Hindiston talim tizimi va uning qiyosiy tahlili. Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim tizimi Turkiyada ta’lim siyosatining olib borilishi


Download 89.51 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi89.51 Kb.
#1548401
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIY RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM TIZIMI

Dasturiy o’zgarishlar:

  • O’quvchilarning ko’nikma-malakasi va fikrlashini shakllantirishga ko’mak beruvchi yangi dasturiy asoslar kiritildi.

  • Imtihon standartlari ishlab chiqildi.

  • O’qituvchi o’qitish dasturi va darsliklarni tanlash yoki o’qitish dasturini mustaqil yozish imkoniyatiga ega bo’ldi.

  • Direktor o’quvchilar hoxishiga ko’ra bir necha darslarni kiritishi mumkin (turli to’garaklar, o’lkashunoslik, ekologiya va boshqa o’quv fanlari bo’yicha mashg’ulotlar).

  • Davlat miqyosida ishlab chiqilgan, bir xil baholash tizimiga ega bo’lgan, bir turdagi imtihonlar kiritildi.

  • O’qitish bloklari kiritildi (masalan, musiqa, san’at va h.)

Moliyalash va nazorat

  • Boshlang’ich ta’lim va gimnaziyalar gminlar byudjetidan moliyalashtiriladi.(gmin-Polshadagi eng kichik ma’muriy birlik).

  • Gminlar o’quvchilar uchun doimiy dotatsiyalarni oladilar.

  • Xususiy maktablar ochish imkoniyatlari bor, bunda shaxsiy pul mablag’laridan tashqari davlat dotatsiyasini ham olish mumkin.

  • Maktablar ustidan pedagogik nazoratni kuratoriyalar amalga oshiradilar.



Boshlang’ich maktab

  • Majburiy bir yillik maktabgacha tayyorgarlik: bog’chada yoki maktabda.

  • Bolalar 7 yoshdan o’qishni boshlashadi.

  • O’qish 6 yil davom etadi va imtihon bilan yakunlanadi.

  • O’qish ikki bosqichda bo’ladi:

1. Birinchi bosqich 1-3-sinflarni qamrab oladi.O’qituvchi o’quv dasturini o’quvchilarning o’zlashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiradi.
2. Ikkinchi bosqich 4-6-sinflarni o’z ichiga oladi, o’qitilayotgan fanlar an’anaviy va blokli fanlarga bo’linadi. Bunda polyak tili, tarix, matematika, chet tili kabilar an’anaviy o’quv fanlariga, ximiya, biologiya, geografiyani o’zida birlashtiruvchi tabiat fani blokli fanlarga kiradi.
Dars 45 minut davom etadi.
O’quvchi maktabni 6-sinfdan keyin majburiy imtihonlarni topshirish bilan yakunlaydi.
Gimnaziya

  • Ta’lim 3 yil davom etadi.

  • Gimnaziya 3 bosqichli imtihon topshirish bilan yakunlanadi: gumanitar fanlar bo’yicha, matematika va tabiat bo’yicha, chet tili bo’yicha.


Download 89.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling