Himoyaga ruxsat etilsin” Fakultet dekani
O‘smirlarda kasbiy qiziqishlarning shakllanishini o’rganish usullari
Download 190.84 Kb.
|
Салимова Хилола 202 гр (2)
1.2.O‘smirlarda kasbiy qiziqishlarning shakllanishini o’rganish usullari
O‘smirlik yoshiga o’tish o’quvchilarning o‘qish faoliyatidagi muxim qayta o’zgarishlar bilan bogliqdir. Mustaqil ishlarni elementar darajada ham tashkil kila olmaydigan, nixoyatda past, quyi bosqichdan bosqichdan boshlab, mustakil ishlar faqat uy vazifalarini bajarishda kuzatiladigan qator oraliq shakllardan o’tib, yangi materiallar va xatto bilimlarning yangi soxalari (astronomiya, mexanika, radiotexnika) mustaqil o’zlashtiriladigan eng yuksak bosqichlarni kuzatish mumkin. Biroq taraqqiyot nuqtai nazaridan so’ngngi bosqich istiqbolidir. o‘smirlik yoshining boshlanishi o‘qish faoliyati eng yuksak bosqichining tarkib topa boshlashi bilan boglanadi. o‘smir uchun bilish extiyojlarini kondirishga karatilgan mustakil bilim orttirish tarzidagi o‘qish faoliyatining ma’nosi sekin-asta ochila boshlaydi. Voqelikka bo‘lgan ongli munosabatning uchuman o’sishi bilan o‘smirlarning o‘qishga bo‘lgan ongli munosabatlari sezilarli darajada kuchayadi. O’zlarining o‘qish faoliyatlarida ular sekin-astalik bilan shaxsiy ma’no kasb etadigan xakikiy, chukur bilimlar bilan yangicha munosabatlarda boglangan yangi, yuksakrok bosqichga kutariladilar. Rus psixologlarining tadqiqotlari shuni belgilab berdiki, o‘smirlar o‘qish faoliyatining motivlari murakkab tuzilishga egadir. O’smirlar o‘qish faoliyatining motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim orttirishning ijtimoiy jixatdan muxim ekanini anglash, mustakil xayot va mexnatga tayyorlanish uchun o‘qish zarurligi), aslida muvaffakiyatga intilish, izzat nafs bilan boglik bo‘lgan bilish motivlari va shaxsiy motivlar (bolalar jamoasida obru kozonishga intilish va raxbarlik rolini uynash) birga kushilib ketgandir. Bunda ba’zan qarama-qarshilik kuzatiladi: bilim orttirishga bo‘lgan intilish maktabdagi o‘qishga befarq yoki xatto salbiy munosabatda bo’lish bilan, maktabdagi baholarga «xushchakchak-mensimaslik» munosabati bilan aralashib kushilib ketishi mumkin. Bu o‘qishdagi u yoki bu xildagi muvaffakiyatsizlikka, o‘qituvchi bilan bo‘lgan nizoga nisbatan uziga xos reaksiya bo’lishi mumkin. o‘smir odatda o’zining o‘qishdagi muvaffaqiyatsizliklarini qattiq ichdan kechiradi, lekin uning izzat nafsi ba’zan bu muvaffakiyatsizlikka bo‘lgan haqiqiy munosabatni nikoblash xoxishini tugdiradi. Natijada o’quvchi o‘qishdagi muvaffaqiyatlarga o’zini mutlaqo befarkdek va beparvodek tutadi, xatto soxta mardlik kursatmokchi bo’ladi. o‘smirning o‘qishlarining paydo bo’lishi (kitob o‘qish, shaxmat uynash, filyatiliya, ya’ni marka tuplash va boshqalar) bilan tushuntirish mumkin. Nixoyat, o‘smir xotirasining o’ziga xos xususiyati ancha murakkab assotsiatsiyalarni, yangi materialning eskisi bilan boglanishini aniklash, yangi materialni bilimlar sistemasiga kiritishdir. Bu turli o’quv predmetlarining materiallarini bir-biri bilan boglash, xar xil fanlardan beriladigan bilimlarning umumiyligini, birligini tushunish imkonini beradi. Diqqatning taraqqiy etishi ma’lum ziddiyatlari bilan: bir tomondan, o‘smirlik yoshida barkaror, ixtiyoriy diqqatning tarkib topishi bilan, boshqa tomondan, o‘smirdagi taassurotlar, kechinmalar, jushkin aktivlik va impulsivlik ko’pincha bekaror diqqatga olib borishi bilan, uning tez chalgishi bilan ajralib turadi. Hama narsa ish sharoitiga, materialning mazmuniga, ukuvchining kayfiyati va psixik xolatiga, uning ishga bo‘lgan munosabatiga bog’liqdir. Diqqatning tanlovchilik kobiliyati, ya’ni uning turlicha xarakteristikasi usha narsaga bo‘lgan qiziqish kulami va darajasiga boglik bulishi o‘smirda juda yakkol ifodalangan. Bu darsda (uzi yoktirmagan darsda) e’tiborsiz va parishonxotir bslib utirgan ukuvchi boshqa, uzi yaxshi kurgan darsda nixoyatda, xushyor, fikrini bir yerga tuplab olib, xech narsaga mutlako chalgimasdan bemalol ishlashi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, o‘smirlik yoshida diqqatning ko’lami, shuningdek, diqqatni bir operatsiyadan boshqa operatsiyaga karatish, faoliyatning bir turidan boshqa turiga jalb etish qobiliyati sezilarli darajada ortadi. Kichik maktab yoshidagi ukuvchilardan farkli ularok, o‘smir uchun odatda uz faoliyatini uzgartirishga kandaydir aloxida psixologik tayyorgarlik ko’rish talab etilmaydi. Diqqatni tashkil etishning eng yaxshi usuli o‘qituvchining qandaydir aloxida usullarni qo‘llanishga emas, balki o‘qish faoliyatini o‘smirda diqqatni uzoq vaqt mobaynida biror narsaga chalg‘itish uchun na vaqt, na istak va na imkoniyat kolmaydigan kilib uyushtira olishiga boglikdir. Kizikarli ish, kizikarli dars o‘smirni shunchalik kamrab olishga kodirki, u juda uzoq vaqt davomida zo‘r ishtiyoq bilan ishlaydi. Shunisi ham borki, o‘smir uchun qiziqarli bo‘lgan narsa-hamisha ham shunchaki qiziqarli narsa emas. Ishning bir turidan boshqa turiga vaqti-vaqti bilan o‘tib turiladigan mazmunli mashg‘ulotlar, aktiv bilish faoliyati-ana shu narsa darsni o‘smir uchun kizikarli darsga aylantiradi, anna shuning uzi uning diqqatini uyushtirishga yordam beradi. Olib borilgan tadqiqotlari shuni kursatadiki, o‘smirlar irodaviy zo‘r berish bilan ushlab turiladigan ixtiyoriy diqqtdan keyingi diqqat deb ataladigan diqqatga tobora ko’prok utib bormokdalar. Bu diqqat oldindan uylab qo‘yilgan va muayyan maqsadga karatilgan diqqat bo‘lib, ishga «kashfiyotlar»ga bo‘lgan qiziqishning asta-sekin ortib boishi asosida yuzaga keladi, shunga ko’ra ham bu diqqatni tutib turish uchun irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi. O‘smirlik yoshida fikrlash faoliyachtida muxim siljishlar yuz beradi. Kichik maktab yoshida erishilgan tafakkur taraqqiyotining darajasi o‘smirga fan asoslarini muvaffakiyatli va sistemali o‘rganish imkonini beradi. O‘rganiladigan fanlarning mazmuni va ukuv kurslari tuzilishining mantiki bilimlarni uzlashtirishning yangi xarakterini, mustakil tafakkurga tayanishni talab etadi, abstraksiyalash va umumlashtirish, takkoslash, muloxaza yuritish, xulosalar chikarish, isbotlash kobiliyati zarur bo’ladi. Birok, shuni nazarda tutish kerakki, hama o‘smirlar ham isbotlovchi tafakkurga osongina utavermaydilar. Ulardan ba’zilariga, masalan, umumlashtirilgan geometrik isbot g‘oyasining o‘zi tushunarli bulmaydi: o‘zingning xaq yoki noxaq ekanligingni ko‘rib turib ishonch xosil qilganingdan keyin isbotlab o‘tirishning nima keragi bor. O‘smirlardan biri xayron bo‘lib, bunday deb javob bergan: «o‘qituvchi doskaga ikkita teng uchburchakni chizadi va ularning teng ekanligini uzoq vaqtgacha tushuntirib o‘tiradi». Download 190.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling