Himoyaga ruxsat etildi


Download 5.97 Mb.
bet6/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

1) nosog‘lom oila muhiti. Bunday oilalarda ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi munosabatning ijobiy psixologik muhitda emasligi, farzandlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar, oilaviy hamfikrlikning mavjud emasligi bolalarda agressiv xulqatvorning shakllanishiga imkon yaratadi. Bolalardagi agressivlikning namoyon bo‘lishi oilaviy muhitning ta’sir darajasiga bog‘liqdir;
2) tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida, tengqurlari bilan bo‘lgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni o‘zlariga singdiradilar. Aksariyat hollarda, bolalar tengdosh do‘stlarining xattiharakatlarini kuzatib, o‘zlarini agressiv boshqarishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar o‘z tengdoshlari safidan siqib chiqariladi. Bunday bolalar o‘zlarini xo‘rlangandek his qilib, o‘zlari kabi agressiv bolalar guruhidan joy topishga urinadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug‘dirmay qolmaydi;
3) ommaviy axborot vositalari. U bugungi kunda bolalarga ta’sir etayotgan eng kuchli quroldir. Bu borada internetning ta’siri kuchayib bormoqda. Bolalar internet aloqalari orqali o‘z tabiatlariga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar bilan ham tanish- moqdalar. Shuningdek, televideniyeda namoyish etilayotgan turli jangari filmlar, ko‘rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir qilmoqda9. Bir qator psixologlarning ta’kidlaricha, oiladagi muhit, ota-ona va otaona bilan bola o‘rtasidagi munosabat, oilaviy hamjihatlik yoki aksincha, kelisha olmaslik, opa-singillar, aka- ukalar bilan yaqinlik darajasi, farzandi tomonidan qilingan noto‘g‘ri, yanglish xatti-harakatlarga nisbatan ota-onaning reaksiyasi –oilada shakllanishi mumkin bo‘lgan agressiv xattiharakatlarning omillari hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda har yili uch mingdan besh minggacha bolalar o‘z ota- onalarining ularga nisbatan shafqatsiz munosabatlarining qurboni bo‘lmoqda. Shu bilan bir qatorda, 16 % bolalar o‘z aka- opalari tomonidan jismoniy jazo usuli:savalash, kaltaklash bilan jazolanmoqda. Aniqlanishicha, AQSHda o‘gay ota onalar bir yilda 400 marotaba jinoyat sodir etadilar.
Oiladagi farzandlarning mushtlashuviga ota-onalarining aralashuvi natijalarini o‘rgangan R. Felson, bola boshqa bolalardan ko‘ra, ko‘proq o‘zining yagona ukasi yoki singlisiga nisbatan jismoniy va verbal agressiyani ko‘rsatishini aniqlagan. F.Galle va boshqalar kollej talabalaridan ularning oila- laridagi zo‘ravonliklar haqida ma’lumotlarni to‘pladilar10. Ularni talabalar ulg‘aygunlariga qadar otaonalarining munosabatlari, ota-onalar va farzandlar, farzandlarning o‘zaro (jumladan, sinovdan o‘tayotgan shaxslar) o‘rtasidagi munosabatlar qiziqtirgan. Respondentlardan yana bir necha taxminiy vaziyatlarda o‘zlarini agressiv tutish ehtimolini bashorat qilib berish ham so‘ralgan edi. Tadqiqotlar natijasi oilada farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar zo‘ravonliklarning bor yoki yo‘qligini, ularning har birining individual agressivlik darajasini oldindan aytib berishga imkon beradi, degan fikrni tasdiqladi. Bir oiladagi farzandlar o‘rtasidagi agressiv munosabatlar (sinovdan o‘tayotgan shaxsning uka yoki singlisiga nisbatan, uka yoki singlisining sinovdan o‘tayotgan shaxsga nisbatan, aka-uka va opasingillarning bir-biroviga nisbatan) va sinovdan o‘tayotgan shaxsning o‘zining agressivligi haqidagi bashoratlari o‘rtasida kuchli korrelyatsiya mavjud bo‘lib chiqdi. Sinalayotgan shaxsning aka-ukalari va opa singillariga nisbatan zo‘ravonliklari haqidagi ma’lumotlar asosida esa agressiv xulq-atvorning boshqa jihatlarini bashorat qilish mumkin.
Tadqiqotchilar agressiyaning rivojlanishida aka-uka va opa-singillar munosabatlarining muhimligini alohida ta’kidlaydilar. Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, bir oila farzandlari o‘rtasidagi zo‘ravonlik barcha boshqa oilaviy munosabatlardan ko‘ra individning ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelish mumkin. S. Pattersonning fikricha, aka-uka va opa-singillar ularning hayotlarini buzuvchi jarayonda bir-biriga ustozdirlar. U oddiy bolalarning aka- uka va opa-singillaridan farqli ravishda agressiv bolalarning aka-uka va opasingillari hujumiga qarshi hujum bilan javob qaytarishga moyilligini, bu esa jismoniy qarama-qarshilikning uzoq davom etib, ko‘payib ketishi ehtimoli oshishini aniqlagan.11 Ba’zi ota-onalar tarbiyalashda ongli ravishda aralashmaslik siyosatini qo‘llaydi, ya’ni bolaga o‘zi istagandek ish tutishga yo‘l qo‘yib beradi yoki shunchaki oilaga hech qanday e’tibor qaratmaydi, bolaning fe’l-atvori to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘ylamaydi. Boshqa otaonalar esa tez-tez aralashadilar: goh rag‘batlantiradilar (ijtimoiy normalarga xos fe’l-atvor uchun), goh jazolaydilar (qabul qilib bo‘lmas agressiv fe’l-atvor uchun). Ba’zi paytlarda ota-onalar ongsiz ravishda agressiv harakatlar uchun rag‘batlantirib, jamiyatda qabul qilingan fe’latvor uchun esa jazolab qo‘yadilar. Xoh bilib, xoh bilmay amalga oshirilgan mustahkamlash agressiv xulq-atvorning shakllanishini belgilab beradi. E. Erons va uning hamkasblari agressiyaning bir qator mezonlari va shakllanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash yo‘lida longityud tadqiqotlar o‘tkazdilar. Tadqiqotchilar tekshiriluvchilardan, ularning otaonalari va tengdoshlaridan uch marotaba: birinchi marta, sinovdan o‘tayotganlar 3-sinfda o‘qiganda, keyin 10 yil, keyin yana 22 yil o‘tgandan so‘ng ma’lumot to‘plaganlar. Birinchi tadqiqotda 800 nafardan ortiq 3-sinf o‘quvchilari ishtirok etganlar. Bolalarning agressivlik darajasi tengdoshlari tavsifiga ko‘ra aniqlangan. Barcha bolalardan agressiv o‘quvchi (masalan, turtadigan, itaradigan)larni sanab o‘tish so‘ralgan. Jazoning qattiqligi ota-onalarning bolalarining agressiv xulq- atvoriga nisbatan, odatda, qanday munosabat bildirishlari haqida 24 savolga bergan javoblari bo‘yicha o‘lchangan. Qonun-qoida doirasidagi jazolarga o‘zini to‘g‘ri tutish va xulq-atvorini o‘zgartirgach, rag‘batlantirish, o‘rtacha jazolarga tanbeh va koyish- lar, qattiq jazoga esa shapaloqlab va boshiga urishlar kirgan. E. Erons va boshqalar shuni aniqladilarki, qattiq jazo olgan bolalar tengdoshlari tomonidan agressivroq deb tavsiflangan. S. Patterson va Stautxamer-Leber oilaviy boshqaruvning xususiyati va g‘ayriijtimoiylik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan. Tadqiqotchilar 5–7 va 10-sinfda o‘qiydigan 200 nafardan ziyod o‘g‘il bolalarning oiladagi munosabatlarini tahlil qilganlar. Ular oilaviy boshqaruvning ikki mezoni – nazorat (g‘amxo‘rlik va bolalari hayotidan xabardorlik darajasi) va ketma-ketlik (qo‘yiladigan talablardagi va intizomiy choralar uslubidagi bir xillik) bolaning politsiyaga olib kelinishi soni va uning o‘z hayot tarziga jamiyatda o‘rnatilgan normalarga munosabatidan kelib chiqib bergan shaxsiy bahosi bilan bog‘liqligini aniqlaganlar12. Bunday hollarda, odatda, o‘g‘illari fe’l-atvorini kuzatib bormagan va jazolarda nomuntazamlikka yo‘l qo‘ygan ota-onalarning farzandlari o‘zlarini g‘ayriijtimoiy ravishda tutganlar. S. Patterson va Stautxamer-Leber o‘z ishlari natijasini quyidagicha tushuntiradilar: «G‘ayriijtimoiy bolalarning ota-onalari ularning vaqtini qanday o‘tkazishlariga, oshna-og‘aynilarining kamligiga va mashg‘ulotlarining qandayligiga befarqday tuyuladi. Ular jazo sifatida farzandi istagan narsalarni man qilish yoki mayda xarajatlari uchun pul bermaslik kabi usullardan foydalanmaydi. Agar ular umuman bunday narsalarga e’tibor berib qolsalar, ish ko‘p hollarda aql o‘rgatish, urishish va po‘pisa qilishga borib taqaladi, nima bo‘lgan taqdirda ham, bunday do‘qlar samarali natijaga olib kelmaydi».

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling