Хirurgik bеmоr bоlаlаrning o’zigа хоs хususiyatlаri, ulаrni qаbul qilishdа shifоkоrning tutgаn o’rni


Download 52.98 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi52.98 Kb.
#1592690
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Tibbiy sir. Tibbiy xodim tekshiruv, davolash va kuzatuv vaqtida olingan bemor haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish huquqiga ega emas. Bemorning holati, kasallikning natijasi, ishlatilayotgan davolashni baholash va boshqalar barilla aytilmaydi. Tibbiy sirni saqlashda tibbiy hujjatlarni to'g'ri yuritish va saqlash muhim ahamiyatga ega. Hujjatlarning hech birida tibbiy sirlarni oshkor qilish manbai bo'lishi kerak emas.
Gippokrat qasamyodi. Qadimgi Gretsiyada yashagan buyuk tabib Gippokrat (Buqrot) qasamyodi bugungi tibbiyot sohasining negizida turadi. "Qasamyod" degan so'zning salmog'i va zalvorini har bir inson chuqur his qiladi. Odatda, insonning biror muhim ishni bajarish oldidan kimgadir va`da berishi "qasam" so'zini yodga soladi. Ammo va`da bilan qasam orasida tafovut borligini ham unutmaslik lozim bo'ladi. To'g'ri, va`da bajarilishi kerak, agar uning uddasidan chiqa olmasa, "aybdor" so'z bergan kishisi oldida uzr so'rab qo'yishi mumkin. Ammo qasamning mas`uliyati boshqacha, uning rasmiy hujjat sifatida kuchga kiritilishi ana shu mas`uliyatning buzilishiga aslo yo'l qo'ymaydi. Tarixda Gippokrat nomi bilan yashab o'tgan buyuk tabibning qasamyodi necha asrlar o'tsa hamki, tibbiyot ilmining butun mazmun-mohiyati markazida turganligi kishini hayratga soladi. Gippokrat ta`limoti dunyo miqyosida har bir davlatda yashovchi turli millat va e`tiqodga ega bo'lgan shifokorlar ma`naviy olamidan joy olishi kerak bo'lgan g'oyaga aylangan, desak hech qanday mubolag'asi yo'q. Har bir shifokor o'z faoliyatini boshlash oldidan albatta, buyuk tabib Gippokratni eslaydi.
Gippokrat eramizdan avvalgi taxminan 460 yilda Egey dengizi sharqidagi Kos orolida, vrachlar oilasida tug'ilgan. Tarixda nomi mashhur Gippokratning tarjimai holi turli-tuman bo'lib, bir-biriga ziddir. Asklipeydlar avlodigan mansub bo'lgan tabib o'z davrining buyuk namoyondasi Gomer singari nom qozona oldi. Bu sulolada tibbiy bilimlar otadan o'g'ilga yoki ustozdan shogirdga o'tish an`anasi qaror topgan edi. Gippokratning o'g'illari, kuyovi va ko'plab shogirdlari hayotida aynan shu an`ananing qaror topganligini o'sha davrda yashab o'tgan Platon, Arastu, Galen kabi yirik shaxslar ham o'z asarlarida qayd qilib o'tgan edilar. Uning hayoti haqidagi aniq va batafsil ma`lumotlar bizgacha etib kelmagan. Rivoyat va afsonalarga juda boy tarjimai holida uning kelib chiqishi otasi tarafdan "tibbiyot xudosi" deb nom olgan Asklipeydga borib taqaladi.
Gippokrat o'zining ilk tibbiy bilimlarini otasi Geraklitdan olgan va orolning boshqa tabiblaridan o'rganishni o'z oldiga qat`iy maqsad qilib qo'ygan. Yosh shifkorning o'z bilimini takomillashtirish yo'lida bolalik yillarida ko'plab davlatlarga sayohat qilgani, odamlarning turmush tarzini o'rgangani, kasalliklarning kelib chiqish sabablarini tabiat unsurlari, atrof-muhit, turarjoy bilan bog'liq holda tadqiq etgani keyinchalik uning qo'li engil va zukko tabib bo'lib etishishiga zamin yaratganligi yaqqol haqiqatdir. Gretsiya, Kichik Osiyo, Liviya, Tavrit kabi davlatlarni kezib chiqqan Gippokrat o'z vatanida tibbiyot maktabini rivojlantiradi. Tabib tomonidan qo'llangan va sinab ko'rilgan tajribalar Eskulap ibodatxonasining devorlarida muntazam osilib, vaqti-vaqti bilan yangilanib turilgan.
Gippokratni tom ma`noda "Tibbiyot asoschisi" deyilishiga faqat u ilgari surgan g'oyalar, qo'llab ko'rgan tajribalar emas, balki u yaratgan genial asarlar ham zamin yaratgan. "Havo, suv va joy haqida", "Prognoz qilish", "Xavfli kasalliklarda parhez", "Epidemiya", "Aforizmlar", "Shikastlanish", "Boshdagi jarohatlar" nomli ko'plab asarlarida Gippokratning o'sha davr tabiblariga xos sinchkovligi, zukkoligi va bilimdonligi sezilib turgan.
Tabiiyki, Gippokrat davrida fan-texnikaning hozirgidek rivojlanishini tasavvur qilish ham mumkin bo'lmagan. Zamona zayli va muhitiga ko'ra, odamlar kasallikni yovuz ruh va sehr-jodu orqali kelib chiqadi, deb hisoblashar edi. Bu tabiiy, chunki o'sha zamonda ichki va tashqi xavf tufayli kasallik kelib chiqishini anglab etishga avom xalqning ongi va tushunchasi etarli bo'lmagan. Shuning uchun ham shifokor Gippokrat o'z bilim va tajribalariga tayangan holda kasallik sabablarini o'rganishga nisbatan mutlaqo o'zgacha yondashishga harakat qilgan. Uning fikricha, kasalliklar Xudo tomonidan emas, balki tabiiy va mahalliy ta`sirlar natijasida kelib chiqadi. Tabibning tibbiyot olamidagi yuksak xizmatlaridan biri u ilk bor tabobatni yolg'on falsafiy mistik xarakterdagi nazariyadan xalos etadi. Falsafa va tibbiyot mutlaqo boshqa-boshqa soha bo'lishiga qaramasdan, Gippokrat ularni bir-biri bilan bog'lashga va ayni paytda chegarasini aniqlashga harakat qildi. Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino jahon fani tarixida qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u o'z davridagi mavjud barcha fanlarning qariyb barchasi bilan shug'ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 tasi etib kelgan. Shulardan, 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo'lib qolganlari mantiq, psixologiya, tabiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag'ishlangan. Ayniqsa, uning tibbiyot va falsafaga oid kitoblari jahonning ko'pgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda.
Garchi, uni "Avitsenna" sifatida g'arbda mashhur qilgan tibbiy merosi "Tib qonunlari" bo'lsa, "Shayx-ar-rais" ("Donishmandlar sardori, allomalar boshlig'i") nomi eng avval uning buyuk faylasufligiga ishoratdir. Darhaqiqat, Ibn Sino o'zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr jahon tsivilizatsiyasiga ulkan ta`sir ko'rsatgan buyuk allomadir. Abu Ali Ibn Sino o'zining asarlarida shifokorning muomila madaniyati, shifokor etikasi, so'z sehri, qalb sofligi kabi ijobiy hislariga alohida to'xtalib o'tgan.
"Tib qonunlari" o'zining asosiy darslik va qo'llanma sifatida qimmatini 500 yildan ortiqroq vaqtgacha saqlab qoldi. Birinchi bor bu asar Strasburg shahrida 1473 yilda bosilib chiqdi. Umuman, Evropada 40 martaga yaqin nashr qilingan. Uning nashr etilish soni bo'yicha Tavrot bilan raqobat qilgan.

Nazorat savollari:
Tibbiy etika nima?
Tibbiyot xodimining axloqiy burchi nima?
Deontologiya qanday o'rganiladi?
Tibbiy deontologiya vazifalari qanday?
Tibbiy xodimlarni o'rtasidagi aloqalqr bolalar kasalxonasi sharoitida qanday bo'ladi?
Post hamshirasi va bemor bolaning ota-onasi o'rtasidagi munosabatlarning axloqi qoidasi qanday?
Tibbiy xodim qaysi qoidalar va tamoyillarga amal qilishi kerak?
Tibbiy sir nima?
Gippokrat qasamyodining tibbiyotdagi o’rni va ahamiyati nimadan iborat?
Abu Ali Ibn Sino jahon tibbiyoti rivojida to’tgan o’rni?
Download 52.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling