Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi


Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi


Download 122 Kb.
bet2/9
Sana28.10.2023
Hajmi122 Kb.
#1729331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1515124569 69818

3. Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi
Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi uchun debitor va kreditor qarzlarni ularni paydo bo'lish sabablari va xususiyatiga qarab hisobga olinadigan schyotlar ro'yxatida quyidagi subschyotlar ko'zda tutilgan:
150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti; 170 - «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» subschyoti; 172 - «To'lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» sub­schyoti;
178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» sub-
schyoti;
179 - «Rejali to'lovlar tartibidagi hisob-kitoblar» subschyoti;
236 - «Bolalar tashkilotini saqlashga ota-onalaming mablag'lari» subschyoti.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobi
Mol yetkazib beruvchilar bilan kapital qo'yilmalar hisobidan qurilish materiallari, konstruksiyaiar va qismlar hamda o‘matiladigan uskunalar sotib olishga, shuningdek, pudratchilar bilan ularga qurilishda sarflash va o'matish uchun berilgan qurilish materiallari, konstruksiyaiar, qismlar va o‘matiladigan uskunalarga hamda ular bajargan qurilish-montaj ishlariga doir hisob-kitoblar 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» subschyotida hisobga olinadi.
Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobi olib borilganda 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» subschyotining debetiga mol yetkazib beruvchilarga qurilish materiallari, konstruksiyaiar va qismlar hamda o‘matiladigan uskunalar uchun o'tkazib berilgan pul mablag'lari summasi yoziladi, bu subschyotning kreditiga esa mol yetkazib beruvchilardan olingan qurilish materiallari, konstruksiyaiar va qismlar hamda o'matiladigan uskunalar summasi yoziladi.
Pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobi olib borilganda 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» subschyotining debetiga pudratchilarga berilgan qurilish materiallari, konstruksiyaiar va detallar hamda o'matiladigan uskunalar summasi va pudratchilar bajargan qurilish-montaj ishlari uchun o'tkazib berilgan pul mablag'lari summasi yoziladi, bu subschyotning kreditiga esa pudratchilar tomonidan bajarib topshirilgan qurilish-montaj ishlari summasi, pudratchilar tomonidan sarflangan budjet tashkilotining qurilish materiallari, konstruksiyalari va qismlari hamda o'matilgan uskunalar summasi yoziladi.
Mol yetkazib beruvchilarga budjet mablag'lari hisobidan amalga oshirilayotgan kapital qurilishda sarflanadigan qurilish materiallari, konstruksiyaiar va qismlar hamda o'matiladigan uskunalar sotib olish uchun o'tkazib berilgan pul mablag'lari summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 150 -«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit093 -«Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti yoki
Kredit 103 -«Kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti. Mol yetkazib beruvchilarga maxsus mablag'lar hisobidan amalga oshirilayotgan kapital qurilishda sarflanadigan qurilish materiallari, konstruksiyaiar va qismlar hamda o'matiladigan uskunalar sotib olish uchun o'tkazib berilgan pul mablag'lari summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Dcbet 150 -«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
subschyoti; Kredit 111 -«Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti. Mol yetkazib beruvchilardan kapital qurilishda sarflash uchun sotib olingan qurilish materiallari, konstruksiyaiar va qismlar hamda o'matiladigan uskunalar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 040 - «O'matiladigan uskunalar» subschyoti yoki
Debet 041 - «Kapital qurilish uchun qurilish materiallari» subschyoti;
Kredil 150 -«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblan>
subschyoti. Pudratchilarga kapital qurilishda sarflash uchun berilgan qurilish materiallari, konstruksiyaiar va qismlar hamda o'matiladigan uskunalar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 150 -«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
subschyoti; Kredit 040 - «O'matiladigan uskunalar» subschyoti yoki Kredit 041 - «Kapital qurilish uchun qurilish materiallari» subschyoti. Pudratchilardan qabul qilib olingan bajarilgan qurilish-montaj ishlari summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debel 203 -«Kapital qo'yilmalarga budjet bo'yicha xarajatlan> subschyoti
yoki Debel 212 - «Kapital qo'yilmalarga va uskuna sotib olishga maxsus mablag'lar
bo'yicha xarajatlar» subschyoti; Kredit 150 -«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kiloblan>
subschyoti. Pudratchilardan qabul qilib olingan bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun o'tkazib berilgan pul mablag'lari summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 150 - «Mol yelkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblan>
subschyoti; Kredit 093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti yoki Kredit 103 - «Kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti yoki Kredit 111 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti. 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» subschyotiga doir analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi bo'yicha 292-a-shakldagi kartochkada (yoki 292-shakldagi kitobda) olib boriladi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling