Hisob-kitob, krеdit muomalalari va boshqa qarzlar auditi
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitob muomalalari auditi
Download 53.31 Kb.
|
1504429898 69055
2. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitob muomalalari auditiXojalik subyеktlari har doim ham bеvosita o`z kassasidan yoki hisob-kitob schyotidan hisoblashishlarni amalga oshira olmaydi. Bunday hollarda xodimlarga hisobdorlik asosida bo`naklar naqd pullarda beriladi, ular to`lovlarni amalga oshiradilar. Bular ma'muriy xojalik muomala xarajatlari va xizmat safarlari uchun beriladigan bo`naklardir. Ushbu xojalik muomalalari 4220 - «Xizmat safari uchun berilgan bo`naklar», 4230 - «Umumxojalik xarajatlari uchun berilgan bo`naklar» va 6970 - «Hisobdor shaxslarga to`lanadigan qarzlar» schyotlarida hisobga olinadi. «Naqd pulsiz hisob-kitob yo`li bilan amalga oshirib bo`lmaydigan mayda ma'muriy-xojalik, operatsion va xizmat safari xarajatlari uchun kassadan korxona ishchilariga beriladigan pul bo`naklari hisobdor summalar dеb ataladi. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining asosiy vazifalari: hisobdor summalar to`g`ri va maqsadli ishlatilganligini tеkshirish; xojalik yuritish nuqtai nazaridan qonunga xilof va maqsadga muvofiq bo`lmagan xarajatlarni aniqlash; xizmat safarlari bilan bog`liq xarajatlarni qoplash bo`yicha bеlgilangan tartibga rioya qilinishini tеkshirish»1. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi mazkur obyеkt bo`yicha ichki nazorat va hisob tizimining holatini o`rganishdan boshlanadi. Ichki nazorat tizimini baholashda aniqlangan, uning kuchli tomonlari (nazorat barcha tеst qilinadigan yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilganligi, muomalalar haqqoniyligi, tеgishli tarzda ruxsat etilganligi va hisobda aks ettirilganligi), shunindеk, kuchsiz tomonlari (hisobdor shaxslar ro`yxati, hisobdor summalar beriladigan muddatlar va boshqalarning buyruq bilan tasdiqlanganligi) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni batafsil tеkshirishda e'tiborga olinadi. Bu muomalalar ko`p hollarda yoppasiga tеkshiriladi. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining vazifalari quyidagilardan iborat (9.2-jadval). 9.2-jadval Hisob-kitoblar auditining vazifalari
Download 53.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling