borasida  xorijiy  tajribani  o‘rganish  va  uni 

mamalkatimiz 

sharoitlariga 

tatbiq 


etish 

muhimdir. 

Xususan, 

statistik 

ma‘lumotlarga  ko‘ra  Italiyada  yalpi  ichki  mahsulotning  yillik  o‘sishi  3-5  foizni 

tashkil  etadi  va  ishlab  chiqarish  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  AQSH,  Yaponiya, 

Germaniya va Frantsiyadan keyin 5-o‘rini egallaydi. Bu davlatda kichik biznesning 


59 

 

o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  yirik  firmalarda  ishlash  bilan  birga  o‘rindoshlik 



bo‘yicha  kichik  va  hunramandlik  korxonalarida  ham  mehnat  qilish  uchun  keng 

imkoniyatlar  yaratilgan.  SHuningdek  ishlab  chiqarish  tuzilmasining  eng  muhim 

tarkibiy  qismlaridan  biri  kooperativ  (shirkat)  sektoridir.  Korperatsiya  shakli 

mamlakat  tashqarisida  «sanoatlashtirishning  italьyan  modeli»dir.  Bunday  sanoat 

okruglarining  samaradorligi  shundaki,  ular  mahalliy  imkoniyatlardan  samarali 

foydalana  oladilar.  Buning  natijasida  korxonalar  bir  qancha  imkoniyatlarga  ega 

bo‘ladi, jumladan: 

 korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi; 

 korxonalarga tashkilot, uyushmalar va institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan 

xizmatlarga  oid  ma‘lumotlar  olish  imkonini  beradigan  aniq  axborot  tizimi  yuzaga  

keladi; 

 milliy  mahsulotni  tashqi  bozorlarga  olib  chiqishda  kichik  korxonalar 

yetakchi mavqega ega bo‘ladi; 

 tarmoq  usulida  tashkil  etilgan  kichik  ishlab  chiqarish  kooperativlarida 

bandlik yuqori darajada bo‘ladi. 

Iqtisodchi    olimlar  tadqiqotlariga  ko‘ra  Italiya  iqtisodiyotida  turli  sohalarda 

faoliyat  yurituvchi  korxonalarni  texnologik  jihatdan  birlashtirish  tashkilik  shakli 

«konstellyatsiya»

11

  ahamiyati  alohida  e‘tirof  etiladi.  Bunda  bir-biriga  bog‘liq 



bo‘lgan,  murakkab  tayyor  mahsulotni  ishlab  chiqiarishda  cheklangan  miqdordagi 

korxonalar  birlashib  faoliyat  yuritadi.  Bunday  tashkiliy  shaklda  birlashgan 

korxonalarning  biri  mahsulot  tayyorlash  jarayonini  bajarsa,  ayrimlari  texnologik 

jarayon  uchun  mas‘ul  bo‘ladigan,  ba‘zilari  esa  savdo  bilan  shug‘ullanadilar. 

Natijada  nafaqat  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  muammosi  hal  bo‘ladi, 

shuningdek,  ishlab  chiqarish  ko‘lami  ham  kengayadi.  Bunday  jarayonda 

yetakchilikni  konstellyatsiyada  oxirgi    bosqichdagi    ishlarni  bajaradigan  korxona 

amalga oshiradi. Ular boshqa firmalardan barcha kerakli butlovchi qismlarni sotib 

oladi va lurga tarli ishlar bo‘yicha buyurtmalar beradi. 

Demak  korxonalardagi  faoliyatning  muvofiqlanishuvi  yuzaga  keladi.  Turli 

                                                        

11

 ―constellazione‖ – юлдузлар туркуми демакдир 



60 

 

konstellyatsiyalarda hamkorlik qilish, bozorda ma‘lum bir mahsulot turiga bo‘lgan 



talabning  kengaytirilishi  va  erkin  raqobat  muhiti  yaratiladi,  shu  bilan  birga 

mahsulotning tannarxi va uning narxi pasayishiga olib keladi. 

Fikrimizcha, 

Italiya 


Respublikasida 

kichik 


biznes 

sub‘ektlarini 

rivojlantirishning  bu  tashkiliy  shakli  O‘zbekistonda  ham  mavjud  xususiyatlar 

asosida  foydalanish  mumkinligini  e‘tirof  etmoqchimiz.  CHunki    bois 

konstellyatsiya  usulini  O‘zbekiston  amaliyotida  ham  qo‘llash,  tadbirkorlikda 

afzalliklar yaratadi, bular: 

- Tadbirkorlik korxonalarini moliyalashtirishni ta‘minlaydi; 

- texnologik  jihatdan  murakkab  bo‘lgan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish 

imkonini beradi; 

- korxonalarning ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini oshiradi; 

- marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning realligini ta‘minlaydi. 

Samarali  eksport  faoliyatini  amalga  oshirishlari  uchun  tashqi  bozor 

talablariga  to‘liq  javob  beradigan  marketing  majmuasi  axborotlari  bilan 

ta‘minlangan  bo‘lishlari  zarur.  Bozorlarning  o‘ziga  xos  salohiyati  va  bozor 

kon‘yukturasidagi  o‘zgarishlar  bo‘yicha  joriy  axborot  tizimiga,  kompaniyalarning 

barcha  resurslari  bevosita  savdo  faoliyatiga  qaratilgan  va  asosiy  xaridorlar  bilan 

doimiy  aloqa  o‘rnata  oladigan  tashkilotlar  bu  eksport  savdo  kompaniyalaridir. 

Jahon  amaliyotida  eksport  faoliyatini  tashkil  etishning  chet  ellarda  savdo  uylarini 

ochish shakli ham tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning shakli sifatida keng 

tarqalgan. 

O‘zbekiston  savdo  uylarining  chet  ellarda  tashkil  etilishi  mahalliy  

mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi  tadbirkorlar  eksport  faoliyati  samaradorligining 

oshishiga ham imkoniyat yaratadi. Ularning tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida 

savdo  vositachilari  ko‘mak  beradi  va  hamkorlar  va  xaridor  topishga  dastlabki 

imkoniyat yaratishi mumkin. 

Yuqorida  keltirilgan  fikrlarga  asoslanib  tadbirkorlikni  rivojlantirishning 

ustuvor  yo‘nalishlarini  va  xorijiy  tajribani  o‘z  ichiga  qamrab  oluvchi  ―Mintaqada 

tadbirkorlik  faoliyatini  yanada  rivojlantirish  dasturi‖ni  ishlab  chiqish  maqsadga 



61 

 

muvofiq  deb  hisoblaymiz.  Uni  ishlab  chiqish  jarayonida  quyidagi  jihatlarga 



alohida e‘tibor berish lozim: 

Birinchidan,  tadbirkorlikni  rivojlanishida  tadbirkorlik  mehnat  unumdorligi 

bog‘liqlik  omillaridan,  yildan  yilga  ijobiy  natijalarga  erishish,  ishlab  chiqarish 

uzluksizligi  yoki  davomiyligini  saqlash,  kabi  ko‘rsatkichlarga  e‘tibor  berilishi 

zarur.  Ikkinchi  omil  ko‘proq  kichik  biznes  sub‘ektlariga  taaluqlidir.  CHunki 

amaliyotda bunday tadbirkorlik sub‘ektlarining  yangi tashkil etilishi  va  faoliyatini 

to‘xtatishi ko‘p  uchraydi. Ikkinchidan, tadbirkorlikning o‘ziga  xos  xususiyatidan 

kelib chiqib tadbirkorning boy ma‘naviy qiyofaga ega bo‘lishini, bilim–malakasini 

oshirishni o‘z faoliyatiga yangicha qarashi va ishini oqilona tashkil etishini zaruriy 

maqsadga aylantirish.  

Uchinchidan,  har  bir  tadbirkor  o‘z  faoliyatini    samarali 

tashkil etishda mehnat bozorining talabi asosida innovatorlik, va bunyodkorlik kabi 

xususiyatlarga  ega  bo‘lishini  ta‘minlash.  To‟rtinchidan,  tadbirkorlik  faoliyatini 

istiqbolda  rivojlantirishda  ularga  nisbatan  rag‘batlantirishni  amalga  oshirishda 

tadbirkorni  mahsulot    (ish,  xizmat)  sifatining  va  xajmini  yaxshilanishi  va    ilg‘or 

texnika  va  texnologiyadan  foydalanish  darajasini  oshirishi    ko‘rsatkichlariga 

e‘tibor  qaratish  maqsadga  muvofiq.  Bundan  tashqari  tadbirkorlarning  aholining 

ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolini  yaxshilashda,  aholi  bandligini  oshirishda  yangi  ish 

o‘rinlari  barpo  etishning    samarali  yo‘llarini  qo‘llaganligini  qo‘llab  quvvatlash 

lozim.  


Yuqoridagilar  bilan  bir  qatorda  tadbirkorlikni  yaqin  istiqbolda  moddiy-

texnik  ta‘minoti  bo‘yicha  kelgusidagi  amalga  oshiriladigan  ishlar  quyidagilardan 

iborat bo‘lishi lozim: 

- birja, auktsion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish; 

- zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish. 

Bunga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirish nazarda tutiladi: 

- respublikada    ishlab  chiqarilayotgan  mini  uskunalar,  texnologiyalar 

katologini tuzish; 



62 

 

- viloyat  misolida  xom-ashyo,  moddiy-texnika,  mehnat  va  boshqa 



resurslarning 

mavjudligi 

to‘g‘risidagi 

ma‘lumotlar 

bazasini 

takomillashtirish; 

- har  bir  tadbirkorlik  sub‘ektlarining  xom-ashyo  va  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  ehtiyojini  shakllantirish  tizimini 

takomillashtirish; 

- mamlakatda  oziq-ovqat,  chakana  va  ulgurji  savdo  yarmarkalarining  keng 

ko‘lamda faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash. 

Buning  uchun,  albatta,  tadbirkorlarni    axborot-maslahat  markazlari  bilan 

ta‘minlash orqali qo‘llab-quvvatlash zarur 

Xulosa  o‘rnida  shuni  aytish  mumkinki  tadbirkorlik  faoliyatini  o‘sishi  bilan 

mamlakat  iqtisodiyotini  tayanch  tarmoqlarini  rivojlantirish  vazifasini  bevosita  hal 

qilishga  erishladi  va  tadbirkorlik  aholi  bandligini  ta‘minlaydigan  va  uning  asosiy 

daromad  manbai  bo‘lgan  muhim  bo‘g‘inga  aylanadi.  Iqtisodiyotni  izchil 

rivojlantirishning  eng  muhim  omili  o‘lgan  tadbirkorlik,  jamiyatimiz  ijtimoiy  va 

siyosiy  barqarorligining  kafolati,  mamlakatimizni  taraqqiyot  yo‘lidan  olg‘a 

yetaklaydigan faol harakatlanuvchi kuchi sifatida amal qiladi. 

Namangan  viloyatida  tadbirkorlikni  istiqbolda  rivojlantirish  bo‘yicha 

belgilangan  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirishda  quyidagi  holatlarni  hisobga 

olish maqsadga muvofiqdir: 

- viloyatda  tadbirkorlikni  rivojlantirishning  hududiy  dasturini  mintaqa 

xususiyatiga mos ravishda ishlab chiqish; 

- hududiy-sohaviy xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish tizimini tashkil etish; 

- ma‘muriyatchilikni keskin cheklash; 

- yirik korxonalar bilan kichik korxonalar integratsiyasiga erishish; 

- korxonalarning ishlab chiqarish guruhlarini ya‘ni klasterlarni tashkil etish; 

- tadbirkorlikda  innovatsion  faollikni oshirish  va takomillashtirish orqali sifat 

ko‘rsatkichiga erishish. 

 


63 

 

Xulosa 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  PF-4947-



sonli  ―O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasi  to‘g‘risida‖gi 

Farmoniga

12

  muvofiq  qabul  qilingan  2017  —  2021 



yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi 

bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYasini   «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish 

va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishi 3.4.-bandida  Iqtisodiyotda 

davlat  ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish  va  uning 

ustuvor  mavqeini  yanada  kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

rivojini  rag‘batlantirishga  qaratilgan  institutsional  va  tarkibiy  islohotlarni  davom 

ettirish  belgilab  qo‘yilgan.  Buning  uchun  xususiy  mulk  huquqi  va  kafolatlarini 

ishonchli  himoya  qilishni  ta‘minlash,  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznes  rivoji 

yo‘lidagi  barcha  to‘siq  va  cheklovlarni  bartaraf  etish,  unga  to‘liq  erkinlik  berish, 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  uchun  qulay 

ishbilarmonlik  muhitini  yaratish, investitsiya  muhitini takomillashtirish,  mamlakat 

iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 

investitsiyalarni  faol  jalb  qilish,  tadbirkorlik  sub‘ektlarining  muhandislik 

tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va 

soddalashtirish  kabi  vazifalar  belgilab  qo‘yilgan.  Shuningdek,    mazkur  uchinchi 

yo‘nalishadа  viloyat,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlantirish,  ularning  mavjud  salohiyatidan  samarali  va  optimal 

foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. 

Mamlakatimiz  tomonidan  amalga  oshirish  lozim  bo‘lgan  mazkur  vazifalar 

hamda  o‘rganishlardan  kelib  chiqib  mintaqalar  tadirkorlik  muxitlarini  yaxshilash 

va  tadbirkorlik  faoliyatini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  yangicha  yondashuvlarni 

amalga oshirish lozim. 

Viloyatda hudud iqtisodiyotini mustahkamlanishi, mavjud ichki salohiyatdan 

foydalanish  imkoniyatlarini  kuchaytirish,  hudud  aholisi  daromad  darajasini 

                                                        

12

 http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036 



64 

 

oshirish  va  shu  orqali  aholining  turmush  darajasini  ko‘tarishga  oid  amaliy 



tadbirlarni rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyati asosiy omil sanaladi. 

O‘rganishlar  shuni  ko‘rsatdiki  aholining  ish  bilan  bandlik  darajasini 

oshirishda,  mintaqa  mahalliy  bozorini  ichki  resurslar  hisobiga  to‘yintirish  hamda 

hududning eksport salohiyatini oshirishda tadbirkorlik asosiy o‘rin tutuadi.  

Albatta,  bu  boradagi  asosiy  mas‘ulyat  yirik  ishlab  chiqarish  tuzilmalari 

hissasini  va  ahamiyatini  inkor  qilmagan  holda  ko‘p  jihatdan  kichik  va  xususiy 

tadbirkorlik zimmasiga tushayotganligini alohida ta‘kidlab o‘tish joiz. 

Ayniqsa  bu  borada  Namangan  viloyati  singari  iqtisodiyotida  qishloq 

xo‘jaligi  sezilarli  darajada  ustunlikka  ega  bo‘lgan  hududiy  birliklar  rivojlanishida 

kichik va xususiy tadbirkorlik muhim mavqega ega sanaladi.  

SHu  nuqtai  nazardan  Namangan  viloyatida  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlikni rivojlantirish doimo diqqat e‘tiborda bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq.  



65 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

1. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―O‘zbekiston  Respublikasini 



yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi  to‘g‘risida‖gi  PF-

4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.

 

http://lex.uz



.  

2. 


O‘zbekiston  Respublikasining  «Kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni 

rivojlantirishni  rag‘batlantirish  to‘g‘risida»gi  Qonuni.  T.:  «Xalq  so‘zi» 

gazetasi, 1995 y, 21 dekabr 

3. 


O‘zbekiston  Respublikasining  «Tadbirkorlik  to‘g‘risida»gi  Qonuni  // 

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi isloxotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, 

hukumat  qarorlari  va  me‘yoriy  xujjatlar  to‘plami.  I-tom.  -T.:  O‘qituvchi. 

1998. 416 b. 

4. 

O‘zbekiston  Respublikasining  «O‘zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  va 



tadbirkorlik 

faoliyatining 

kafolatlari 

to‘g‘risida»gi 

Qonuni. 

-T.: 


«O‘zbekiston», 1999 y. 

5. 


O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  PF-4947-

sonli ―O‘zbekiston Respublikasini  yanada  rivojlantirish bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni 

6.  Мирзиѐев  Ш.М.  Танқидий  тахлил,  қатъий  тартиб-интизом  ва  шахсий 

жавобгарлик  ҳар  бир  раҳбар  фаолиятининг  кундалик  қоидаси  бўлиши 

керак.  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  нутқи.  Халқ  сўзи 

газетаси 2017 йил 16 январ, № 11. 

7.  Мирзиѐев  Ш.М.  Эркин  ва  фаровон,  демократик  Ўзбекистон  давлатини 

биргаликда  барпо  этамиз.  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг 

лавозимига  киришиш  тантанали  маросимига  бағишланган  Олий 

Мажлис 

палаталарининг 



қўшма 

мажлисидаги 

нутқи. 

http://uza.uz/oz/politics/erkin-va-farovon-demokratik-zbekiston-davlatini-



mard-va-olizh-14-12-2016 

8. 


Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Шавкат  Мирзиѐевнинг  Олий 

Мажлисга Мурожаатномаси. 

http://president.uz/uz/lists/view/1371

 


66 

 

9. 



Karimov  I.A.  2015yil  26  noyabr  kuni  xalq  deputatlari  Namangan  viloyati 

Kengashining  navbatdan  tashqari  sessiyasida  so‘zlagan  nutqi.  ―O‘zbekiston 

ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr.   

10. 


Абатуров  В.  Малый  и  средний  бизнес  в  Корее.  //  Частная 

собственность. №24 (212), 1999. 168 с. 

11. 

Абдуллаев О. Наманган вилояти. Наманган, 1994 й. 148 б. 



12. 

Абдуллаев  О.  Фарғона  водийси:  ижтимоий-иқтисодий  ривожланиш 

жараѐнлари. -Наманган.: Меҳнат, 1991.-215 б. 

13. 


Абдуллаев  О.,  Исмоилов  Р.  Кичик  ва  ўрта  бизнесни  бошқариш.  – 

Наманган, 2001. -115 б. 

14. 

Абдуллаев Ё., Каримов Ф. Кичик бизнес ва тадбиркорлик асослари: 100 



савол ва жавоб. Т.: «Меҳнат», 2000. 186 б. 

15. 


Зяблюк    Н.Г.  Государство  и  малый  бизнес  США.  Социально-

политический аспект. М.: Наука, 1987. 242 с. 

16. 

Мирзаева  Ш.М.  ва  бошқ.  Ўзбекистонда  ишбилармонлик  ва 



тадбиркорликнинг ривожланиши. Тошкент. 1999 й. 156 б. 

17. 


Курс  предпринимательства.  /Учебник  для  вузов.  –М.:  «Финансы», 

ЮНИТИ, 2001 

18. 

Лебедова  С.Ю.  Регулирование  и  поддержка  малого  и  средного 



предпринимательства 

в 

ЕС 



и 

России. 


Манбаа: 

http://www.dis.ru/mang/arxiv/2001/1/6.html

 

19. 


Никологорский Д.Ю. О методах государственной поддержки малого  и 

средного бизнеса. Журнал ―Проблемы теории и практики управления‖. 

№ 11, ноябрь, 2006 г. 

20. 


Рубе В.А. Малый бизнес: История, теория, практика. – М., МГУ,  2000. 

с.78. 


21. 

Российское обозрение малых и средних предприятий 2001. – М., 2002. 

Ресурсный центр малого предпринимательства 

http://www.lib.rcsme.ru

 

22. 


Солиев А ва бошқалар. Минтақавий иқтисодиѐт. Т.: Университет, 2003 

й, 366 б.  



67 

 

23. 



Солиев А, Назаров М, Қурбонов Ш.―Ўзбекистон ҳудудлари ижтимоий-

иқтисодий ривожланиши‖. Т.:  2011, 300 б. 

24. 

Солиев  А.  Иқтисодий  география:    назария,  методика  ва  амалиѐти 



[Матн]:  танлаган  асалар  /  А.Солиев;  маъсул  муҳаррир:  О.Б.Ота-

Мирзаев. – Тошкент: Камалак. 2013. -184 б.   

25. 

Солиев А. Ўзбекистон географияси. Тошкент, 2014 й, 404 б. 



26. 

Тореев  В.Б.,  Вороновская  О.Е.  Эффективность  программ  поддержки 

малого  предпринимательства.  –  М.,  Журнал  «Экономическая  наука 

современной России», № 3, 2002 г. Стр. 73-87. 

27. 

Ўзбекистон  иқтисодий  ахборотномаси.  /илмий  таҳлилий  журнал,  -Т.: 



2005 йил, № 3-4.   

28. 


Егамбердиев  э.,  Хўжақулов  Х.  Кичик  бизнес  ва  тадбиркорлик.  –Т.: 

ТМИ, 2003. 246 б. 

29. 

Ғуломов С.С. Тадбиркорлик ва кичик бизнес. –Т.: ТДАУ, 1998. 214 б. 



Internet saytlari 

1.  http://www.gazeta.uz -  O`zMAA internet-OAV. 

2. http://www.ziyonet.uz – O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim portali 

3. 


http://www.namstat.uz-

 Namangan viloyati statistika boshqarmasi sayti 

4. http://bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya,  referat va kurs ishlarining namuna 

variantlarini o`zida qamrab olgan veb-sahifa. 

5. 

http://www.lex.uz  -  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzuridagi 



axborot bilan ta‘minlash markazi.  

6. 


http://www.mineconomy.uz  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot 

vazirligi.  

7. 

http://www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi. 



8. 

http://kun.uz/ 

9.  http://www.rea.uz 

10. http://www.humanities.edu.ru 

11. http://www.rcsme.ru/lib.as 

12. 

http://www.i-u.ru



 

Document Outline


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling