Hind falsafa maktabi Misr va Bobil falsafasi Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. «Qadimgi Sharq»


Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablari


Download 20.44 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi20.44 Kb.
#1509837
1   2   3
Bog'liq
sharq falsafasi

2 .Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablari. Falsafagacha bo‘lgan fikrlar uchta manbada mujassamlashgan: Vedalar, Maxobxorat, Bxagadvita. XX asrda yashab ijod etgan hind faylasufi Aurobindo Gxoshning ta’kidlashicha, “Maxobxorot”-yakka, indivudual ong emas, milliy ong ijodi, xalqning o‘zi to‘g‘risida yozgan poemasidir”2, - degan edi. Qadimgi hind falsafasi shakllanish davri to‘rtga bo‘linadi.
1.Vedalar davri (er.avv.1500 – 600 y.). Bu davr oriylarning joylashishi va ular madaniyatining yoyilishi, “o‘rmondagi universitetlar”ning paydo bo‘lishi davri.

2.Epik davr (er.avv. 600- 200y.) – ilk upanishaddan darshanlar yoki falsafiy sistemalargacha bo‘lgan davr. Bu davrda buddizm, jaynizm va boshqa ko‘plab diniy ta’limotlar paydo bo‘ladi.


3. Sutra davri (er.avv. 200 y.- eramizning ikkinchi asri boshlarigacha) –qisqa va umumlashgan falsafiy ta’limotlar davri.


4. Sxolastik davr (eramizning ikkinchi asridan boshlanadi). U mohiyatan avvalgi davrga o‘xshab ketadi.


Vedalar eramizgacha uchinchi ming yillikda yig‘ila boshlagan. Vedalar jami 4 ta: Rigvedalar– gimnlar to‘plami, Samavedalar – (“Saman” qo‘shiqlar to‘plami), Yajurveda – (yajus qurbon qilish formulasi, qurbon qilishning formulalari to‘plami, Atxarvaveda (Atxarvak afsonaviy koxin nomi) – magiya va qasamlar to‘plami. Har bir veda adabiyoti samxitlardan, ya’ni matnlardan tashkil topgan. Xususan Rigvedalar 1028 gimndan tashkil


Vedalar davrida dastlabki ilmiy tasavvurlar, xususan, geometrik o‘lchamlar, arifmetik hisoblar, xususan o‘nlik sanoq sistemasiga oid fikrlar mavjud bo‘lgan. Ilk upanishad davridayoq vujudga kelgan ilmiy bilim kurtaklari mifologik dunyoqarashdan keyingi hind falsafasining ikkinchi ma’naviy manbai bo‘lib xizmat qilgan.


Upanishad (atrofida o‘tirish) – ustoz oyog‘I oldida o‘tirib bilim olishni bildiradi. Bu upanishadga mansub asarlarda ko‘rsatmalar, o‘gitlar ko‘pligidan dalolat beradi. Ayni paytda, upanishadalarda shoh saroyidagi disputlar, suhbatlar o‘z aksini topgan. Upanishadlar soni 200 tadan ko‘proq. Ulardan ba’zilari she’r, boshqalari proza, uchinchi bir turlari aralash ko‘rinishda bitilgan. Upanishadlar ikki yarim ming yildan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan (eramizgacha ikkinchi ming yillik oxiridan boshlab eramizning ikkinchi ming yillari o‘rtalarigacha). Upanishadlar mualliflari yashirilgan, lekin unda real shaxslar, xususan, braxmanlar va bilimli kshatriylar harakati sezilib turadi.


Upanishadlarda ongning to‘rt holati ajratilib, tavsiflanadi: uyg‘oqlik, uyqu, chuqur uyqu (tushsiz) va sof ong-turiya. Upanishadlarda “hayot nafasi” tushunchasi (pranlar) muhim o‘rin tutadi. Asta-sekin jonning ko‘chib yurishi konsepsiyasi (sansara), o‘tmishdagi xulq-atvor, amallar uchun javob berish (karma) to‘g‘risida qarashlar shakllana boradi. Taqdirni aynan karmaning belgilashi aytib o‘tiladi. Insonning xulq-atvorini, axloq qonunini dxarma belgilaydi.


Hind falsafiy sistemalarini odatda veda g‘oyalari, an’analariga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikki guruhga: astika va nastikaga ajratiladi. Astikaga vedalar avtoritetini e’tirof etadigan, ortodoksal, mumtoz sistemalar – vedanta, nyaya, vaysheshika, yoga, mimansa va sankxyalar mansub. Vedalar avtoritetini tan olmaydigan ta’limotlar qatoriga lokayata, buddizm va jaynizm kiradi.



Download 20.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling