Boburiylar sulolasining tashkil topishi. XVI asrda Hindistonda siyosiy tarqoqlik hukm surardi. O’zaro ichki nizolar va urushlar mamlakatni kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanib qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi.
Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida lodiylar sulolasi hukmronlik qilardi.
Bobur Mirzoning Hindistonga qarshi harbiy yurishi 1525-yilning oxirida boshlandi. 1526-yilning 21- aprelida panipat jangida Ibrohim Lo’diy qo’shini tor mor keltirdi. 27-aprel kuni esa Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba o’qildi. Shu tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya — Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o’zi bilan qolgan qo’shinga jogir tarqatdi. Bu yerlarda xo’jalik yuritish ishlariga rahbarlik qilish mahalliy urf-odatlarni yaxshi biladigan hindlarga topshirildi. Bobur podshoh imperiya taxtida uch yil o’tirdi. 1530-yilda o’limidan avval imperiya hududlarini o’g’illariga bo’lib berdi. Imperiya taxti katta o’g’li Humoyunga nasib etdi. Panjob, Kobul va Qandahorga ega bo’lgan qolgan uch o’g’li akalari Humoyunga bo’ysunishini vasiyat qildi.
Imperiyadagi siyosiy ahvol. Humoyun imperiya sarhadlarini yanada kengaytitishga intildi. Bu kurashda uning asosiy raqibi Bixor va Bengaliyada joylashib olgan afg’onlar qabilalarining yetakchisi Serxon Sur bo’ldi.
Ikki sarkarda qo’shinlari o’rtasidagi jangda Sherxon Sur qo’li baland keldi. Mag’lubiyatga uchragan Humoyun Eronga qochib ketdi. Sherxon Sur Hindiston taxtini egalladi va shoh deb e’lon qilindi. Bu hodisa 1540-yil yuz berdi. Sherxon Sur va uning o’g’illari 1554-yilgacha hukmronlikni saqlab turdilar. Biroq bu davr shiddatli va shafqatsiz ichki kurashlar bilan o’tdi. Oqibatda Hindistonda og’ir siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan Humoyun ustalik bilan foydalandi. Taxtdan ayrilgan yillarda u turk, fors, turkman, va o’zbeklardan iborat kuchli qo’shin tuza olgan edi. 1555-yil Humoyun Hindiston taxtining da’vogarlarining tor-mor etib, yana hokimiyatni o’z qo’liga qaytarib oldi. Unga taxda uzoq o’tirish nasib etmadi. Oradan ko’p vaqt o’rmay Humoyun tasodifiy falokat tufayli halok bo’ldi.
Imperiya Akbarshoh davrida. Boburiylar sulolasi hukmdorlari ichida “Buyuk Akbar” degan unvonga sazovar bo’lgan Humoyunning o’g’li Akbarshoh (1542-1605) 1556-yilda otasi taxtini egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqni ko’zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli u Hindistonda o’z hukmronligini to’la va uzil-kesil o’rnata oldi. Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug’i — “Buyuk Akbar” deb atashgan.
Akbarshoh bunday buyuklikka osongina erishgan emas. Uning asosiy raqibi Hindistondagi afg’on qabilalari yetakchilari edi. Akbarshoh qo’shini 1556-yilda afg’on qabilalari qo’shinini tor-mor etdi.
1559-yilga kelib taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari-afg’onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi.
Akbarshoh zukko davlat arbobi, mohir sarkarda bo’lishi bilan bir qqatorda, itoatkaor o’gil, g’amxor ota ham edi. Qo’l ostidagi xalqlarning turmush farovonligi doimo uning e’tiborida turgan. Kambag’al, beva-bechoralarga muntazam moddiy yordam ko’rsatgan.
Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarixi ilmini yaxshi egallagan.
U boshqa din vakillariga nisbatan ham adolatli siyosat yuritgan.
Hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan. Imperiya hududida yagona savdo solig’i joriy etilgan. Ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan. Davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va mazhabidan qat’I nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan.
Bir so’z bilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishgan. Akbarshoh yuritgan bunday adolatli siyosat boburiylar davlatinig ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishida katta ro’l o’ynadi. Bu esa, o’z navbatida, imperiyaning qudrati va shon-shuhratining yanada ortishiga xizmat qilgan.
Akbarshoh Hindistonda yuritilgan adolatli siyosati evaziga “Milliy podshoh”, “Xalq hukmdori” nomlariga ham sazovor bo’lgan. Biroq XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab imperiyada toj-u taxt uchun kurash avj oldi. Oxir-oqibatda, bu kurashda 1627-1658-yillarda hukmronlik qilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o’g’li Avrangzeb g’alaba qozondi. U 1658-yilda Dehli shahrini egalladiva o’zini shoh deb e’lon qildi. Avrangzeb hukmronligi davrida (1658-1707) imperiya hududi yanada kengaydi, o’z qudratining cho’qqisga erishdi. Biroq ayni Avrangzeb hukmronligi yillarida imperiya inqirozi uchun zamin ham yetila bordi. Xo’sh, bu nimalardan iborat edi? Avvalo, Avrangzebning hech kimga ishonmasligi, hamma narsaga shubha bilan qarashi davlati arkon hamda mahalliy hind hukmdorlarining undan ko’nglini sovitdi.
Ikkinchidan, Avrangzeb o’ta xurofotchi va jaholatparast edi. U o’zini faqat mamlakatni idora qilish uchungina emas, balki islom dinini himoya qilish va uning yoyilishi ko’lamini yanada kengaytirish uchun ham taxtga chiqqan hukmdor deb hisoblardi. Shu tufayli musulmon bo’lmagan fuqarolarni islom diniga o’tkazish uchun hech narsadan qaytmadi. Bunday siyosat oqibatida mamlakatning musulmon bo’lmagan aholisi uning itoatkor fuqarosiga emas, balki g’azablangan raqibiga aylandi.
1679-yildan hindlar qaytadan “jizya” solig’ini to’lashga majbur etildi. Hatto hindlarning muqaddas ziyoratgohlarga boruvchilaridan ham soliq olinadigan bo’ldi. Musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind savdogarlariga tovarning 5 foizi miqdorida soliq joriy etildi. Soliq yig’uvchi idoralardagi mansabdor hindlar asta-sekinlik bilan lavozimlaridan bo’shatila boshlandi. Avrangzebning bu siyosati oxir-oqibatda Boburiylar imperiyasining chok-chokidan so’tilib ketishiga olib keldi.
Angliya va Hindiston. Shunday sharoitda Hindistonga yevropaliklarning kirib kelishi kuchaydi. Yevropa imperiya davlatlari hukmron doiralarining maqsadi, Hindistonning bitmas-tuganmas boyliklariga, unumdor yerlariga ega bo’lish edi. Yevropa davlatlari hukumatlari endilikda o’z maqsadlarini ro’yobga chiqarishga kirishishdi.
Chunonchi, 1757-yilda ingliz qo’shini Bengaliyani bosib oldi. Bu boy hudud inglizlarning keyingi bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda tayanch vazifasini o’tadi. Shu tariqa Angliyaning Hindistonni asta-sekin o’z mustamlakasiga aylantirish davri boshlandi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Hindiston xalqi- ning milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi.
Bu harakatga, hatto, Buyuk Britaniya armiya- sida xizmat qilayotgan hindistonlik soldat va matroslar ham qo‘shilishdi. 1946-yilning fevralida Bombey harbiy-dengiz bazasi matroslarining bosh ko‘tarishini deyarli butun Hindiston qo‘llab- quvvatladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Hindistonga mustaqillik berilishini e’lon qilishga majbur bo‘ldi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri K. Ettli 1947-yil 20-fevralda Hindiston haqida yangi deklaratsiya bilan chiqdi va hokimiyatni «hindlar qo‘liga» topshirishini bayon qildi.
1947-yilning 15-avgustida Hindiston mustaqilligi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bunga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonni ikki dominionga (Hindiston Ittifoqi va Pokistonga) bo‘lib yubordi. Shu tariqa Buyuk Britaniya yana bir marta o‘zining « Bo‘lib tashla, hukmronlik qil!» shioriga sodiqligini namoyon qildi. Bu bo‘linishni eng nozik belgi — diniy belgi asosida amalga oshirdi.
Hindiston Ittifoqi hududida aholining katta qismi (musulmonlar ham kam emas edi) hinduiylik diniga e’tiqod qilishardi.
Pokiston aholisining katta qismi esa (hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar ham kam emasdi) islom diniga e’tiqod qilardi.
Bir davlatning ikkiga bo‘linishi jarayo- ni katta diniy to‘qnashuvlar, qirg‘inlar sharoitida amalga oshirildi. Ikki to- mondan qochoqlar soni 8 mln dan or- tiqni tashkil etdi. Ayniqsa, Kashmir vi- loyatining Hindistonda qoldirilishi (bu viloyat aholisi asosan musulmonlardan iborat edi) Hindiston va Pokiston o‘rtasida urush harakatlarini keltirib
chiqardi. 1947-yil kuzida Pokiston Javaxarlal Neru.
qo‘shinlari Kashmirga kirdi. Hindiston armiyasi bilan janglar bo‘ldi.
M. K. Gandi bu diniy to‘qnashuvga qarshi chiqdi. Hindistonda musulmonlarning hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishni talab qildi. Bunga shovinist hind burjuaziyasi qarshi chiqdi. 1948-yil 30-yanvarda 70 yoshli M. K. Gandi o‘ldirildi. 1949-yilning 1-yanvarida bu ikki dominion o‘rtasida urushni to‘xtatish haqida bitim imzolanishiga erishildi. 1949-yilda Hindiston Ta’sis majlisi mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va u 1950- yilning yanvaridan kuchga kirdi. 1950-yilning 26-yanvarida Hindiston Respublika deb e’lon qilindi. Shunday qilib, hind xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachiligiga qarshi salkam 100 yil davomida olib borgan milliy- ozodlik kurashi mustaqil davlatga ega bo‘lish bilan yakunlandi.
Bu kurashga Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlik qildi. Mustaqil- likdan so‘ng tuzilgan birinchi hukumatni HMK rahbari J. Neru (1889— 1964) boshqardi. Ayni paytda Hindiston Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi tarkibida qoldi.
Yangi hukumat o‘tkazgan dastlabki muhim islohot agrar islohot bo‘ldi. Unga ko‘ra, yer bevosita unda ishlayotganlarga berilishi ko‘zda tutildi. Biroq za- mindorlarning qattiq qarshilik ko‘rsatishi oqibatida hamma dehqonlar ham yerli bo‘la olmadi. Shunga qaramay, yerni zamindorlardan ijaraga olib ishlayotganlarning katta qismi yerli bo‘lib qoldi. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi ikki baravardan ortiq ko‘paydi. Hindiston 1966-yilgacha uchta besh yillikni amalga oshirdi.
To‘g‘ri, aholining barchasi ham to‘q yashamayotgan yoki ma’lum qismi och holatda yashayotgan bo‘lsa-da, islohot tufayli Hindiston o‘z aholisini oziq-ovqat bilan asosan o‘zi ta’minlash imkoniga ega bo‘ldi.
Hindiston hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berdi.
Natijada sanoat ishlab chiqarishi deyarli to‘rt baravar ko‘paydi. Hindiston agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. 1990-yilda Hindiston 170 mln kv/s elektr energiya, 12 mln tonna po‘lat, 30 mln tonna neft ishlab chiqardi. Avtomobil, avtobus, radio, televizor ishlab chiqarish yuksak sur’atlarda rivojlanmoqda. Traktor ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi.
Hindiston iqtisodiyotida davlat sektori yildan-yilga kamayib bormoqda. Bugungi kunda u jami milliy mahsulotning 20 foizini ishlab chiqaradi, xolos. Hindiston siyosiy hayotida parlamentarizm mustahkam qaror topdi.
Hindiston Respublikasi butun taraqqiyoti yillarida katta ijtimoiy-siyosiy muammolarga duch keldi va hozirgacha ular o‘z yechimini topgani yo‘q. Bular: hinduiylar bilan musulmonlar o‘rtasidagi diniy qirg‘inlar; musulmonlarning Kashmirni Pokiston bilan birlashtirish uchun kurashi; sikxlarning siyosiy muxtoriyat uchun kurashi; Panjobning Hindiston tarkibidan ajralib chiqish uchun kurashi bilan bog‘liq muam- molardir. Bunga yana mamlakat 20 foiz aholisining yersizligi, 30 mln ga yaqin aho lining ishsizligi; 60 foiz aho lining hamon savodsizligi kabi muammolar ham qo‘shiladi.
1957-yil martida bo‘lib o‘tgan saylovlarda J. Neru yana Bosh vazirlikka saylandi, R. Prasad esa Prezidentlik lavozimini egalladi. J. Neru vafotidan so‘ng 1964-yil 2-iyunda L. B. Shastri Hindiston Bosh vaziri bo‘ldi. Lekin 1966-yil 11-yanvarda Pokiston bilan urushni to‘xtatish haqida Ayubxon bilan bitimni imzolagach, Toshkentda vafot etdi.
L. B. Shastri vafot etgach, Indira Gandi 1966-1977-yillarda bosh vazir bo‘lib turdi. I. Gandi o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun 1970-yilda 4- beshyillik rejani qayta ko‘rib chiqdi va davlat sektorini mustahkamlash choralarini ko‘rdi. 14 ta bank, ulgurji savdoning bir qismi milliylashtirildi, monopoliyalarning roli cheklandi. Mayda ishlab chiqarish (kichik biznes)ni rivojlantirish choralari ko‘rildi. Ba’zi shtatlarda mayda yer uchastkalariga soliq bekor qilindi, katta yer egalari yerlarining maksimal darajasini pasay- tirish, sobiq knyazlarning pensiya va imtiyozlarini bekor qilish choralari ko‘rildi. Bu narsa parlamentda oppozitsiyani kuchaytirdi. 1971-yilda sug‘urta ustidan nazorat o‘rnatildi, yengil sanoatda davlat korxonalari paydo bo‘ldi, xususiy mulkni milliylashtirish haqida konstitutsiyaga tuzatish kiritildi.
Bu tadbirlar yirik burjuaziya va monopolistik unsurlarning noroziligini kuchaytirdi. HMKda ham bo‘linish yuz berdi. 1975-yilda hukumat yangi dastur e’lon qildi. Unda xalqni g‘alla va boshqa tovarlar bilan ta’minlash uchun davlat ta’minot tizimini joriy qilish, yer uchastkalarining maksimal darajasini cheklash va ortiqcha yerni yersiz dehqonlarga berish haqidagi qonunni barcha shtatlarda joriy qilish, qishloq xo‘jalik ishchilarining
minimum ish haqini belgilash, uy qurish uchun bepul yer ajratish, qaram mehnatni bekor qilish, eng kambag‘al dehqonlar qarzini bekor qilish, shaharda yer uchastkasining maksimal darajasini belgilash, olibsotarlikka yo‘l qo‘ymaslik aytilgan edi. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar; oziq-ovqatni noqonuniy to‘plab qo‘yganlik, kontrabanda, soliqlarni to‘lamaganlik uchun jazolash ham o‘z ifodasini topdi. Lekin bular chala qoldi.
Oppozitsiyachilar Janata parti (Xalq partiyasi) ni tuzdilar va 1977-yil martida parlamentga o‘tkazilgan saylovlarda Morarji Desai boshliq hukumat tuzdilar. Janata partidan ajralib chiqqan va 1980-yilda tashkil topgan Bxaratiya Janata parti (BJP) ma.m1a.ka.tda. diniy o‘ziga xoslikni shior qilib olgan partiyadir.
Bu partiya Hindistonni faqat hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar davlatiga aylantirish maqsadini ilgari surdi. Ayni paytda musulmonlarni siyosat va iqtisoddan chetlatishni targ‘ib etdi. Aholisining 11 foizi musul- monlardan iborat bo‘lgan davlatda bunday g‘oyaning ilgari surilishi mamlakat siyosiy birligini katta xavf ostiga qo‘yadi.
Mamlakat birligiga sikxlar harakati ham jiddiy xavf solmoqda. Ular sikxiylik diniga e’tiqod qiladilar. Bugungi Hindistonda 17 mln sikxiy yashaydi. Oz sonli bo‘lsa-da, davlat hayotida katta mavqega ega. 1980-yil yanvardagi saylovlarda Bosh vazirlikka qaytgan HMK vakili Indira Gandi (1966—1977; 1980-1984-yillarda) davrida ba’zi siyosiy xatoliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Chunonchi, u hindi tilini davlat tiliga aylantirishga harakat qildi. Buni boshqa millatlar vakillari milliy kamsitish sifatida qabul qildilar.
Panjob shtatida yashovchi sikxlar bunga qarshi ajralib chiqish harakatini boshladilar. Ular o‘z oldilariga Panjobni Hindistondan ajratib olib, Xoliston deb ataluvchi davlat tuzish maqsadini qo‘ydilar. Ayni paytda ular terrorni kuchaytirdilar. Tabiiyki, markaziy hukumat Hindistonning bo‘linib ketishiga toqat qila olmasdi.
Fuqarolar urushi kelib chiqishining oldini olish maqsadida 1984-yilning
5- iyunida I. Gandi sikxlarning muqaddas joyi — Oltin ibodatxonani shturm bilan olishga buyruq berdi. Sikxlar qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Natijada 300 kishi o‘ldirildi. Ayni paytda hukumat armiyasi sikxlarning yana 37 ibodatxonasini egalladi. Sikxlar harakati bostirilgan bo‘lsa-da, ular I. Gandidan suiqasd yo‘li bilan o‘ch oldilar.
1984-yilning 31-oktabrida I. Gandining sikxlardan bo‘lgan shaxsiy soqchisi uni otib o‘ldirdi. Onasining o‘rnini egallagan Rajiv Gandi (1944— 1991) sikx terrorchiligiga chek qo‘yishga qaror qildi. 1987-yilning may oyida Panjob to‘g‘ridan to‘g‘ri markaziy hukumatga bo‘ysundirildi. Bu esa shtatni muxtor vakolatdan mahrum etishni anglatar edi. Sikxlar bunga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Hukumat armiyasi bunga javoban 1988-yilning may oyida yana Oltin ibodatxonani egalladi. Oqibatda minglab kishilar halok bo‘ldi. Bu esa 1989-yilda R. Gandini bosh vazirlik lavozimidan ketishga majbur etdi. 1989-yil noyabrdagi saylovda Milliy front rahbari Rajendra
Pratap Singx Bosh vazir qilib saylandi.
1991- yilgi parlament saylov oldi uchra- shuvlarining birida R. Gandi ham o‘ldirildi (1991-yil 21-may kuni). Diniy, etnik to‘qnashuvlar keyingi yillarda ham davom etdi.
1992- yilning dekabr oyida hinduiy fanatiklar (mutaassiblar) XVI asrda qurilgan musulmonlar masjidini buzib tashladilar. Bu esa Bombey va Kalkutta shaharlarida hinduiylar va musulmonlar o‘rtasida qirg‘in keltirib chiqardi. Oqi- batda 300 kishi halok bo‘ldi va 1200 dan ortiq kishi yaralandi. Kashmirda asosan musulmonlar yashaydi. Markaziy hoki- miyat bu shtatda ham to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruv joriy etishga uringan edi. Bu esa separatchilik harakatini kuchaytirdi, Hindiston va Pokiston munosabatlarini keskinlashtirdi.
Bu kabi o‘ta murakkab muammolarni bartaraf etish yo‘lida jiddiy harakatlar qilindi. Ayni paytda Hindiston, bu muammolarga qaramay, ildam taraqqiy qilib bordi.
1991-yil mayida bo‘lib o‘tgan saylovlarda HMK g‘alaba qozonib, Narasimxa Rao boshliq hukumat tuzildi va mamlakatni 8 yil boshqardi. Iqtisodiyotda milliylashtirishdan chiqarish davom ettirilib, zarar ko‘rib ish- layotgan fabrika va zavodlar yopildi. Investitsiya ko‘paytirildi, mehnat inti- zomi yaxshilandi, moddiy manfaatdorlik kuchaydi. Natijada inflatsiya pasaydi, sanoatga katta miqdorda sarmoya qo‘yildi, qishloq xo‘jaligida mayda dehq- onlarning ulushi ko‘paydi. 1994-1995-yillarda sanoatning yillik o‘sishi 10 foizga, yalpi milliy mahsulotning yillik o‘sishi 5 foizga chiqdi. Bu Hindiston uchun katta ahamiyatga ega edi.
Hindiston Milliy Kongressi rahbariyatida korrupsiya, poraxo‘rlik va boshqa jinoyat holatlari yuz berdi. 1996-yilda 30 dan ortiq yuqori tabaqa rahbarlari sudlanib, jazo oldilar.
Bu davrga kelib jangovar induizm millatchiligi kuchaydi. Bu qaysi partiyaning ideologiyasi ekanligini yuqorida ko‘rdik. 72 foiz aholisi hin- doriylardan iborat bo‘lgan aholining shovinistik qatlamlari kayfiyatini o‘zida mujassamlashtirgan BJP 1998-yil fevraldan parlament saylovlarida g‘alaba qildi va uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai 19-martda Bosh vazir qilib saylandi. Navbatdagi saylovlarda ham Vajpai o‘z o‘rnida qoldi.
Lekin 2004-yil mayda hokimiyatda o‘zgarish bo‘lib, Bosh vazirlik lavo- zimini Manmoxan Singx egalladi.
Hindiston tashqi siyosatida muhim muammolar- dan biri Pokiston bilan munosabatlardir. 1947- yildan beri Kashmir masalasida ikki mamlakat janjal qilib keladi. Deyarli har 10 yilda qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib turadi. Hindiston tashqi siyosatida tinch-totuv yashashning o‘zi tashabbuskor bo‘lgan besh tamoyiliga (pancha chila — 1955-yilgi Bandung konferensiyasida Osiyo xalqlari o‘rtasida xalqa- ro munosabatlarga asos qilib olingan) amal qiladi. (qarang: Xitoy mavzusi). J. Neru SEATO va SENTO bloklarining tuzilishini qoraladi. U bir qancha mahalliy janjallarni tinchitishda o‘z hissasini qo‘shdi.
Sovet davlati Hindistonga 60 dan ortiq sanoat korxonalarini qurishda yordam berdi. Harbiy texnika bilan ta’minladi.
Qo‘shilmaslik harakatining rahbarlaridan biri va «olti mamlakat guruhi» a’zosi bo‘lmish Hindiston qurollanish poygasini to‘xtatishga, qurolsizlanishga, yadro urushi xavfini yo‘q qilishga, kosmosni harbiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslikka, yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatishga qaratilgan muhim takliflar bilan bir necha bor xalqaro maydonga chiqdi.
Hindiston Hind okeanini tinchlik zonasiga aylantirish yo‘lidagi kurashga salmoqli hissa qo‘shdi. AQSHning Diyego-Garsiya harbiy oroliga bazasini joylashtirishiga qarshi chiqdi. Yangi mustamlakachilikka, irqiy kamsitish va aparteidga qarshi faol kurashib keldi. Hindiston Janubiy Osiyo mahalliy hamkorligi uyushmasi (SAARK) faoliyatida ishtirok etmoqda. Shri Lanka va Janubiy Osiyodagi ahvolni yaxshilashga muhim hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham ancha rivojlangan edi. O‘zbekiston mustaqilligidan keyin bu aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi. Ikki mamlakat o‘rtasi- dagi munosabatlarning rivojlanishida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga tashrifi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Sho‘rolar zamonidagi mavjud tamoyillarni buzib, Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni kengaytirishga birinchi bo‘lib kirishdi.
Natijada Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida birinchi marta teng huquqli mamlakatlar kabi iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar tuzildi.
Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamona- viy mehmonxonalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun 1993-yilda Hindiston 10 mln dollar mablag‘ ajratdi.
1993- yil may oyida Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, havo yo‘llarini ochish, yangi zamonaviy mehmonxonalar qurish bilan shug‘ullanuvchi hind — o‘zbek qo‘shma korxonalarini ochish haqida 10 ta bitim tuzildi. Undan tashqari hind firmalari respublikamizdagi sheriklari
bilan jami 100 min dollarlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 15 ta savdo shartnomasiga imzo chekishdi.
O‘zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam ko‘rsatmoqda. Buning uchun Surxondaryoda maxsus qo‘shma korxona tashkil etildi. O‘zbekiston FAning yigirmadan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda.
«O‘zbeksanoat» davlat assotsiatsiyasi Hindistonning «Xabar grup» firmasi bilan yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurdi. Hindistonning «Modi», «Rotan», «Shri eksport» va boshqa firmalari O‘zbe- kistonda katta obro‘ qozondi.
2005-yil aprel oyida Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo‘ldi. 2004-yilda Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash 150 mln dollarga yetdi. 1993-yildan beri 800 ga yaqin o‘zbek mutaxassislari axborot texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes yo‘nalishlari bo‘yicha Hin¬distonda ta’lim olishdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun 45 ta shartnoma imzolangan.
Shunday qilib, Hindiston — hozirgi kunda metall quyish, to‘qimachilik, mashinasozlik, tog‘-kon ishlari, neftni qayta ishlash, elektronika, kimyo sanoati tez rivojlanayotgan mamlakat. U 2004-yilda 12,5 mlrd dollarlik axborot texnologiyalarini xorijga eksport qildi.
Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Hin-diston g‘alla bilan o‘zini o‘zi to‘la ta’minlaydi. Sholi yetishtirishda dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Turli texnik ekinlarini katta miqdorda yetishtiradi. Lekin mamlakat janubida millionlab odamlar qashshoqlikda yashaydi. Eng muhim muammo — inflatsiyaning kuchayishi va tashqi qarzning o‘sishidir.
Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b.
Sh.M. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”. – 2017.– 102b.
Sh.M. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
. 4.Sh. M. Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonni.
Sh.M. Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr
6. “Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma. T:, 2001.
F.Qodirova, SH.Toshpo‘latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019.
7. SH.Shodmonova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. fan va texnologiya. -T:, 2008.
Internet saytlari
13. www. tdpu. uz
14.www. pedagog. uz
15.www. Ziyonet.uz
16.www. edu. uz
17. tdpu-INTRANET. Ped
|