His etilmagan


Download 46.17 Kb.
bet1/3
Sana06.05.2023
Hajmi46.17 Kb.
#1435583
  1   2   3
Bog'liq
Adabiyot oddiy so


Adabiyot oddiy so‘zga hayotbaxsh qudrat ato etib, insoniyatning eng nozik tuyg‘ularini harakatlantiradi, ko‘ngil atalmish sirli va mo‘jizakor dunyosini taftish qiladi; olam va odamning mohiyati, ular o‘zaro munosabatlarining sabab va oqibatlari, yashash mezonlari bilan tanishtiradi. Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on etishi, inson umriga nurafshonlik baxsh etib, ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, yanada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yurtimiz rahbarining quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”.

San’at inson evristik faoliyatining oliy ko‘rinishidir. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari orasida alohida mavqega ega ekanligi tan olingan haqiqatdir. G‘oyat ko‘p o‘lchovli murakkab butunlik bo‘lmish badiiy adabiyot namunasi o‘quvchi tomonidan to‘liq his etilib, anglanib, nafis adabiyotning sehru jozibasidan atroflicha xabardor bo‘lingandagina ta’sirchan estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go‘zallik ma’naviyat shakllanishiga xizmat qila olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o‘qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega egadir,- deya ta’kidlaydi adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev. Ta’lim bosqichlarida adabiy asarni o‘rganish – uni badiiy-estetik tahlilga tortish, o‘ziga xos talqinini yaratishdir. Chunki tahlil va talqinsiz hech qanday asarni o‘qib-o‘zlashtirib, o‘rganib bo‘lmaydi.
Badiiy tahlil vositasida o‘quvchi asarga chuqurroq sho‘ng‘ib, uning mohiyatini tayin etgan poetik unsurlarni, badiiy-estetik tafakkurni, so‘z sehri va jozibasini teran ilg‘aydi va haqiqiy kitobxon darajasiga erishadi. Zero, asarni uqish – uni o‘qishdan ko‘ra muhimroq. Buni professor A.Rasulov quyidagicha izohlaydi: “O‘qish, uqish jarayonidagi ijodda aql-hush yetakchilik qiladi. Aniqrog‘i, kitobxon bus-butun holda qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Asarni o‘qish, aslida, o‘zi uchun ijro etishdir. Kitobxon voqealarga aralashadi, qahramonlarni jonlantiradi, ularning gap so‘zlarini eshitadi, ruhiy holatlarini yurakdan his etadi”.
Ayni shu holatda badiiy matn estetik zavq manbaiga aylanadi. Zotan, o‘quvchida badiiy tahlil malakasi, asar mohiyatini anglash idroki shakllanmasa, u asarni shunchaki ko‘rib chiqadi, uquvsiz o‘quvda esa syujet voqealari bilan tanishadi, qahramonlar taqdiri haqidagi axborotga ega bo‘ladi, nari borsa asar janrini, nima haqda ekanligini anglaydi, xolos. Bunday o‘qish o‘quvchi tuyg‘ulariga, sezgilariga yetarli ta’sir qila olmaydi, ma’naviyatida yangi sarhadlar kashf eta olmaydi, yanayam achinarlisi, bu darajadagi kitobxon badiiy-estetik jihatdan puxta va pishiq asarlarni shunchaki voqealar bayoni, hodisalar tafsilotidan iborat bo‘lgan, badiiyat qonunlariga bo‘ysunmagan sayoz asarlardan farqlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, tor va biqiq dunyoqarash bilan cheklanib qoladi.
Adabiyotni, adabiy asarni o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad mukammal tahlil vositasidagina o‘zining oliy yechimini topa oladi. Badiiy tahlil tamoyillariga tayanib ish ko‘rgan pedagog dars jarayonida badiiy matn mavzusi va mazmunini so‘zlab berish, undan “ijtimoiy nasihat” ufurib turgan xulosa chiqarish bilangina cheklanib qolmasdan, o‘z o‘quvchilari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ladi, ularni adabiy-estetik tahlilga to‘g‘ri yo‘naltira oladi. O‘quvchilar badiiy tahlilsiz adabiyotning noyob durdonalarini, sara asarlarni shunchaki bilishlari, sanab o‘tishlari mumkin. Ammo bu o‘lmas asarlarning barhayotligini tayin etuvchi badiiy qimmatni, asl mohiyatni tajribali o‘qituvchi amalga oshirgan tahlil va talqin vositasidagina teran idrok qilish imkoniyatiga erishadilar. Ana shundagina ular Navoiy dahosining buyukligi, Bobur shaxsining dilbarligi, Mashrab ruhiyatining sarkashligi,Cho‘lpon shaxsiyati to‘kisligi, Qodiriy tafakkurining qudrati va jozibasini ruhan va qalban his qiladilar, bu buyuk so‘z san’atkorlarini abadiyatga daxldor etgan badiiy-estetik latofatni chuqur ilg‘aydilar, umuman olganda, adabiyot va badiiy asar mohiyatini anglab yetadilar. O‘z navbatida esa yuksak badiiy didga, barkamol ma’naviyatga ega bo‘ladilar. Demak, adabiy ta’lim jarayonida, badiiy asarni o‘qib-o‘zlashtirishda, badiiyatga daxldor nazariy ma’lumot va tushunchalarni shakllantirishda, shu asnoda ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalashda, o‘quvchilar qalbida badiiyatga, nafosatga, ezgulikka muhabbat uyg‘otishda, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda ham badiiy tahlil birlamchi vazifa bajaradi. Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib o’qituvchi o’qish darslarining
ta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asaming o’ziga xos xususiyatlari va
o’quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi.
Badiiy asarda barcha komponentlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlar
rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qaxramonlarning yangi- yangi
tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni,
idrok etishni, ya’ni sintezni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan
so’ng analiz qilinadi, so’ng yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Asarni o’qishga
kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi.
Demak, tayyorgarlik davri - sintez-analiz-sintez jarayonini beradi.
O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum
tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
l.O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini
boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish,
badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatishlari bilan
bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
2.YOzuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga ijodiga
qiziqish uyg’otish.
3.O’quvchilarni asarni emosional idrok etishga tayyorlash.
4.
Asar mazmunini tushunishga xalal beridigan so’zlarning lug’aviy
ma’nolarini tushuntirishdan iborat.
Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo’lib, o’qituvchi asar mazmunini va
sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi.
Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish,
qurilish, shahar, qishoq hayotiga doir mavzular o’rganilganda foydalanish
mumkin. CHunonchi, 2-sinfda “Metropoliten”, 1-sinfda “Issiqxonada” kabi
materiallarni o’rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya
uchun reja beriladi va matn o’rganilishidan kamida bir hafta oldin o’quvchilarga
e’lon qilinadi.
Film namoyish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan matnlardan
oldin film namoyish qilinsa, o’quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi.
Albatta, hozir o’quv filmlari etarli emas. Ammo videofilmlardan foydalanish
mumkin.
O’qituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali metod
hisoblanadi. CHunonchi, 4-sinfda Q.Muhammadiyning she’ri o’rganilayotganda
shoirning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular haqida qisqacha
ma’lumot so’zlab berilsa, o’quvchilarning asarni o’qishga qiziqishlari ortadi.
Tayyorgarlik davridan so’ng 1 -bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy
matnni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni bilan, uning syujet
chizig’i bilan tanishtirish, asarning emosional ta’sirini aniqlashdir.
Matn ifodali o’qib beriladi. (2-sinfda o’rganiladigan “Mehribon qiz” matni
magnitofon orqali o’qib eshittiriladi).o’qituvchi o’quvchilarga umumiy
taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi.
1.
Hikoyani qaysi o’rni sizga yoqdi?
2.
Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?
3.
Hikoya o’qilganda siz qaysi o’rinda juda xursand bo’ldingiz? kabi savollar
beriladi
3.
Badiiy asar matni ustida ishlashda tanlab o’qish matnni tasvirlash
usullaridan foydalanish.
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi tahlil qilishdir. Bu bosqichning vazifasi:
syujet rivojining sabab natija bog’lanishini belgilash, ishtirok etish shaxslarning
xulq-atvorini va asosiy xususiyatlarini aniqlash, asar kompozisiyasini ochishdir.
Tahlil jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Tanlab o’qish. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi.
Vazifa asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab -natija bog’lanishim
belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini
ifodalashdan iborat bo’lishi mumkin. 4-sinfda “Tabiatdagi o’zgarishlar berilgan
qismlarini topib o’qing (Oltin kuz)”, “Taqachining nasihati”ni o’qing.
Tanlab o’qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. U o’quvchilarda
yaxshi o’qish sifatlarini o’stirish bilan ularning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini
o’stirishga yordam beradi.
Berilgan savolga o’z so’zi bilan javob berish.
Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish
ko’nikmasini o’stirishga, qatnashuvchi shaxslarni baholashga muallif tasvirlagan
hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon
beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo’naltirilgan va
muayyan izchillikda bo’lishi kerak. SHu bilan bir qatorda o’quvchilarning mustaqil
fikrlashga o’rgatilishi lozim. Boshlang’ich sinf darsliklarida savollarga javob
berish ish turiga katta o’rin berilgan. O’qituvchining vazifasi ana shu savollardan
unumli foydalanish va ijodiy xarakterdagi savollarni ko ’proq berishi talab etiladi.
4-sinfda “Qodir bilan Sobir” matni yuzasidan o’quvchilarni o’z fikrini aytishga
undovchi Sobir o’qishdan kechikish sababini ochiq aytib to’g’ri qildimi? Uning
o’rnida siz bo’lganingizda nima qilardingiz? kabi savollar o’quvchil arning fikrlash
qobiliyatlarini, og’zaki nutqlarini o’stiradi va matnni yaxshi o’zlashtirishlariga olib
keladi.
O’quvchilarni savol berishga o’rgatish.
Metodistlarning fikricha, to’g’ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo’ladi.
O’quvchilar matnni ongli o’zlashtira olsalargina, u yuzasidan savol bera oladilar.
O’quvchilarni savol berishni o’rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilar albatta savolni matn mazmuni bilan bog’liq holda tuzishdan
o’rganadilar. Keyinchalik muhokama va ijodiy savollar berishni ham o’zlashtirib
oladilar.
Matnni tasvirlash. Matnni 2 xil tasvirlash mumkin: 1) so’z bilan tasvirlash; 2)
grafik tasvirlash.
So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z
yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. Bunda so’zlarni aniq tanlashga e’tibor
qaratiladi. Turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko’rinishini,
voqea sodir bo’lgan joylarni tasvirlash topshiriq qilib berilishi mumkin.
Matnni tasvirlashni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qismini
taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol va
topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy- ommabop
maqolalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari
jihatidan o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil
bo’ladi. SHunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos
metodlar tanlashi talab etiladi.
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea
hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko’pincha kishi
hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq
hayotiydir”.
Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi
o’quvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqeahodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy
asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab
olib boriladi.
Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish darslarida
o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta
hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni, odatda, savollar
asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati va
xarakterini tahlil qilishga qaratilgan bo’ladi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya
mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqeahodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish
uchun foydalaniladi.
Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar ma’nosini tushunmaydigan so’z va iboralar
ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini tushuna
olmaydilar.

San’at – estetik faoliyatning o’ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko’zgu. Sehri shundaki, san’at asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o’z dunyosini qadriyatlar prizmasi orqali ko’radi; o’zining qandayligini va qayerdaligini, yutuqlarini va nuqsonlarini, aqlni va hissiyotlarni aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va zamondagi voqelik vositasida go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgilik, xunuklik, tubanlik va boshqa estetik xususiyatlarni in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi. San’at qadriyatlarning qadrlanishini va qadrsizlangan qadriyatlarni ko’rsatib beradi, bir odam yoki bir nechaodam timsolida odam bilan olamning yaxlit, umumlashgan qiyofasini yaratadi, ularning uyg’unligini ta’minlaydi. U kishini yashashga o’rgatadi, go’zallikka da’vat etadi, ma’naviy yuksaltiradi. Shu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o’tilgan birorta ham davr yo’q.


Faylasuf-nafosatshunoslar o’rtasida san’atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo’lib kelgan. San’atning kelib chiqishi deganda ko’pchilik g’orlarning tosh davrlariga ibtidoiy davrlarda chizilgan ov manzalari va ov hayvonlarining tasvirini nazarda tutadi. Vaholanki, gap bu yerda san’atning qanday paydo bo’lganligi emas, balki nimadan paydo bo’lganligi to’g’risida borishi kerak. Ba’zilar uni taqliddan, bosh: erotik hissiyotlardan, kimlardir o’yindan, kimdir mehnatdan kelib chiqqan deb hisoblaydilar . Bunday nazariyalar va konsepsiyalar anchagina, lekin ular orasidagi ikkitasining tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etadi. Ularda biri –insonni hayvonlik darajasidan odamlik pog’onasiga ko’targan narsa mehnat, san’at ham mehnatdan, insonning olamni o’zgartirishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan, san’at faqat ijtimoiy hodisa degan moddiyatchilar ilgari surgan qarash. Ikkinchisi- san’at insonga berilgan ilohiy zavqning, ma’naviy olamning o’yin orqali namoyon bo’lishi, degan ma’naviyatchilar nazariyasi. Biz ana shu ikkinchi qarash tarafdorimiz Buning sababi shuki, mehnat, qanchalik qadrlamaylik, qanchalik sharaflamaylik, u- majburiyat bilan bog’liq, maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy hodisa, o’yin esa har qanday majburuyatdan yiroq, maqsadga muvofiqlik bilan shartlanadigan individual-ijtimoiy hodisa. Demak, mehnat-zaruriyat, o’yin- erkinlik. Inson mohiyatan erkin va erkinlikka intilib yashaydigan mavjudod sifatida o’z erkinligini eng avvalo o’yinda namoyon qiladi. O’yinsiz insonning yashashi mukin emas, u siz inson hayoti jahannam. Bu o’rinda yana bir bor Shillerning mashhur fikrini keltirish o’rinli: “Inson faqat tom ma’noda inson bo’lgandagina o’ynaydi va o’ynayotgan paytdagina to’liq insonga aylanadi”.
Shuni aytish kerakki, hayvonot olamidagi o’yinning insoniyat jamiyatidagi o’yindan farqi bor.. Insonning o’yini esa, ma’naviy hodisa, to’g’rirog’i, ijtimoiylashgan ma’naviyat, u eng avvalo estetik ehtiyojni qondirishga qaratilgan. O’yinning inson hayotidagi barcha sohalarda ishtirok etishini, uning rang – barangligi, qamrovligi, universalligini va erkinlik bilan bog’liqligini o’zbek tilidagi “ o’yini o’zagidan yasalgan so’zlarining ko’pma’noliligidan ham ko’rishimiz mumkin. Shu o’zakdan yasalgan so’z va iboralardan bir nechasini keltiramiz: shaxmat o’yini; so’z o’yini; “ siyosatchining” o’yini, aktyor o’yini; “ o’rtaga chiqib o’ynab ketdi”, “yuragi o’ynab ketdi”, “ko’zi o’ynab ketdi”, “dorbozlar yaxshi o’yin ko’rsatadi”, “ Salim kechagi to’yda toza o’yin ko’rsatdi” va h.k

Download 46.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling