Mavzu. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv. Reja


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana18.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1555963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
02. BUXGALTERIYA HISOBI 67

Mol 
etkazib 
beruvchilarga 
korxonvalari qarzining boshlang‘ich 
qoldig‘i 400 000 
3)Mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan 
qarz uzilgan 350 000 
2)Mol 
etkazib 
beruvchilarga 
hisoblangan qarz 200 000
Uzilgan-hammasi(oborot) 500 000 
hisoblangan-hammasi (oborot) 200 000 
Korxonvalarining 
mol 
etkazib 
beruvchilarga qarzning oxiri qoldig‘i
100 000 


71 
Bu schyotning oxirgi qoddig‘i faqat kreditli bo‘lishi mumkin, chunki 
korxonvalari mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini uzishda, mavjud 
majburiyatdan ortiq summani to‘lamaydi. 
Schyotlarning qoldiqlari, hisobga olinadigan ob’ektlarning ko‘payishi va 
kamayishiga qarab, ularning qar xil tomonlariga yoziladi. Schyotlarning bunday 
tuzilishi tasodifiy emas. SHunday qilib, aktivlarning turlarini aks ettiruvchi 
schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlar qoldiqlarini va ko‘payishi debetiga, 
kamayishi esa kreditiga yoziladi. Mablag‘lar manbalarini hisobga olish uchun 
xizmat qiladigan schyotlarda qoldiqlar va ko‘payishlar kreditda, kamayishlar zsa - 
debetda ko‘rsatiladi. 
Aktivlar turini yoki ularning manbalarini hisobga olishga qarab, schyotlar aktiv 
va passivga bo‘linadi. 
Aktivlar turlarini hisobga oluvchi schyotlar aktiv, ularning manbalarini aks 
ettiruvchi schyotlar esa - passiv schyotlar deb ataladi. 
Barcha schyotlarda qoldiqlar va operatsiyalar yuqorida keltirilgandek aks 
ettiriladi. Lekin buxgalteriya hisobida qator murakkab schyotlar borki, ular 
o‘zlarining tuzilishlariga ko‘ra bunday oddiy tarzdan farq qiladi. 
Bundaylarga xo‘jalik jarayonlari, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari, 
topshiriqlarning bajarilishi hisobga oladigan schyotlar kiradi. Bu schyotlarda 
hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatlari aks ettiriladi. Lekin ular qam aktiv 
va passiv schyotlarga mansubdir. 
Schyotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday 
ko‘rsatkichlarni olish mumkinligi va unda qanday ob’ektlar hisobga olinishi 
zarurligini bilish maqsadida ular tasniflanadi. 
Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga 
tayinlanishi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab. 
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha 
turkumlanishi, u yoki bu schyotlar, nima uchun, qanday ko‘rsatkichlarni olish 
uchun mo‘ljallangan hamda ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti, 


72 
kreditining mazmuni qanday, ulardagi sal’do qanday xususiyatga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini 
o‘rganish uchun xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega 
ekanligini aniqlash imkonini beradi. 
Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlanishi (iqtisodiy turkumlash), 
schyotlarda nima hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy ob’ekt aks 
ettirilishini ko‘rsatadi hamda mazkur ob’ektga har tomonlama tavsif berish uchun 
qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish imkonini beradi. 
Iqtisodiy turkumlash mazkur korxonalarda, uning xususiyatlarini hisobga olgan 
holda, foydalanishi kerak bo‘lgan schyotlar ro‘yxatini belgilab olish uchun 
mo‘ljallangan. 
Har ikkala turkumlash ham chambarchas bog‘langan o‘zaro bir-birovlarini 
to‘ldiradi. Schyotlarning xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to‘g‘ri 
foydalanish uchun ularning qanday maqsadga tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy 
mazmunini o‘rganish kerak. Schyotlarning turkumlannshi mavjud ma’lumotlardan 
xo‘jalik faoliyatini boshqarishda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning xususiyatlarini 
(tarkibiy tuzilishi, turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan ob’ektlarning 
iqtisodiy mazmunini (iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina 
ulardan boshqaruv ishlarida to‘g‘ri foydalanish mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling