“Himoyaga tavsiya etilsin”


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/45
Sana02.12.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1780845
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi

 
 
 
 


66 
 
 
 
 
Dars rejasi 
1.Olmosh haqida ma’lumot. 
2.Olmoshning ma’noviy turlari. 
3.Olmoshning tuzilishiga ko‘ra turlari. 
4. Xulosa. 
 
MA’RUZA MATNI 
 
Barcha mustaqil so‘z turkumlari va hatto yordamchi so‘zlar hamda gap 
o‘rnida almashinib kelgan so‘zlarga olmosh deyiladi.Olmoshlar ot, sifat, son, 
ravish, fe’l o‘rnida va ba’zan yordamchi so‘z, gap o‘rnida almashinib keladi. 
Masalan, Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat bag‘ishladi. Gullarning 
ko‘pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. 
Bu esa bog‘bonning jahlini chiqardi. Va bog‘lovchisi o‘zaro teng ma’noli gaplarni 
bog‘laydi. Bu teng bog‘lovchilar sirasiga kiradi. Bu gaplarning birinchisida gul (ot) 
o‘rnida u, ikkinchisida pushti (sifat) o‘rnida ana shu, uchinchi gapda uza boshladi 
(fe’l) o‘rnida bu so‘zlari, to‘rtinchi gapda va bog‘lovchi o‘rnida bu olmoshi 
almashinib kelyapti.
Guruhlarda ishlash qoidalari 
Sherigingizni diqqat bilan tinglang 
Guruh ishlarida o`zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan 
yondashing. 
Agar yordam kerak bo`lsa, albatta, murojaat qiling. 
Agar sizdan yordam so`rashsa, albatta, yordam bering. 
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart. 
Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim: 
• 
Boshqalarga o‘rgatish orqali o`zimiz o`rganamiz! 
• 
Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho`kib 
ketamiz. 


67 
Olmoshlar bevosita atash ma’nosiga ega bo‘lmaganligi uchun «ichi bo‘sh so‘zlar» 
deb ham yuritiladi. 
Olmoshlar qanday so‘zlarning o‘rnida almashinib kelishi va qanday ma’noni 
ifodalashiga ko‘ra bir necha ma’no turlariga bo‘linadi. Buni quyidagi jadvalda 
ko‘ring: 
Olmoshlarning ma’no turlari 
T/r Olmoshlarning 
ma’no turlari 
Ma’nolari va ta’rifl 
Misollar 
1. Kishilik 
Olmoshlari 
Shaxs ma’nosini bildiruvchi 
otlar o‘rnida almashinib keladi 
va ularga ishora qiladi. 
Men (kamina)-biz 
Sen-siz 
U-ular(alar) 
2. O zlik olmoshi 
Uchala shaxsdagi kishilik 
olmoshlari o‘rnida qo‘llanib, 
ma’nosini ta’kidlab keladi 
O‘z 
3. K o‘rsatish 
Olmoshlari 
Mustaqil so‘zlar yoki gaplar 
o`rnida kelib, ular orqali 
ifodalangan shaxs, predmet, 
belgi, harakatlarni ko‘rsatib 
keladi. 
U, bu, shu, o‘sha, mana bu, 
(manavi), mana shu, ushbu 
4. So‘roq 
Olmoshlari 
So‘zlovchiga noma’lum
bo‘lgan shaxs, narsa, belgi - 
xususiyat, harakat-holatlarni 
so‘rash ma’nosini bildiradi. 
Kim? nima? qachon? qaysi? 
qancha? necha? nimaga? qani? 
nima qildi? nima bo‘ldi? 
5. 
Birgalik-ajratish 
(belgilash) 
olmoshlari 
Shaxs, narsa, belgi-xususiyat 
bildiruvchi mustaqil so`zlar 
o‘rnida almashinib, ularning 
ma’nosini umumlashtirib, 
jamlab keladi. 
Jamlash: hamma, barcha, bari, 
jami, jamiyki, butun, 
yalpi 
Ajratish: har kim, har nima, 
har qancha, har qanday, har 
qaysi, har bir, har narsa 
6. Bo‘lishsizlik 
olmoshlari 
Shaxs, narsa, belgi - xususiyat 
bildiruvchi mustaqil so‘zlar 
o`rnida kelib, uning inkorini 
bildiradi. 
Hech kim, hech nima, hech 
qancha, hech qanday, hech 
qanaqa, hech narsa, hech bir 


68 
7. Gumon 
olmoshlar 
Shaxs, narsa, belgi-xususiyat 
bildiruvchi mustaqil so‘zlar 
o`rnida kelib, uning ma’nosini 
taxminlab, gumonlab keladi 
Allakim, allanarsa, 
allaqanday, allaqancha, kimdir, 
nimadir, qaysidir 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling