3
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Ona
yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy
saodatdir” asarida yosh avlod tarbiyasidagi ijobiy tomonga bo‘lgan
o‘zgarishlarga alohida urg‘u berib, shunday deb yozadi: “Eng muhimi,
zamonaviy
bilim va tafakkurga, sog‘lom dunyoqarashga ega,
rivojlangan
davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo‘lgan, ko‘zi yonib
turadigan navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib keloyatgani
barchamizni quvontiradi.
1
Inson
shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida,
tafakkur
mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita
bo‘lmish ona tili ta’limi maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero,
ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va
namoyon ettiradi.
Umumta’lim maktablarining ona tili va akademik
litseylarning hozirgi
o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini izchil kurs sifatida o‘qitish
juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati
shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z haqidagi ta’limot bilan
tanishadilar va ularning tilni bir butun tizim sifatida
tushunishlari hamda
o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi. Zero, so‘z turkumlari tilning barcha
bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda
izchillik bilan
amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va
innovatsion texnologiyalarni tadqiq qilish va va nafaqat olmosh so‘z
turkumi
balki morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar
tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: