Himoyaga ruxsat


MPLS texnologiyasining xususiyatlari


Download 210.18 Kb.
bet2/6
Sana21.06.2023
Hajmi210.18 Kb.
#1643170
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BMI Namuna

MPLS texnologiyasining xususiyatlari

Zamonaviy tarmoq infratuzilmasini qurishning istiqbolli yo’nalishlaridan biri axborotni uzatish muhitlari va tizimlarining turli xil ko’rinishlarini birlashtirishga imkon beruvchi yuqori tezlikli magistral tarmog’ini va yagona signalizatsiya tizimini tashkil etish uchun optik texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Bunday birlashtiruvchi texnologiya sifatida xozirgi vaqtda “Multiprotokol Label Switching - MPLS” (belgilar bo’yicha ko’p protokolli kommutatsiyalash) telekommunikatsiya texnologiyasi ko’rib chiqiladi. Mazkur texnologiya IP-paketlarni ilgari surishni tezlashtirishga, trafikni boshqarish va ATM tarmoqlarida qo’llaniladigan xizmat ko’rsatish sifatini saqlab qolish mexanizmlari yordamida IP-tarmoqlar uchun xos moslashuvchanlikni saqlab qolishga urinishdan iborat. MPLS texnologiyasini joriy qilish IP-over-ATM arxitekturasiga tegishli bo’lgan barcha yaxshi narsalarni (samarali multipleksorlash va trafikning moslashuvchanligi, yuqori unumdorlik) saqlab qolishga imkon beradi va shu bilan birga u tarmoqlarning miqyosini yanada qo’proq orttiradi, ularni qurishni va foydalanishini soddalashtiradi.


Shunisi ham muhimki, MPLS faqat ATM bilangina qo’llanilmasdan, balki kanal darajasidagi istalgan boshqa texnologiyalar bilan birga qo’llanilishi mumkin. MPLS texnologiyasi X.25, Frame Relay tarmoqlarda qo’llaniladigan virtual kanallar konsepsiyasini rivojlantiradi, bunda uni IP tarmoqlarni marshrutlashtirish protokollari yordamida olinadigan topologiya va joriy yuklanish to’g’risidagi axborot asosida yo’llarni tanlash texnikasi bilan birlashtiradi. Bu SDN/WDM yoki IP/WDM texnologiyalari asosida Internet tolali-optik magistrallarini keyingi avlodiga o’tishni soddalashtiradi.
MPLS - bu belgilardan foydalanishga asoslangan ko’p protokolli tarmoqlarda paketlarning tez kommutatsiya qilish texnologiyasidir. MPLS o’zida kanal darajasidagi texnologiyalar uchun xos bo’lgan trafikni boshqarishni, tarmoq darajasidagi protokollarning miqyosliligi va moslashuvchanligini mujassamlashtirgan.
MPLS – bu o’zining turini inkapsulyatsiyalovchi protokol bo’lib, OSI modelining quyi sathidagi ko’p protokollari bilan ma’lumot maxsus transportlash orqali amalga oshiriladi. Texnologiyalarning nomidagi “ko’p protokollilik” shuni anglatadiki, MPLS – inkapsulyatsiyalovchi protokol va boshqa protokollar to’plamini tashishi mumkin (1.1-rasm). Bugungi kunda Internet provayderlar qatoridagi tarmoqlar ko’p sathli model asosida tuzilgan, ya’ni mantiqiy marshrutlanuvchi IP–tarmoq ikkinchi sathning kommutatsiyalanuvchi topologiyasi (ATM yoki Frame Relay) ustida ishlaydi. Ikkinchi sathning kommutatorlari yuqori tezlikda ulanishni ta’minlaydi. Shunday qilib, MPLS - bu Internet tarmog’ini evolyusion rivojlantirish yo’lida uning infratuzilmasini ikkinchi (kommutatsiya) va uchinchi (marshrutlashtirish) sathlari vazifalari integratsiyasi yo’li bilan soddalashtirish tomoniga qo’yilgan qadamlardan biridir.
Paketlarga keyingi bo’lim marshrut qurilmasiga jo’natish va qabul qilinishi oldidan belgilar bo’yicha kommutatsiya odatdagidek paketga joylashtiriladi. Avvaldan belgilanganlariga ham yangi belgi qo’yiladi. Bu jarayon belgilarni alamshtirish deyiladi (Label swapping). Shuning uchun paketlarni qaerga jo’natish kerakligini belgilar bo’yicha kommutatsiyalash qurilmasi LSR (Label Switching Router) marshrutizatorlari amalga oshiradi.



1.1-rasm. MPLS tekisligi
Birinchi fizik sath - tarmoqning ikkita bog’lamasini bog’laydigan to’g’ri trakt bo’yicha bitlarni ikki tomonlama uzatish uchun fizik muhitni qo’llashni ta’minlaydi. Ikkinchi sath – ma’lumotlarni uzatish sathi, bog’lamalar orasida axborotli bloklarni ikki tomonlama uzatish olib boriladigan ishonchli logik aloqa kanalini shakllanishini ta’minlaydi. Bunda xatoliklarni aniqlash va to’g’rilash yo’li orqali berilgan ma’lumotlar uzatishni ishonchliligi kafolatlanadi. Uchinchi tarmoq sathida, ma’lumotlar blokini jo’natuvchidan qabul qiluvchiga tarmoqni bir necha tugunlar orqali kerakli transportlash marshruti bo’yicha uzatishni ta’minlaydi. Barcha sathlarning protokollarini umumiy g’oyasi shundan iboratki, har bir sathning axborotli bloklari sarlavxa va axborot maydonini o’z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan sath protokolini bloki quyi satxda joylashgan protokol blokini axborotli maydoniga joylashtiriladi.
1.1-rasmda keltirilgan MPLS ma’lumotlar uzatish tekisligi to’liq sathni tashkil qilmaydi va OSI modelining 2- va 3- satxlari o’rtasida IP, ATM yoki Frame Relay tarmoqlarida o’zgarib ketadi [4].
MPLS texnologiyasi yordamida quyidagi masalalarni hal etish mumkin:

  • ATM va Fram Relay-ni IP bilan integratsiyasini;

  • operator tarmog’i ichida paketlarni eng qisqa an’anaviy marshrutlar bo’yicha tezkor siljitish;

  • virtual xususiy tarmoqlarni (VPN) yaratish;

  • resurslarning (Traffic Engineering, TE) yuklanishini hisobga olgan holda yo’nalishlarni tanlash va o’rnatish.





    1. Download 210.18 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling