Himoyaga ruxsat etilsin Fakultet dekani p f. f d (PhD) M. T. Hamdamova
Yangi tizimga o‘tilsa, qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Download 75.25 Kb.
|
ABDIRAXIMOVA YULDUZXON.KURSISHI2
2.2 Yangi tizimga o‘tilsa, qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Mazkur tizimning oliy ta’limga joriy qilinishi o‘qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil o‘qib-o‘rganib, o‘z ustida ishlashiga zamin yaratadi. Bugungi kunda Yevropa kredit tizimi ko‘hna qit’aning deyarli barcha oliy o‘quv yurtida amaliyotga joriy etilgan. Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan obyekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham talabalarning mustaqil ta’lim olishiga qaratiladi. O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi. Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim o‘qituvchi va kursdoshlaridan yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlaydi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tish oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilariga bo‘lgan majburiyat hamda talabni ham oshiradi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, modulli o‘qitish tizimi bilan o‘qituvchi nafaqat axborot beruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalarini, balki maslahatchi hamda muvofiqlashtiruvchilik vazifalarini ham bajaradi. Pedagogik jarayonda o‘qituvchining yetakchilik roli saqlab qolinadi. Yana bir gap. Ta’limning kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi. Chunki bitta universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit yo‘qotmasdan bir universitetdan boshqasiga o‘tishi mumkin. Aynan ushbu tizim o‘zbekistonlik talabalarning ilg‘or xorijiy universitetlarda o‘qishini davom ettirishiga hamda murakkab byurokratik to‘siqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratadi. Ammo shuni ham qayd etish lozimki, har qanday xalqaro tajribani ko‘r-ko‘rona, o‘z qadriyatlarimizni hisobga olmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish, uning har bir elementini chuqur tahlil qilmasdan, ilmiy asoslarga tayangan holda amalga oshirilmas ekan, kelajakda ma’lum bir salbiy holatlarning yuzaga kelishini ham unutmaslik kerak. Ya’ni ushbu tizim bizning dunyoqarashimiz, shart-sharoit, barkamol insonni voyaga yetkazishga qaratilgan qadriyatlarimizga to‘la-to‘kis mos keladi, degani ham emas. Shu sababli, o‘quv jarayonining faol elementlari hisoblanmish professor-o‘qituvchi va talabaning ham bu boradagi qarashlarini o‘zgartirishimiz, mazkur tizim talablarini ularga singdirishimiz, o‘ziga xos madaniyatni shakllantirishimiz darkor. Zero, mehnat bozori talabiga mos kadrlarni tayyorlamas ekanmiz, raqobatda o‘z o‘rnimizni, mavqeimizni yo‘qotishimiz muqarrar ekanligini his qilishimiz lozim. Ammo oldimizda bundan yaxshiroq yo‘l ham, tanlov ham yo‘q. Nega deganda, barcha rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari ushbu yo‘ldan yurib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda. An’anaviy oliy ta’lim tizimimiz dunyoda tan olinmaganidan keyin, biz ilg‘or standart va tizimlarni oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etishga majburmiz. Shunday ekan, yangilikka intilish, oliy ta’lim tizimini tubdan qayta isloh qilish bo‘yicha boshlangan harakatlarni davom ettirish har tomonlama to‘g‘ri qarordir. Eslatib o‘tamiz, 2020-yil aprel oyida “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etilgan, hujjatda universitetda ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshirilishi belgilangandi. May oyida esa Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent transport universiteti tashkil etilishi, 2020/2021-o‘quv yilidan universitetda kredit-modul ta’lim tizimi joriy qilinishi haqida xabar berilgan. Iyun oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish hamda agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ham institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etilishi xususida ma’lumot berilgandi. Taklif etilayogan bu maqola, rivojlangan davlatlar eksperimentlari asosida O’zbekiston OTM o’qitish amaliyotida kredit – modul tizimini joriy etish va aynan, matematika sohalarini o’qitishga bu tizimni tadbiq etish masalalarini yoritishga qaratilgan. Birinchi navbatda, biz muhokama qilinadigan tushunchalarni ochib berishimiz lozim. Zero, o’rta asrlarda yashab o’tgan ingiliz faylasufi Frensis Bekon shunday degan edi: kuchli nizolarni bartaraf etishning asosiy kaliti, muammodagi har bir terminologiyani mantiqan to’g’ri tahlil etishdir. Ularni qolganlarga to’laligicha tushuntirib bera olish esa, muammoni oldindan hal etadi6. Kredit - modul tizimi – mustaqil ta’lim olishga qaratilgan va individuallik asosida bilimni ijodiy o’zlashtirish, o’quv jarayonini qat’iy belgilangan holda ta’lim yo’lini tanlash va kredit holida bilim hajmini belgilovchi tizimdir. Bu tizim hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida umumiy yo’lga qo’yilgan, vaqt sinovlarida o’zini yetarlicha oqlagan va bir biridan farq qiluvchi, lekin bir – birini o’zaro to’ldiruvchi ikkita – modul va kredit o’qitish texnologiyalarini birlashishidan hosil bo’lgan. Modul – alohida o’quv fani (yoki uning qismi) bo’lib, o’zida tegishli bilim hamda kasbiy jihatlarga doir ma’lumotlarni qamrab oladi. O’qitishning modul tizimi talabaning fan dasturini o’rganishi natijasida shakllanadigan bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan, talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari o’tkazilinadi. Modulli o’qitish – tartibli o’qitish demakdir. Bunda o’quv materiali bitta o’quv mashg’uloti hajmida, o’quv predmetining biror mavzusi yoki biror bo’limi darajasida, ba’zan esa o’quv fanining yirik tarkibiy qismida, ya’ni, bloklar tarzida ham o’qitish mumkin, deydi Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv uslubiy boshqarma boshlig’i Ixtiyor Jo’rayev. – Modullar, birinchi navbatda, ta’lim mazmuniga daxldor tushunchalar, qoidalar, nazariyalar, qonunlar va ular orasidagi umumiy bog’lanishni ifodalovchi qonuniyatlarni tushuntirishga samarali xizmat qiladi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o’zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa, yo’naltirilgan obyekti tomon mustaqil ta’lim olishga qaratilinadi. Akademik kredit tizimi esa, talabaning oliy o’quv yurtida samarali bilim olishini aniqlab beradigan standartlashtirilgan baholash tizimidir. Kredit – talaba tomonidan tegishli o’quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soatlar) dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega. Oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibi, har bir modul bo’yicha kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va umuman o’qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to’planishi lozim bo’lgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil belgilaydi. Akademik kredit tizimining o’ziga xos tomonlaridan yana biri, xalqaro umumta’lim standartlariga mos kelishi va ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish muammolari, jahon tendentsiyalarini hisobga olgan universal ta’lim dasturlarini mutanosibligidir. Talabalarda xorijiy davlatlar universitet ta’lim darajasiga erkin kirish imkoniyatlari vujudga keladi, bakalavr va magistratura bitiruvchilarini barcha davlatda ishga joylashish huquqlari paydo bo’ladi. O’zbekiston OTM o’qitish amaliyotida kredit – modul tizimini joriy etish nima uchun kerak? Bu savolimizga O’zbekiston OTM faoliyatida hozirgacha amalda qo’llanilib kelinayotgan an’anaviy tizimimizning ko’zga ko’rinadigan kamchiliklarini ko’rsatish orqali javob topamiz. - O’zbekiston OTM faoliyatida hozirgacha amalda qo’llanilib kelinayotgan an’anaviy tizim hozirgi tezkor axborot asri talablarini bajara olmasligi; - O’zbekiston OTM larida talabalar asosan, tinglovchi bo’lib qolayotganligi, natijada amaliyotning sustligidan yetishib chiqqan kadrlarning sohalarda yaxshi natijalar bera olmayotganligi; - Baholash tizimidagi bo’shliqlarning ko’pligi, va buning natijasida baholash jarayonlarida korruptsiyaning ildiz otishi; - Talabaning novatorligi sustligi. Ya’ni, bu tizimda talabaga vazifa beriladi, talaba esa uni bajaradi va shu orqali baho oladi. Talabaning ijodiy, mustaqil ishlarga kam urg’u beriladi; - Eng muhimi, bu tizimning jahonning rivojlangan ta’lim tizimlariga mos emasligi. Bu esa, ular bilan raqobatga tayyor emasligimizga asosiy sabab bo’lmoqda. Bunday sharoitda biz, O’zbekiston OTM faoliyatini kuchli isloh etish, ularni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kiritish, erkin va ijodiy ta’lim berish mukammal sturukturalarini ishlab chiqish, jahon standartlariga to’laligicha mos keluvchi sifatli ta’limni amalga oshirish uchun dunyo tajribasiga asoslangan – kredit – modul tizimini tanladi. Xo’sh, bu borada O’zbekiston ta’lim tizimida qanday ishlar amalga oshirildi? Masalan, 2013 – yildan buyon mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, 2016-2017 – o’quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar o’qitishning modul tizimi asosida ta’lim olayotgan bo’lsa, 2019-yil 8- oktabrdagi O’zbekiston Respublikasining Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son Farmonida oliy ta’lim muassasalarining o’quv rejalarini kredit – modul tizimiga o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma – bosqich mazkur tizimiga o’tkazish masalalari vazifa qilib qo’yildi. Bunga ko’ra, 2018 – 2019 -yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kredit – modul tizimiga o’tildi. Shuningdek, ayni paytda kredit-modul tizimi joriy etilgan OTMlar soni 2 tadan 85 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Nodavlat, davlat – xususiy sheriklik asosidagi OTM lar soni esa, 35 taga yetkazilinadi. Bundan tashqari, nazariyani amaliy ko’nikmalarga almashtirish bo’yicha ham farmonda alohida ta’kidlangan. Hozir bizda ta’limning 40 foizigacha mustaqil ta’lim uchun ajratilgan bo’lsa, konsepsiyaga ko’ra, bu ko’rsatkich 2030- yilgacha 60 foizgacha yetkazilinadi. Endi, maqolamizning asosiy mazmun – mohiyatini ochib beruvchi savolni qo’ymoqchiman. Aynan, matematika sohalarini o’qitishga bu tizimni tadbiq etish nima uchun kerak? Hammamizga ma’lumki, matematika sohalarini o’rgatuvchi fanlar kuchli fikr va tafakkurni talab etadi. Bu fanlarni o’qitish esa, boshqa soha fanlarini o’qitishga nisbatan murakkabroq jarayon. Bu fanlarni o’qitish va o’rganish uchun OTM larida kredit – modul tizimini tadbiq etish ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, matematikani amaliyotga qo’llash uchun zamin yaratadi. O’zbekistondagi matematika sohasini o’rgatuvchi Oliy ta’lim muassasalarini jahon miqiyosdagi nufuzli matematka universitetlari bilan hamkorliklarni yo’lga qo’yishga imkon yaratadi. Kredit – modul tizimiga o’tish matematika sohasidagi talabalarga qanday imtiyozlar beradi: Birinchidan, akademik mobillik – talabalar kreditlarini saqlagan holda, istalgan mos oliygohga o’qishni qiyinchiliksiz ko’chirib o’tishlari mumkin bo’ladi. U xoh, jahon universiteti, xoh, o’zimizdagi istalgan OTM bo’lishining ahamiyati yo’q. Faqat, talaba to’plagan krediti ko’chirib o’tish kerditiga yetsa bo’lgani. Ikkinchidan, talabalarga o’qituvchini tanlash erkinligi beriladi. Bu orqali, o’qituvchi va talaba o’rtasida akademik muloqot ta’minlanadi. Uchinchidan, talabalar o’z istaklaridan kelib chiqqan holda, fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Albatta, bu o’rinda majburiy o’rganilishi lozim bo’lgan (mutaxassis) fanlar ham bor, ammo talaba mustaqil tanlov fanlarini belgilay oladi. Matematika sohasidagi talabalar uchun bu ayni muddao. Sababi, ular mutaxassis fanlarini mukammal o’rganishlari uchun bu ularga yetarlicha vaqt beradi. To’rtinchidan, talabalarga ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va qo’yiladigan baholarning oshkoraligini ta’minlash yo’lga qo’yiladi. Bu esa, o’z - o’zidan ta’lim tizimidagi korruptsiyani barham topishini ta’minlaydi. Amaldagi o’qitish tizimidan farqli o’laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Talabalar o’qishdan haydalmaydi yoki kursdan kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig’olmasa, o’sha fanning o’zidan qayta o’qish va qayta imtihon bo’ladi, xolos. Qayta o’qish – bu birinchi darsdan to oxirgi darsgacha o’tilgan ma’ruza, labaratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Qayta o’qish pullik. Uning kredit summasi kontrakt summasidan kelib chiqib hisoblanadi. Oliy ma’lumot olinganligi to’g’risidagi diplom esa, belgilangan kreditlar yig’ilgandan so’nggina beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o’qituvchisi, 50 foizini OTM rahbariyati qo’yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, uyga vazifalar va amaliy mashg’ulot (labaratoriya) ishlarini professor – o’qituvchilar baholaydi. Yakuniy nazorat OTM rahbariyati tomonidan olinadi. Unda o’qituvchi – professor ishtirok etmaydi. Mutaxassislar fikricha, kreditlarni yig’ish uchun talabalardan darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni vaqtida bajarish, o’z bilim saviyasini namoyon etish talab etiladi. O’zbekistondagi OTM larini kredit – modul tizimiga o’tkazish uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak? Avvalo, buning uchun har bir OTM lari uchun Oliy ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan OTM larida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora – tadbirlari to’g’risida nizom ishlab chiqish. Va bu asosda, ta’lim jadalligini ta’minlash maqsadida chet el OTM lari amaliyotidan kelib chiqqan holda, o’qitish sistematik dasturini ishlab chiqish. Kredit–modul tizimining eng katta afzalliklaridan biri – fanlarni asosli ravishda qisqartirishni barcha OTM larda joriy etish. Misol uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida avval, o’quv reja bo’yicha 43 ta fan bo’lgan bo’lsa, kredit – modul tizim joriy etilgandan so’ng, ularning soni 31 taga kamaydi. Talabarga berilgan mustaqil ish, uyga vazifa va labaratoriya topshiriqlari uchun, OTM tomonidan maxsus sayt yaratilinishini ta’minlash. Bu saytga talabalar, vazifalarni berilgan tartibda yuklab boradilar, o’qituvchiga esa uni og’zaki himoya qiladilar. Bunda talabaning reyting ko’rsatkichi ham online, ham o’qituvchi tomonidan deadline belgilanib boriladi. O’z vaqtida mustaqil ish va uyga vazifalarni saytga yuklamagan talabalar baholanmaydi. Bu tizimda qayta topshirish degan gap yo’q. Faqat qayta o’qish mumkin Matematika sohasidagi talabalar uchun har semestr oxirida dunyo standartlari asosida tuzilgan nazorat va test topshiriqlarini tashkil etish va ular asosida talabalarni bilimlarini mustahkamlashni tashkil etish. Bu, talabalarimiz bilim saviyasini dunyo standartlariga javob bera olishini ta’minlaydi. Matematika sohasidagi talalabalarga maxsus matematik yordamchi dasturlar (MATlab, MATHcad, geogebra…) dan foydalanish ko’nikmalarini o’rgatish va ulardan amaliyotda keng ko’lamda foydalanish shart – sharoitlarini yaratish. Bu ularga fan nuqtai nazaridan hisob – kitoblarni tezlikda bajarish va matematik tasavvurlarini kengroq shakllantirishda juda katta yordamchi bo’lib hizmat qiladi. Keng bazali kutubxona resurslarini ham bosma, ham elektron shakllari bilan barcha OTM larni ta’minlash. Albatta, talabalarimizning bunday tizimga moslashishlari uchun yetarlicha vaqt kerak. Ularni bunga tayyorlash avvalo, pedagog ustozlarning vazifasi. Shuning uchun bunday sistemani shakllantirish uchun, avvalo, OTM larini professional va yetuk malakali ustozlar bilan ta’minash lozim. Shu bilan birga ta’lim kredit – modul tizimi o’quv jarayonini tashkil qilish tamoyillarini takomillashtirish, talabalarni bilimini nazorat qilish, oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchi – professorlar tarkibini moddiy rag’batlantirish va mehnat haqqini yaxshilash tamoyillarini ko’rib chiqishni talab etadi. Bundan tashqari, talabalarni o’quv qo’llanma va materiallar bilan ta’minlanganlik, amaldagi me’yorlarni ta’lim krediti tizimini talablariga mos bo’lishi, zamonaviy jihozlar va ko’paytirish texnikasi bilan jihozlangan shaxsiy matbuot markazini mavjud bo’lishi muhimdir. Ishonchim komilki, bunday tizimni O’zbekiston ta’lim tizimiga olib kirish mamlakatimizning hamma sohalarining rivoji yo’lidagi katta burilishni yasaydi. Zotan, oliy ta’limdan yetishib chiqqan bilimli, kreativ kadrlar yurtimiz kelajagi poydevoridir. Maqola oxirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kredit tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Farhod Alisherovni so’zlarini keltirmoqchiman: ”Bilasizmi, ko’p talabalar kredit – modul tizimi nimaligini haligacha tushunib yetganlari yo’q. xattoki, tizimni xushlamayotganlar ham yo’q emas. sababi negaligini mendan ko’ra yaxshiroq tushunib turibsiz… Hatto, oldingi tizim tarafdorlari ham topiladi. Ularga savol: xo’sh, aytingchi, avvalgi tizim zo’r ekan, nega unda ta’lim tizimimizning tanqiddan boshi chiqmay qoldi?.. Ammo, yangi tizim, yangi ta’lim hammasini o’z izmiga solmoqda. Talabalardan so’ralayotgan yagona narsa bu – chuqur bilim egallash! Endi boshqachasiga ta’lim olish, o’quv jarayonini davom ettirish mumkin emas!” Talaba birinchi bosqichga qabul qilinganda unga institutda joriy qilingan “HEMIS” maxsus elektron ta’lim platformasining login-parollari beriladi. Mazkur tizim platformasida 1 fandan 4-5 nafar professor-o‘qituvchi dars beradi. Talabalar elektron ta’lim platformasi orqali har bir professor-o‘qituvchining shaxsiy sahifasiga tashrif buyurib, uning ma’ruza o‘qiydigan fani bo‘yicha, xususan, professor-o‘qituvchining sillabusi, dars o‘tish metodlari, qaysi mavzular doirasida dars o‘tishi, baholash uslubi, ilmiy izlanish yo‘nalishlari, o‘quvuslubiy ishlanmalari, kasbiy yutuqlari va boshqa ta’lim jarayoniga oid o‘zini qiziqtirgan barcha savollari bo‘yicha, to‘liq ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi. Talabaga shu ma’lumotlar asosida mustaqil qaror qabul qilgan holda professoro‘qituvchini tanlash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, professor- o‘qituvchini tanlash jarayonini samarali tashkil etish hamda yanada soddalashtirish maqsadida institutning rasmiy veb- sayti(www.tfi.uz)dagi maxsus (http://vm.tfi.uz) ruknga tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar tomonidan oldindan tayyorlangan video ma’ruzalar bilan tanishgan holda tanlovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. Institutda ta’lim jarayonining bunday tashkil etili shi har bir professor- o‘qituvchidan talabalar ishonchi va e’tiborini qozonish uchun o‘z ustida doimiy izlanishni hamda malakasini oshirib borishni talab etadi. Aks holda, talabalar ishonchini qozonolmagan professor- o‘qituvchining o‘quv yuklamasi tabiiy ravishda qisqarishi ehtimoli paydo bo‘ladi. Institutda kredit- modul tizimini joriy etishda kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlardan yana biri talabalar mustaqil ta’limi hamda masofaviy ta’lim shakllari va usullarining keng qo‘llanilishidir. Joriy o‘quv yilida haftalik o‘qish kunlari 5 kunni tashkil etgan bo‘lsa, yangi o‘quv yilidan haftalik 4- 5 kunlik o‘qishga o‘tish, qolgan 1 kun mustaqil ta’lim (masofaviy shaklda), yana bir kun esa amaliyot ob’ekti yoki ijtimoiy soha ob’ektlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoq da. Joriy o‘quv yilida pandemiya sharoitida masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘yicha orttirilgan tajriba uni, kelgusi o‘quv yillarida ta’lim jarayonida keng qo‘llashga imkon beradi. Bunda institutda tashkil etilgan masofaviy ta’lim platformasi (www.tfi.uz sayti: videoma’ruzalar, ARM fondi, “HEMIS” elektron platformasi), shuningdek, telegram ijtimoiy tarmog‘i, elektron video-aloqa dasturlari (Zoom, Facebook, Telegram, Googleclass) va boshqa shu kabi vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi. Kredit-modul tizimining alohida xususiyatlaridan biri bo‘lgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA (Grade Point Average)ning qo‘llanilishi kadrlar iste’molchilari tomonidan bitiruvchilar bilimi, mutaxassislikni o‘zlashtirish darajasini baholashga imkon berishi bilan bir qatorda kelgusida o‘qishni davom ettirish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ham asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Xorij tajribasida ish beruvchilar tomonidan ta’lim oluvchining o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA)ga alohida e’tibor qaratilishi talabalar tomonidan bu ko‘rsatkichni muntazam oshirib borishga motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Institutda kredit-modul tizimini joriy etishdagi ijobiy holatlardan yana biri — bu talabalar akademik mobilligining ta’minlanishidir. Akademik mobillik talabalar almashinuvi asosida xorijiy hamda mahalliy oliy ta’lim muassasalarida davriy o‘qishi bo‘yicha o‘zlashtirgan kreditlarini tan olinishini anglatadi. Jizzax davlat pedagogika institutining maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq kelgusida ko‘plab talabalarning yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida semestrlik o‘quv kurslariga yuborilishida akademik mobillikning ta’minlanishi, talabalarda ta’lim dasturini o‘zlashtirishda (kerakli kreditlarni jamg‘arishda) muammolar kelib chiqishining oldini oladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar asosida Jizzax davlat pedagogika institutida o‘quv jarayonining kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadi, xalqaro ta’lim tizimiga integratsiyalashuvni kuchaytiradi va kengaytiradi. Bu esa zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan sifatli kadrlar tayyorlanishiga hamda institut reytingining mahalliy hamda xalqaro darajada yanada yuksalishiga xizmat qiladi. Xulosa Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz OTMlari kredit-modul tizimiga o‘tishi bu muayyan miqdordagi kreditlarni yil, semestr va fanlar bo‘yicha taqsimlab qo‘yishning o‘zidan iborat emas. Afsuski, hozirda ayrim OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tishni shunday tushunishmoqda. Agar kredit-modul tizimi to‘g‘ri va to‘liq joriy etilsa, u mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga juda katta ijobiy xususiyatlarni olib kirishini kutish mumkin. Jumladan, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning jahon tan olgan mukammal o‘lchov birligining olib kirilishiga, OTMlar o‘quv dasturlarida muvozanat va me'yor paydo bo‘lishiga, OTMlarda o‘qish jarayonining shaffoflashishiga, o‘quv dasturlari iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlari asosida shakllanishiga, darslarning sifati yaxshilanishiga va nihoyat har bir talaba ma'lum ma'noda o‘zining mustaqil o‘quv dasturiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. Agar mahalliy OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tsalar-u, yuqoridagi maqsadlarga erisha olmasalar yoki erishishga harakat qilmasalar, unda OTMlarimiz kredit-modul tizimiga tom ma'noda o‘tgan hisoblanmaydi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda xulosa qilishimiz mumkinki OTMlarida kredit-modul tizimini joriy qilish va uni rivojlanishi OTMlarida yetishib chiqayotgan yosh kadrlarni o`z mutaxassisliklari bo`yicha yetuk kadr bo`lishi, ishga joylashishida, professor - o`qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga, OTMlarida o`quv-moddiy bazani rivojlantirishga, akademik mustaqilligini ta`minlashga, OTMlarida talaba, professor-o`qituvchilarni o`zaro almashishda (chet el OTMlari bo`ycha ham) qulayliklar tug`diradi, O`zbekiston Respublikasini Bolonya jarayonlarida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritishida va boshqalarni amalga oshirishda katta yordam beradi. Kredit-modul tizimining joriy etilishi o'qituvchilar ishining mohiyatini va o'quv jarayonining jadalligini sezilarli darajada o'zgartiradi, O'zbekiston ta'lim tizimini xalqaro hamkorlik uchun yanada ochiq qiladi. Kreditlarga o'tish uzoq vaqt ishlashni talab qiladi, chunki kreditlarning yig'ma tizimi o'quv ishlarining barcha turlarini, shu jumladan nafaqat sinf yuklamasini, balki amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya va ilmiy-tadqiqot ishlarini, turli sertifikatlashtirish tadbirlarini ham qamrab olishi kerak. Yuqorida aytilganlarning barchasini hisobga olgan holda, kreditlar ta'lim yutuqlarining etarli ko'rsatkichi INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 91 degan xulosaga kelishimiz mumkin. Ta'limning aniq natijalari kreditlarni uzatish va to'plashni osonlashtiradi, shuningdek, ular qaysi kreditlar berilgan yoki berilgan yutuqlarni aniq aniqlashga imkon beradi. O'quv natijalarini aniqlashga bunday yondashuv ichki, milliy va xalqaro baholash va sifatni ta'minlash uchun asos bo'lishi kerak bo'lgan universal standartlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Download 75.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling