“Himoyaga tavsiya etilsin”


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/45
Sana02.12.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1780845
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi

Innovatsion o‘qitish – yangicha o‘qitish tizimi. 
Innovatsion texnologiya – pedagogika rivojini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy 
faollik jarayoni.
Demak, innovatsion yondashuv bu – ta‘lim jarayoniga yangicha o‘qitish 
tizimini tatbiq etish, yangi texnologiyalarni qo‘llashdan iborat bo‘lib, uni amalga 
oshirishda asosan interfaol metodlardan to‘liq foydalaniladi. 
Ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalarning muhim 
jihati shundaki, u o‘quvchilarni faollashtiradi, ularga fikrni mustaqil ifodalash, 
tanqidiy fikr yuritish, tahlil qilish, xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi o‘ziga xos 
tamoyillarga asoslaniladi: a) muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan 
kutilgan asosiy maqsadni shakllantirb olish; b) umumiy maqsaddan kelib chiqib, 
darsni yoki o‘quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan 
maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab 
olish; v) modul ichida yechiladigan masalalarning har biri bo‘yicha test savollarini 
tuzib chiqish; g) maqsadlarga yetish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq 
joylarni belilab olish; d) dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklarga va fanlararo 
aloqalarga e’tibor qaratish.
. Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, mavjud imkoniyatlarni safarbar 
etish o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Darsda uch maqsad 


51 
ko‘zda tutiladi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish. Mana shu uch maqsadni 
amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar yaqindan yordam beradi. 
Innovatsion texnologiyalarda foydalanishda quyidagilarga e’tibirini qaratishi 
lozim:
• innovatsion texnologiyalarning mohiyati; 
• ta’lim maqsadlarini amalga oshirishdagi ro‘li; 
• fan bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni qo‘llash tamoyillari; 
• ta’limiy va ishchanlik o‘yinlari; 
• muammoli va rivojlantiruvchi tomonlari; 
• o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilaish yo‘llari; 
• Ko‘rsatmali o‘qitish usullari. 
 
Ona tili darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan, 
o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar 
yechimini topishda bir-birlariga ko‘mak beradilar, o‘quvchilarda ijodiy va mustaqil 
fikrlash malakalari tarkib topadi, o‘quvchilar o‘z ishlari natijasiga, o‘qishga, ta’lim 
olishga shaxsan mas’ullikni his qiladilar. 
Quyida innovatsion texnologiyalardan ba’zilarini keltiramiz va sharhlaymiz: 
1. “Aqliy hujum” texnologiyasi. 
2. “Klaster yoki tarmoqlanish” texnologiyasi. 
3. “Kichik guruhlarda ishlash yoki hamkorlik” texnologiyasi. 
4. “Musobaqa” texnologiyasi. 
5. “Idrok xaritasi” texnologiyasi. 
6. “FSMU” texnologiyasi 
7. “Sinkveyn” texnologiyasi. 
8. “Seminar-trening” texnologiyasi. 
9. “Ajurli arra” texnologiyasi. 
11. “Baliq skeleti” texnologiyasi. 
12. “Qaysi biri ortiqcha?” texnologiyasi. 


52 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling