Himoyaga ruxsat
Download 210.18 Kb.
|
BMI Namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- MPLS TARMOG’IDA RSVP VA LDP PROTOKOLLARINI QIYOSIY TAHLIL QILISH VA LSP MARSHRUTINI TUZISH MAVZUSIDA BITIRUV MALAKAVIY ISHI
- TOSHKENT 2023 O’zbekiston respublikasi RAQAMLI TEXNOLOGIYaLAR VAZIRLIGI mUHAMMAD AL - XORAZMIY NOMIDAGI
- Namuna
- MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………….....….…….......
- YAKUNIY XULOSA....................................................................................
- ILOVALAR...................................................................................................
- MPLS TEXNOLOGIYASI VA UNING AMALIY AHAMIYATI
O’zbekiston respublikasi RAQAMLI TEXNOLOGIYaLAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “HIMOYAGA RUXSAT” “TI” kafedrasi mudiri _________ M.B. Abdujapparova 2023 y. «____»________ MPLS TARMOG’IDA RSVP VA LDP PROTOKOLLARINI QIYOSIY TAHLIL QILISH VA LSP MARSHRUTINI TUZISH MAVZUSIDA BITIRUV MALAKAVIY ISHI
O’zbekiston respublikasi RAQAMLI TEXNOLOGIYaLAR VAZIRLIGI mUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Talaba
ning (familiyasi, ismi, otasining ismi) IMS platformasida xizmatlarni taqdim qilish jarayonini tahlil qilish mavzuidagi bitiruv malakaviy ishiga T O P SH I R I Q 1.
2023 yil « » __ dagi __- sonli buyruq bilan tasdiqlangan 2. Ishni himoyaga topshirish muddati ______2023 y. 3. Ishga oid dastlabki ma’lumotlar __Ishlab chiqarish amaliyotidan_ _olingan ma’lumotlar, kerakli bo’lgan texnik adabiyotlar, referatlar,______ jurnallar va Internetdan olingan ma’lumotlar asosida._________________ 4. Hisoblash – tushuntirish yozmalar mazmuni (ishlab chiqiladigan masalalar ro’yxati). Kirish. 1. MPLS texnologiyasi va uning amaliy ahamiyati. 2. MPLS tarmoqda belgilarni taqsimlash uchun LDP va RSVP protokollarini qiyoslash va tahlil qilish. 3. MPLS tarmog’ida LSP marshrutni tuzish. 4. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya. 5. Grafik materiallar ro’yxati BIning elektron taqdimoti materiallari 6. Topshiriq berilgan sana ______________ Rahbar Imzo
Topshiriq oldim Imzo
7.Ishning ayrim bo’limlari bo’yicha maslahatlar: Bo’lim nomi Maslahatchi Imzo, sana Topshiriq berildi Topshiriq olindi 1,2,3-bo’limlar R.K. Komilov 12.01.22 12.01.22 Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya. O.U.Mallayev 25.05.2022 25.05.2022
Namuna Ushbu bitiruv malakaviy ishida MPLS texnologiyasining xususiyatlari, elementlari va ishlash prinsipi ko’rib chiqildi. Shu bilan birga MPLS tarmog’ida belgilarni taqsimlashda LDP va RSVP protokollari tahlil etildi va qiyoslandi. MPLS tarmog’idagi mavjud LSP marshruti tuzildi. Shuningdek, xayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya masalalari ham ko’rib chiqilgan. Namuna В выпускной квалификационной работе рассмотрены особенности, элементы и принцип работы технологию MPLS. Приведен сравнительный анализ протоколов распределение меток LDP и RSVP в сетях MPLS. Создан существующий маршрут LSP в сетях MPLS. Также обсуждались вопросы безопасности жизнедеятельности и экологии. Namuna In the final qualification work, examined the features, elements and history of creation of the MPLS technology and the way it works. And also, LDP and RSVP protocols were analyzed and compared in MPLS network distribution. The existing LSP route on the MPLS network has been created. The issues of life safety and ecology were also discussed.
KIRISH Bugungi kunda, jamiyat hayotining qaysi jabhasi bo’lmasin axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shunga muvofiq, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog’liqni saqlash va qishloq xo’jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shunday chora-tadbirlarning yangi bosqichini, ustuvor vazifalarni belgilab berishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O’zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni alohida ahamiyatga egadir. Shuniyam aytib o’tish joizki, hozirgi paytda yildan-yilga yangi zamonaviy texnologiyalarning yaratilishi va aloqa tarmoqlarida qo’llanilishda aloqa tarmoqlarini qurish qimmatga tushadi, trafiklarni boshqarishda esa muammolarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham bunday aloqa tarmoqlarini tashkil qilishda eski texnologiyalardan yangisiga o’tishni ta’minlovchi, yangi xizmat turlariga ega bo’lgan, iqtisodiy tomondan arzonga tushadigan texnologiyalarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy tarmoq infratuzilmasini qurishning istiqbolli yo’nalishlaridan biri axborotni uzatish muhitlari va tizimlarining turli xil ko’rinishlarini birlashtirishga imkon beruvchi yuqori tezlikli magistral tarmog’ini va yagona signalizatsiya tizimini tashkil etish uchun optik texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Bunday birlashtiruvchi texnologiya sifatida xozirgi vaqtda “Multiprotokol Label Switching. MPLS” belgilari bo’yicha ko’p protokolli kommutatsiyalash texnologiyasi ko’rib chiqiladi. Mazkur texnologiya IP – paketlarni ilgari surishni tezlashtirishga va trafikni boshqarish va ATM tarmoqlarida qo’llaniladigan xizmat ko’rsatish sifatini saqlab qolish mexanizmlari yordamida IP – tarmoq uchun xos moslashuvchanlikni saqlab qolishga urinishdan iborat. Mamlakatimizda himoyalangan, sifatli va yuqori tezlikka ega bo’lgan tarmoqqa talab oshib bormoqda. Bu masalalarga MPLS texnologiyasining afzalliklari bilan yechim topish mumkin. Bu texnologiya telekommunikatsiya bozorida zamonaviy texnologiyalarning xilma-xilligi, operator tarmoqlarini tuzish va rivojlantirish uchun mos keladigan yondashishni tanlash imkonini beradi. Birinchi navbatda operatorlar o’zining tarmoq bazasida qaysi xizmat turlarini tanlash lozimligi, har xil trafik turlarini nisbatini baholashi va yaqin kelajakdagi holatini aytib bera olishi lozim. Bu texnologiya bir necha standart va boshqaruv protokollaridan tashkil topgan bo’lib, ularning har biri ma’lum bir muammolarni hal etadi. MPLSning ma’lumotlar oqimi kanallarni kommutatsiyalashni eslatadi. Xuddi shu ma’noda ATM texnologiyasiga o’xshash, lekin u yacheykalarni emas kadrlarni kommutatsiyalashni amalga oshiradi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida “MPLS tarmoqda belgilarni taqsimlash uchun RSVP va LDP protokollarini qiyoslash va tahlil qilish, LSP marshrutini tuzish” masalalari yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi shundaki, ma’lum bir boshqa tarmoqlarda paketlarning bufferga yig’ilishi, paketlar yo’qolishi va tarmoqda o’ta yuklanish sodir bo’ladigan muammoli jarayonlar bo’lib turadi. Bu muammolarni hal etishda MPLS texnologiyasi o’z tarmoq xususiyatlari va protokollari bilan belgilarni taqsimlash usulida paketlarni kommutatsiyalaydi. Bu esa ushbu muammolarni oldini olishda qo’l keladi. Bitiruv ishining maqsadi, telekommunikatsiya tarmoqlarida paketlarni jo’natishning optimal variantini tatbiq etib o’tish, ya’ni belgilarni taqsimlashda qo’llaniladigan LDP va RSVP protokollarining tahlillarini keltirib o’tish va optimal marshrutlashning LSP marshrutini tuzishdan iborat. MPLS TEXNOLOGIYASI VA UNING AMALIY AHAMIYATI Download 210.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling