Himoyaga ruxsat etildi


III BOB. O‘SMIRNING O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCHIGA TA’SIR QILUVCHI HOLATLARNING PSIXODIAGNOSTIKASI VA METODIK TA’MINOTI


Download 5.97 Mb.
bet2/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

III BOB. O‘SMIRNING O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCHIGA TA’SIR QILUVCHI HOLATLARNING PSIXODIAGNOSTIKASI VA METODIK TA’MINOTI.
3.1. Oiladagi ijtimoiy-psixologik muhitni aniqlashga qaratilgan fikrlar tahlili.…
3.2. Oilada o‘smir xulq-atvoridagi psixalogik holatlarning empirik tahlili……..
XULOSA .............................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………….
ILOVALAR …………………………………………………………………….
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. O‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga har qachongidan ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu davrda fikrlaydigan, ijod qiladigan yoshlarni tarbiyalash eng asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki qaysi jamiyat ko‘proq ma'naviy yetuk, ruhan pok, jismonan sog‘lom komil insonlarni tarbiyalab ularni voyaga yetkazsa, ana shu jamiyat barqarorlik va barkamollikka erishishi muqarrardir.Bola uning tarbiyasi yetuk shaxs sifatida shakllanishida,uning o’ziga bo’lgan ishonchida oilaning,ota-onaning roli nihoyatda kattadir.Oilada bolaning aqliy faoliyati kamol topadi.Dunyo qarashi va tafakkuri shakillanadi. Bolaning bilimi,qobilyati va malakalarining shakillanishi aynan oila va oilaviy tarbiyaga bog’liqdir.Ta'limning jamiyatimizni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma'naviy taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyati inobatga olinib, 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs kamoloti asosiy masala sifatida e'tirof etilib, ta'lim tarbiya tizimini tubdan isloh qilish uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni1, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni1, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu bitiruv malakaviy ishimiz muayyan darajada xizmat qilishi mumkin.
Darhaqiqat kelajak avlod haqida qayg‘urish sog‘lom, barkamol, komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazishga intilib yashash o‘zbek xalqining milliy xususiyatlaridan biridir. Ma'lumki ta'lim-tarbiya ongning mahsuli va ongning darajasi bo‘lishi bilan birga ongning rivojlanishini ham belgilaydigan omillardan biridir. Inson mohiyatan ong egasi, u aql yo‘rig‘i bilan ish tutadigan odamzot. Uning boshqalardan farqi ham ana shundadir. Demak shaxsning xatti - harakati, xulq-atvori, insonlarga munosabati, vazifasi va burchini anglash darajasi ham ong mahsuli sanaladi. Ong fe’l-atvorimiz doirasida namoyon bo‘ladi va aqlimiz darajasini belgilaydi.O’ziga bo’lgan ishonchning rivojlanishiga ko’plab omillar ta’sir qiladi.Ayniqsa ota-onalarning farzandga munosabati bolalarning o’ziga nisbatan ishonch his-tuyg’ulari uchun juda muhim,ayniqsa bolalarning o’smirlik yillarida.Ota-onalar rozi bo’lganda bolalar o’zlari haqida yaxshi his-tuyug’ular uchun mustahkam poydevor oladilar.
Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda insonlararo munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xarakteristkalaridan biri o’ziga bo’lgan ishonchdir. Hozirgi kunda insonlarda kuzatilayotgan tushkunlik,o’ziga,imkoniyatlariga ishonmaslik holatlarni namoyon bo‘lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorni oldini olish yoki nazorat qilish masalalarini o‘rganish psixologlar uchun asosiy masala bo‘lib kelmokda. Bugungi kunda ota-onalar bilan suhbatlashsangiz, ularning aksariyati farzandlar bilan ayniqsa o‘smirlik yosh davridagi bolalar bilan muomala munosabatlarida bo‘lish murakkablashib borayotganligini ta'kidlaydilar. Bugungi kunda o‘smirlarning ijtimoiy moslashmaganligi masalasi dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Ayniqsa bu omil o’ziga ishonmagan o‘smirlar sonini ortishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Bizga ma'lumki, inson odobli yoki odobsiz, olijanob yoki egoist, jinoyatchi yoki sog‘lom xulqli shaxs bo‘lib dunyoga kelmaydi. Balki shaxsdagi u yoki bu xildagi xususiyatlar va ustanovkalar kishining ijtimoiy hayot faoliyati,oilaviy muhiti,ota-ona tarbiyasi uni qurshab olgan ob'ektiv shart-sharoitlar va voqea-hodisalar ta'sirida vujudga keladi. Ushbu shart-sharoitlar va ob'ektiv munosabatlar xarakteri individning shaxs sifatida shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, aytish mumkinki, ijtimoiy turmush shart-sharoitlari pirovard natija inson xulq-atvorining shakl va tamoyillarini belgilab beradi.
Shunday ekan bu masalalarni yaxshilash, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va shu orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar bo‘lib,o’smirlarni o’ziga ishongan bo’lib, shakllanishini ta'minlash har bir oila a'zosining, mahalla ko‘yning, rahbariyatning, keng jamoatchilikning asosiy va muhim vazifasi bo‘lmog‘i darkordir.
Yuqoridagilardan o’smir xulq-atvoridagi salbiy va ijobiy holatlar masalasi nafaqat hozirgi kunda, balki insoniyatning taraqqiyoti mobaynida ham qanchalar dolzarb bo‘lib kelganligi ayon bo‘ladi.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling