Hind sayyohi
Download 44 Kb.
|
FITRATNING HIND SAYYOHI ASARIDA DAVR ILLATLARINING FOSH ETILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
- Ishning maqsad va vazifalari.
- Tadqiqotning obekti va predmeti.
- Ishning tuzilishi.
FITRATNING " HIND SAYYOHI" ASARIDA DAVR ILLATLARINING FOSH ETILISHI Mundarija Kirish……………………………………………………………………………….3 Asosiy qism ……………………………………………………………………..…5 1. Abdurauf Fitratning hayoti va ijod yo`li. Milliy uyg`onish jarchisi …………....5 2. Fitratning she`riy asarlari. Fitratning adabiyotshunoslik sohasida qo`shgan hissasi………………………………………………………………………………8 3. “Abulfayzxon” dramasi haqida…………………………………………………11 4. Fitratning ilmiy merosi …………………………………………………………19 Xulosa ………………………………………………………………………….....22 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati …………………………………………...…..23 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi shundan iboratki, u qaysi ijodkor bo`lishidan qat`iy nazar adabiyot sohasiga o`z hissasini qo`shadi. Sababi ijodkor asar yozar ekan, u badiiy bo`ladimi yoki ilmiy barchasi muallifning adabiyot sohasiga qo`shgan hissasi hisoblanadi. Badiiy asar kitobxonni o`ylashga, fikrlashga, tahlil qilishga undasa, ilmiy asar esa insonlarning bilim doirasini kengaytirib, fan sohasining rivojini tezlashtiradi. Har bir ijodkorning adabiyotshunoslik sohasiga qo`shgan hissasi beqiyos. Jumladan, Fitratning ham. Shuning uchun bu kurs ishimizda Fitratning adabiyotshunoslik sohasiga qo`shgan hissasini ochib berishga harakat qildik. Ularni o`rganish va adabiyot ixlosmandlariga taqdim qilish mavzumizning dolzarbligidir. Ishning maqsad va vazifalari. Kurs ishimizning asosiy maqsadi Fitratning hayotini va uning adabiyotshunoslikka qo`shgan hissasini o`rganish va uni barcha foydalana oladigan qo`llanmaga aylantirishdan iboratdir. Mavzuni o`rganilganlik darajasi. Fitratning hayoti va ijodi bir nechta olimlar va fitratshunoslar tomonidan o`rganilgan bo`lib, uning ilmiy va adabiy meroslari ham tahlil qilingan. Jumladan, uni buxorolik olimlar ham o`rganishgan. Fitratning adabiyotshunoslik sohasiga qo`shgan hissasi ba`zi olimlar tomonidan o`rganilgan va uni o`rgangan olimlar o`z fikrlari va qarashlarida ochib berishgan. Biz ham Fitratning shu sohadagi xizmatlarini qo`ldan kelganicha astoydil o`rganishga kirishdik. Tadqiqotning obekti va predmeti. Ushbu tadqiqotimizning obekti Fitrat va uning hayoti bo`lsa, predmeti uning asarlaridir. Hozirda kurs ishimizni Fitratning barcha asarlari qamrab oladi va “Abulfayzxon” fojiasiga ko`proq e`tibor qaratiladi. Ishning ilmiy yangiligi. Kurs ishimizning ilmiy yangiligi adabiyotshunoslik sohasiga Fitratni qayta gavdalantirishdan iboratdir. Ilmiy ishning ahamiyati va tavsiyalar. Kurs ishimizning ahamiyati shundan iboratki, barcha adabiyotshunoslik sohasi bo`yicha ish yuritadiganlarga: o`qituvchi, o`quvchi, talaba, magistr va olimlarga ham qo`llanma sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat. Umumiy hajmi – 23 bet. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling