Hind xalq eposi "Kalila va Dimna"
Tulki bilan nog’ora masali
Download 81 Kb.
|
Hind xalq eposi – “Kalila va Dimna”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilon va suvoriy”
Tulki bilan nog’ora masali
Deydilarki, bir tulki o’rmon oralab ketayotib, bir daraxtning tagida nog’ora yotganini ko’rib qolibdi. Shamol esgan sari daraxt butoqlari nog’oraga tegar va nog’oradan dahshatli ovozlar chiqar edi. Tulki nog’oraning ovozi yo’g’onligi va jussasining kattaligiga qarab, nog’oraning yog’i bilan go’shti ham ovozi va jussasiga yarasha bo’lsa kerak deb og’zining suvi keldi. Ko’p urinib, nog’orani yorishga muvaffaq bo’ldi. Lekin qurigan teridan bo’lak hech narsa topmagach: “Gavdasi yo’g’on va ovozi baland narsaning ichi bo’sh bo’lar ekan”, - dedi. “Ilon va suvoriy” Hikoyat. Sichqon dedi: - Karvonlar yoqib ketgan gulxanning uchqunini shamol uchirib, dashtga o’t tushib ketgan edi. Tuya mingan bir kishi o’sha yerdan o’ta turib, olovlar o’rtasida bir ilonning to’lg’anib yotganini ko’rdi. U, o’t balosidan qutula olmay, zaharli ko’zlaridan qon yosh to’kib, suvoriyga yalinib dedi: - Marhamat qilib, meni bu do’zaxdan qutqar savob bo’ladi. – Suvoriy rahmdil kishi edi. U ilonning zorini eshitib, bechoraga yuragi achidi, ilon garchi odamzodga dushman bo’lsa ham hozir qiyin ahvolda qolibdi, uni bu balodan qutqarsam, savob bo’lar, deb o’yladi. U to’rvasini nayza uchiga bog’lab ilon tomonga uzatdi. Ilon sevinib to’rvaga kirdi. Suvoriy bir ozdan keyin to’rvani ochib, ilonga dedi: - Bor, eson-omon qutulganingga shukur qilib uyingga ket, bundan buyon hech kimga ozor berma. Ilon dedi: - Ey yigit, bu so’zlaringni qo’y, Men seni va tuyangni chaqib, zahrimni solmay ketolmayman. Suvoriy dedi: - Axir senga yaxshilik qildim, seni olovdan qutqardim, gunohim shumi? Ilon dedi: - Ha, sen yaxshilik qilding, ammo o’rinsiz yaxshilik qilding. Bilasanki, zararli maxluqlar avlodidanman, boshqa narsani mendan kutish mumkin emas. Nima uchun meni qutqarding? O’ldirmoq lozim edi, sen esa odamzod dushmaniga rahm qilding. Yaxshilikka yomonlik mening kasbimdir. Yomonlarga yaxshilik qilish yaxshilarga yomonlik qilish demakdir. Endi men seni zaharlasam, bu ishim senga tanbeh, o’zgalarga ibrat bo’ladi. Suvoriy dedi: - Ey noinsof, yaxshilikka yomonlik qaysi mazhabda bor? Ilon dedi: - Odamzod mazhabida bor. Men sening ijozating bilan o’z matolaringizni o’zlaringizga sotmoqchi va o’z kosangizda o’zingizga zahar ichirmoqchiman. Tezroq javob qil, avval o’zingni chaqaymi yo tuyangni? Suvoriy dedi: - Meni ham chaqma, tuyani ham. Ilon dedi: - Nega endi! O’zlaringiz ham yaxshilikka yomonlik qilasizlar-ku! Suvoriy ilonning bu gapini inkor qildi va dedi: - Bu da’voga guvoh kerak. Shu orada bir sigir ko’rinib qoldi. Ilon dedi: - Ey sigir, yaxshilikning jazosi nimadir? Sigir dedi: - Odamzod mazhabida yaxshilikning jazosi yomonlikdir. Men necha yildan beri ularnikida turaman. Har yili bola tug’ar va uylarini sut bilan qaymoqqa to’latar edim. Hozir boladan, sutdan qoldim, qaridim, o’tlab semirsin deb meni dalaga haydab qo’ydilar. Kecha egam kelib u yoq- bu yog’imni ushlab, biroz semirganimni ko’rib, qassobga sotdi. Mana, bugun so’yishga olib ketayotirlar. Yaxshiligimning jazosi shu bo’ldi. Ilon dedi: - Ey yigit, eshitdingmi? Suvoriy dedi: - Eshitdim, ammo bir guvohning shohidligi yetishmaydi. Yana bir guvoh kerak. Ilon atrofga qarab, bir daraxtni ko’rib, yoniga keldi. Ilon soradi:- Ey daraxt, yaxshilikning mukofoti nima? Daraxt dedi: - Odamzod mazhabida, yaxshilikning mukofoti yomonlik, foydaning jazosi ziyondir. Dalil shuki, men bu dashtda ko’kargan birdan bir daraxtman, odamlar issiqda horib-charchab kelib, soyamda dam olishadi. Nafaslarini rostlab olishgach, yuqoriga qarab, “anavi shox arraga dasta boladi, anavisi teshabop ekan”, deb shoxlarimni kesib yoki arralab oladilar. Mendan foyda ko’rsalar ham menga azobni ravo ko’radilar. Ilon dedi: - Ikki guvoh bo’ldi. Endi tan ber, seni chaqay. Suvoriy dedi: - Jon juda shirin narsa. Yana bir kishi guvohlik bersa, uzrga o’rin qolmaydi. Ittifoqo o’sha yerdan bir tulki o’tib qoldi. Bularni ko’rib to’xtadi-da, so’zlariga quloq soldi, keyin savolni kutmasdanoq: “Yaxshilikning jazosi yomonlikdir, - dedi, keyin suvoriyga qarab, - sen bu ilonga nima yaxshilik qilib eding?” – deb so’rab qoldi. Suvoriy bo’lgan gapni aytib berdi. Tulki dedi: - Sen o’zing aqlli odamga o’xshaysan-ku, lekin nega yolg’on gapirasan? Ilon dedi: - Rostini aytyapti, bu odam meni to’rvaga solib, olovdan chiqardi. Tulki hayron bo’lib soradi: - Bu so’zga qanday qilib ishonsa bo’ladi, axir shunday katta ilon bu kichik to’rvaga sig’ishi mumkinmi? Ilon dedi: - Agar ishonmasang, to’rvaga kirib ko’rsatay, shubhaga o’rin qolmasin. Suvoriy to’rva o’g’zini ochdi, ilon to’rvaga kirib kulcha bo’lib oldi. Tulki dedi: - Ey yigit, dushmaning bandga tushdi, paytni qo’ldan berma. Suvoriy to’rva og’zini mahkam bog’lab yerga bir urdi, ilon majaq-majaq bo’lib ketdi. Qissadan hissa shuki, aqlli odam ehtiyotni qo’ldan bermaydi, duhman yalininib- yolvorganda ham g’ururlanib ketmaydi va uning so’zlariga ishonmaydi. “ Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling