Mavzu. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv. Reja
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
02. BUXGALTERIYA HISOBI 67
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tuzilishi.
67 3- Mavzu. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv. Reja: 3.1. Schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tuzilishi. 3.2. Ikkiyoqlama yozuv va uning ahamiyati. 3.3.Buxgalteriya schyotlarini turkumlanishi. 3.4. Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi. 3.1. Schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tuzilishi. Buxgalteriya hisobi schyotlari - bu xo‘jalik mablag‘lari, operatsiyalarini joriy aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish usuli deb ta’riflasak bo‘ladi. Schyotlardagi yozuvlar, hisobga olinayotgan ob’ektlarning xususiyatiga qarab har xil - natura, mehnat va pul o‘lchov birliklarida olib boriladi. Lekin ma’lumotlarni natura va mehnat o‘lchov birliklarida ifodalash bilan birga schyotlardagi barcha ma’lumotlar, albatta, pul o‘lchov birligida ham ko‘rsatiladi. Bu umumlashtirilgan, yakuniy ko‘rsatkichlarni olish uchun zarurdir. Xo‘jalik mablag‘larining harakati tegishli balans moddalarining ko‘payishi yoki kamayishiga olib keladi. Masalan, kassadagi naqd pullarning harakati ularning g‘aznaga kelib tushishi («Kassa» moddasining ko‘payishi) yoki undan berilishi («Kassa» moddasining kamayishi) bilan tavsiflanadi; mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning harakati - bu korxonalarining mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzning ko‘payishi («Mol etkazib beruvchilar» moddasining o‘sishi) yoki uning uzilishi «Mol etkazib beruvchilar» moddasining kamayishiga olib keladi. Schyotdagi umumiy summani hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun mablag‘larning ko‘payishini ularning kamayishidan alohida ajratib ko‘rsatish qulayroq, shuning uchun schyot ikki qismga bo‘linadi: chap va o‘ng tomonga. Uning biri (chap tomoni) dsbet, boshqasi (o‘ng tomoni) kredit deb nomlanadi. Hisobning har bir ob’ekti hamda mablag‘lar va manbalarning har bir turi uchun alohida schyotlar ochiladi. Debet va kredit bo‘yicha yozilgan operatsiyalar summalarining jami oborot (oborot) deb nomlanadi. Schyotning bir tomonida qayd 68 etilgan summalar bilan uning boshqa tomonida ko‘rsatilgan summalar o‘rtasidagi farq qoldiq yoki saldo deb nomlanadi. Qoldiqlar debeti kreditidan ortiqmi yoki aksinchami ekanligiga qarab, debetli yoki kreditli bo‘lishi mumkin. YAngi qoldiqni aniqlash uchun avval mablag‘larni ko‘payganligini ko‘rsatuvchi oborot summani boshlang‘ich qoldiqqa qo‘shiladi, so‘ngra uning kamayishini aks ettiruvchi oborot summasi ayirib tashlanadi. Agar qoldiq bo‘lmasa, schyot yopilgan hisoblanadi. Aktiv va passiv schyotlarniig shaklini keltiramiz. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling